Dastur yangilanishi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin, biroq ular bilangina chegaralanib qolmaydi
Qurilmangizdan optimal darajada foydalanish uchun qurilmangizni so‘nggi yangilanishlar bilan yangilab va dastur yangilanishlarini muntazam ravishda tekshirib boring.
Galaxy A14 5G (SM-A146B)
Reliz raqami : A146BXXU8DYF4
Android versiya : V(Android 15)
Reliz sanasi : 2025-06-19
Xavfsizlik darajasi : 2025-05-01
One UI 7.0 yangilanishi (Android 15)
Dadil yangi ko‘rinish
Vizual yaxshilanishlar
Yana murakkab va o‘ziga xos ko‘rinishdan rohatlaning. One UI 7 tugmalar, menyular, bildirishnomalar va boshqaruv panellari kabi asosiy komponentlarga ajoyib yangi tashqi ko‘rinish beradi. Bu egri chiziqlar va doiralardan foydalanib, yana yaxlit va uyg‘un vizual tajriba bilan ta’minlaydi. Chiroyli yangi ranglar, yumshoq animatsiyalar va One UI uchun xos bo‘lgan innovatsion xiralashtirish effekti ma’lumotlar iyerarxiyasini aniqroq qiladi va muhim ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratishga yordam beradi.
Asosiy ekran yangicha ko‘rinishda
Yangi ilova ikonachalari yangi vizual metaforalar va rang sxemalari bilan Asosiy ekranda ajoyib ko‘rinadi, bu kerakli ilovani tanib olishingizni osonlashtiradi. Vidjetlar yana rang-barang tasvirlar va yana izchil andozalar bilan butunlay qayta ishlangan. Asosiy ekrandagi jildlarni ham kattalashtirish mumkin, shu orqali avval jildni ochmasdan ilovalarga bir zumda kirishingiz mumkin.
Soddalashtirilgan Asosiy ekran panjarasi
Asosiy ekran har qachongidan ham ko‘ra yaxshiroq ko‘rinadi. Yangi standart to‘rli andoza narsalarni nosimmetrik tutadi va standart o‘lchamlarda One UI vidjetlaridan foydalanishni osonlashtiradi.
Yaxshilangan Asosiy ekran albom ko‘rinishi
Telefoningiz gorizontal holatda bo‘lganda ham, Asosiy ekraningiz yana barqaror ko‘rinishda bo‘lishiga erishing. Vidjetlar endi albom ko‘rinishi bilan o‘xshash tomonlar nisbatiga ega va matn yorliqlari ikonachalar yonida emas, ularning ostida paydo bo‘ladi.
Ilovalar va vidjetlar uslubini sozlang
Asosiy ekranni o‘zingizga yoqqan ko‘rinishga ega bo‘ladigan qiling. Endi siz ilova ikonachalarining o‘lcgamini sozlashingiz va ilova ikonachalari va tanlangan vidjetlar ostida matn yorliqlarini ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslikni tanlashingiz mumkin. Shuningdek, har bir vidjet parametrlarida shakl, fon rangi va shaffoflikni sozlashingiz mumkin.
Bloklash ekrani
Now bar bilan muhim topshiriqlar bajaring
Hoziroq kerakli maʼlumotlarni tekshiring va telefoningizni blokdan chiqarmasdan asosiy funksiyalarni ishga tushiring. Bajarilayotgan vazifalar Bloklash ekranning pastki qismidagi Now panelida paydo bo‘ladi, shu orqali siz asosiy ma’lumotlarni tezda ko‘rishingiz mumkin. Ma’lumotlarga media boshqaruvlari, Sekundomer, Taymer, Diktofon, Samsung Health va boshqalar kiradi.
Ko‘proq vidjetlar va yorliqlar
Endi telefoningiz bloklanganda ham koʻproq narsalarni koʻrishingiz va koʻproq narsalarni qilishingiz mumkin. Galereyadagi rasm va hikoyalarni ko‘rsatish uchun vidjet qo‘shing yoki barmoq bilan tezkor suring bilan QR-kod skanerini ochadigan yorliqni sinab ko‘ring.
Tezkor panel va bildirishnomalar
Alohida bildirishnoma va tezkor panellar
Tezkor parametrlar uchun ko‘proq joy bilan kerakli panelga darhol kiring. Tezkor parametrlar panelini ochish uchun ekranning yuqori o‘ng burchagidan pastga suring. Bildirishnomalar panelini ochish uchun ekranning yuqori qismidagi istalgan joydan barmoqni pastga suring.
Tezkor panelni sozlang
Siz uchun mos keladigan tezkor panel andozasini yarating. Tahrirlash rejimiga o‘tish uchun tezkor panel yuqori qismidagi qalam belgisini bosish, so‘ngra afzallikka mos kelish uchun tugmalar va boshqaruv elementlarini yuqoriga va pastga siljitishingiz mumkin.
Jonli bildirishnomalar
Hozir nimalar bo‘layotganidan xabardor bo‘lib turing. Jonli bildirishnomalar sizga taymerlar, ovozli yozuvlar, mashqlar kabi davom etayotgan tadbirlarning borishini koʻrsatadi, shunda ular bilan bogʻliq tezkor harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin. Jonli bildirishnomalar Bloklash ekrani Now bar, holat satri va bildirishnomalar panelining yuqori qismida paydo bo‘ladi.
Yangi bildirishnoma andozasi
Bildirishnomalardagi ikonachalar endi Asosiy ekranda paydo bo‘ladigan belgi bilan bir xil bo‘lib, har bir bildirishnomani qaysi ilova yuborganini aniqlashni osonlashtiradi. Guruhlangan bildirishnomalar kartalar to‘plami sifatida paydo bo‘ladi. Guruhdagi barcha bildirishnomalarni ko‘rsatish uchun to‘plamga teging.
Tasvirlarni osonlik bilan oling
Yangi Kamera andozasi
Kamera tugmalari, boshqaruv elementlari va rejimlari kerakli funksiyalarni topishni osonlashtirish va suratga olayotgan rasm yoki yozib olayotgan videoni oldindan ko‘rishni yanada aniqroq qilish uchun qayta tashkil etildi.
Rejimni tanlashni yaxshilashlar
Ko‘proq rejimlar menyusi qaytadan tashkil etildi. Butun ekranni to‘ldirish va kamera ko‘rib chiqishini bloklash o‘rniga endi ekranning pastki qismini qoplaydigan kichik qalqib chiquvchi oynadan rejimni tanlashingiz mumkin.
Yaxshilangan masshtabni boshqarish tugmalari
Endi mos masshtab darajasini tanlash osonroq. 2x masshtab tugmasi endi sukut bo‘yicha mavjud va obyektivni tanlaganingizdan so‘ng qo‘shimcha masshtablash imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Yangilangan filtr tajribasi
Kamera filtrlari butunlay yangilandi. Endi yangi filtrlar mavjud va mavjud filtrlar yaxshilandi. Har bir filtr intensivlik, rang harorati, kontrast va toʻyinganlikni nozik sozlash imkonini beradi va bu sizga kerakli koʻrinishni olishni osonlashtiradi. Siz tanlagan rasmlarning uslubi va kayfiyati asosida maxsus filtrlarni ham yaratishingiz mumkin.
Mukammal kadr yarating
To‘r chiziqlari va darajalari yordamida kamera o‘rnini sozlash bo‘yicha yordam oling. To‘r chiziqlarini endi gorizontal darajadan alohida yoqish va o‘chirish mumkin. Vertikal darajani ko‘rsatish uchun yangi opsiya ham mavjud.
Maxsus lahzalardan zavqlaning
Erkin shakldagi kollajlar
Galereyadagi kollajlar uchun oldindan o‘rnatilgan andozalardan tashqariga chiqing. Endi noyob andozangizni yaratish uchun kollaj tasvirlar o‘lchami, joylashishi va aylanishini sozlang.
Hikoyalarda kollajlarni tahrirlash
Hikoyalar kollajini o‘zingiz yoqtirgan ko‘rinishga keltiring. Endi hikoyalarda yaratilgan kollajlarni tahrirlashni toʻliq boshqarishingiz mumkin. Tasvirlarni almashtiring, tasvirlarni olib tashlang yoki qo‘shing yoki joylashuvi va o‘lchamini sozlang.
Salomatligingizni nazorat qiling
E’tiborli bo‘ling
Samsung Health xizmatidagi yangi Anglash xususiyati kundalik hayotingizda stress va tashvishlarni boshqarishga yordam beradi. Kayfiyatingiz va his-tuyg‘ularingizni kuzatib boring, nafas olish mashqlari va meditatsiya bilan shug‘ullaning va hokazo.
Yangi Samsung Health yorliqlari
Samsung Health xizmatida yangi yorliqlarni qo‘lga kiritgan holda motivatsiyalangan holda turing va salomatlik bo‘yicha maqsadlaringizga intiling. Quvvat ko‘rsatkichi, mashqlar, faollik, ovqat, suv, tana tuzilishi kabilar uchun yangi yorliqlarni qo‘lga kiritish uchun o‘zingizni sinab ko‘ring.
Unumdorlikni kuchaytiring
Kichraytirilgan ilovalar uchun dastabki ko‘rish holatlari
Bitta ilovadan bir necha qalqib chiquvchi oyna kichraytirilganda, ular bitta ikonachaga birlashtiriladi. Ikonachani bosish ilovadagi barcha ochiq oynalarni oldindan ko‘rishni ko‘rsatadi, bu kerakli oynani osongina tanlash imkonini beradi.
Budilniklaringizni guruhlash
Soat ilovangizda o‘zingiz birga boshqarmoqchi bo‘lgan budilnik guruhlarini yarating. Bitta guruhdagi barcha budilniklarni bir tegish bilan o‘chirish mumkin.
Barcha budilniklaringizni bir xil ovoz balandligiga saqlang.
Osonroq o‘rnatish uchun barcha budilniklaringiz sukut bo‘yicha bir xil ovoz balandligidan foydalanadi. Agar siz har bir budilnik uchun boshqacha ovoz balandligini o‘rnatishni afzal ko‘rsangiz, buni Soat parametrlarida tanlashingiz mumkin.
Yaxshilangan fayl tanlash
Yangi File Picker turli ilovalardagi fayllarni biriktirish va tanlashni osonlashtiradi. Turli xotira joylari va toifalari o‘rtasida o‘tish oson va to‘g‘ri fayllarni olishingizga ishonch hosil qilish uchun oldindan ko‘rish holatlari ko‘rsatiladi.
Topshiriqlar va hodisalarni rejalashtirish
Kalendar hodisalarini osonlik bilan qayta rejalashtirish
Hodisa sanasini oʻzgartirish uchun Oy koʻrinishida kalendaringizda voqeani bir sanadan ikkinchisiga tortib o‘tkazing.
Alohida kalendarlarni vidjetlarda ko‘rsatish
Endi siz kalendar vidjetlarida qaysi kalendarlar ko‘rinishini ko‘proq nazorat qila olasiz. Siz faqat bitta kalendarni tanlashingiz va undan faqat voqealarni Asosiy ekranda ko‘rsatishingiz yoki har birida boshqa kalendarga ega 2 ta alohida kalendar vidjetini yaratishingiz mumkin.
Kunlarni muhim hodisagacha teskari sanash
Kalendaringizdagi hodisa uchun teskari hisob vidjetini yaratish har qachongidan oson. Hodisa tafsilotlariga o‘ting, so‘ngra qo‘shimcha parametrlar menyusidan Teskari hisob vidjetini qo‘shish bandini tanlang. Bosh ekraningizda tug‘ilgan kuningiz, yubileyingiz, ta’tilingiz yoki siz tanlagan boshqa hodisagacha necha kun qolganini ko‘rsatuvchi vidjet paydo bo‘ladi.
Barcha hodisalarni bitta kalendardan boshqasiga ko‘chirish
Voqealarni birma-bir ko‘chirish bilan bog‘liq muammolardan qoching. Endi siz barcha hodisalarni bir kalendardan boshqasiga ko‘chirishingiz mumkin, jumladan, barcha hodisalarni telefoningizdagi kaneldardan bulutga asoslangan kalendarga ko‘chirishingiz mumkin.
Eslatmalarni takrorlash uchun qo‘shimcha opsiyalar
Takrorlanuvchi eslatma yaratganingizda, endi takrorlash uchun bitta emas, bir necha sanani tanlashingiz mumkin.
Yaxshilangan tez qo‘shish menyusi
Endi eslatmalarni tezkor yaratish yanada oson. Tez qo‘shish menyusi endi vaqt va joylashuv shartlari uchun oldindan sozlangan opsiyalarni taqdim etadi.
Yakunlangan eslatmalaringizni boshqarish
Eslatmalaringiz ro‘yxatini tartiblash osonroq bo‘ldi. Yangi sozlama yakunlangan eslatmalarni ma’lum vaqtdan keyin avtomatik ravishda o‘chirish imkonini beradi. Shuningdek, barcha ma’lumotlarni qayta kiritmasdan, qayta foydalanish uchun to‘liq eslatmalarni nusxalashingiz mumkin.
Ulash va baham ko‘rish
Tezkor ulashish uchun tavsiya qilingan qurilmalar
Ulashish uchun mos qurilmani osongina toping. Samsung account hisob qaydnomangizga kirgan qurilmalar va o‘tmishda baham ko‘rgan qurilmalar ro‘yxatning yuqori qismida paydo bo‘ladi, shuning uchun ularni topish oson.
Internet orqali ulashishni davom ettirish
Qurilmalar bir-biridan uzoqda bo‘lganda ham fayllarni o‘tkazish holatlarini tugallang. Tezkor ulashish yordamida fayllarni ulashishda, agar qurilmalar toʻgʻridan-toʻgʻri o‘tkazishni davom ettirish uchun bir-biridan juda uzoqqa qolsa, Wi-Fi yoki mobil internetdan foydalangan holda o‘tkazish internet orqali muammosiz davom etadi.
Xavfsizligingizni himoya qilish
Telefoningiz o‘g‘irlangan hollarda ma’lumotlaringizni himoya qilish
Yangi o‘g‘irlikdan himoya qilish funksiyalari telefoningiz o‘g‘irlangan taqdirda ilovalaringiz va ma’lumotlaringizni himoya qilishga yordam beradi. O‘g‘irlik aniqlangan yoki tarmoq ulanishingiz yo‘qolgan hollarda ekran avtomatik ravishda bloklanadi yoki siz android.com/lock sahifasiga o‘tib, ekranni qo‘lda bloklashingiz mumkin. Shuningdek, nozik parametrlarni o‘zgartirishdan oldin biometrik tekshiruvni talab qilishingiz mumkin.
Batareya va zaryadlash
Quvvat tejash uchun qo‘shimcha opsiyalar
Endi telefoningiz Quvvat tejash rejimida bo‘lganda, nima sodir bo‘lishini ko‘proq nazorat qila olasiz. Sizga mos keladigan batareya quvvatini tejash uchun cheklamoqchi bo‘lgan xususiyatlarni aniq tanlang. Quvvat tejash rejimi yoqilganda ham, ushbu parametrlarni o‘zgartirishingiz mumkin.
Batareyani himoya qilish ustidan ko‘proq boshqaruv
Batareya himoyasi yoqilgan hollarda, endi maksimal zaryad darajasini 80 foizdan 95 foizgacha sozlash mumkin.
Yangi zaryadlash effekti
Zaryadlash qurilmasini ulaganingizda, zaryadlash haqidagi tasdiqlash kichikroq bo‘ladi va u hali ham zaryadlash holatini tekshirishni osonlashtirgan holda uzilishl qolish hollarining oldini olish uchun ekranning o‘rtasi o‘rniga pastki qismida paydo bo‘ladi.
Har kim uchun foydalanish imkoniyati
Atigi bitta barmoq bilan kattalashtirish va kichiklashtirish
Kattalashtirish va kichiklashtirish chunchaki osonlashtirildi. Chimdib masshtab o‘zgartirish funksiyasidan foydalanishda qiynalayotganlar uchun endi Yordamchi menyusidan 1 barmoqli masshtabni faollashtirishingiz mumkin. Kattalashtirish uchun yuqoriga yoki o‘ngga turting. Kichiklashtirish uchun pastga yoki chapga turting.
Yaxshilangan ekranni boshqarish tugmalari
Ekranni boshqarishingizga yordam berish uchun endi Yordamchi menyu yana ko‘proq narsalarni qiladi. Endi siz Ikki marta bosishingiz yoki bitta tugmaga tegish orqali tegib turishingiz mumkin. Yangi aylantirish boshqaruvlari ekrandagi boshlanish va tugash nuqtalarini bosish orqali ekran bo‘ylab ma’lum masofada harakatlanish imkonini beradi.
Tegish o‘zaro aloqalaringizni sozlang
O‘zingiz uchun eng qulay parametrlarni tanlashda yordam oling. Tegib turish davomiyligi, Tegish davomiyligi va Takrorlangan tegish parametrlarini rad qilish uchun yangi testlar mavjud. Test joriy parametrlaringiz mos yoki o‘zgartirishga muhtojligini aytib berishi mumkin.
Yanada ko‘proq yaxshilashlar
Yana videolar ko‘ring
Video pleyerda har bir videoning oxirida videoni boshidan yana boshlash imkonini beruvchi tugma paydo bo‘ladi.
Yaxshilangan kontaktlar ro‘yxati
Aniqroq tajriba uchun bir xil kontaktlar ro‘yxati endi Telefon ilovasida ham, Kontaktlar ilovasida ham paydo bo‘ladi. Menyular va opsiyalar ikkala joyda ham bir xil, shuning uchun siz har doim qidirayotgan narsangizni topishingiz mumkin. Kontaktlarni qidirishda siz tez-tez qidirgan kontaktlar qidiruv natijalarining yuqori qismida paydo bo‘lib, kerakli odamni tezda topishga yordam beradi.
Samsung Wallet hamyoniga bortga chiqish talonlarini tezda qo‘shing
Samsung Internet xizmatida bortga chiqish talonini o‘z ichiga olgan qo‘llab-quvvatlanuvchi aviakompaniya yoki sayohat veb-sahifasini ko‘rganingizda, uni Samsung Wallet hamyoniga tez va oson qo‘shishingiz uchun tugma paydo bo‘ladi.
Harakatlarni bashorat qilish holatlari
Ob-havoning yugurish, bog‘dorchilik, lager va yana ochiq havodagi dam olish mashg‘ulotlari uchun mosligini tekshirish endi oson. Ob-havo ilovasida 3 tagacha faoliyatni ko‘rsatishni tanlash mumkin.
Maxsus joy yorliqlari
Ob-havo ilovasida turli joylarni kuzatib borish osonroq. Endi siz Uy, Ofis, Maktab yoki ob-havoni tekshirmoqchi bo‘lgan boshqa joylar kabi qo‘shilgan joylarga maxsus teglar o‘rnatishingiz mumkin.
O‘yinlar o‘ynashni kuchaytiring
O‘yin stimulyatorining o‘yin ichidagi paneli qayta ishlab chiqildi, u parametrlarni harakatdan chiqmasdan tezda o‘zgartirishni osonlashtirdi.
Har bir o‘yin uchun unumdorlikni o‘rnating
O‘yin stimulyatori endi har bir oʻyin uchun unumdorlik parametrlarini alohida sozlash imkonini beradi. Baʼzi oʻyinlarni yuqori unumdorlikka, boshqalarini esa batareyani uzoqroq oʻynash vaqtiga tejash uchun sozlashingiz mumkin. O‘zingiz uchun eng mos bo‘lgan parametrlarni toping.
Yon panellarni yuklab olish uchun qo‘llab-quvvatlashning tugatilishi
Yon panellarni bundan buyon One UI xizmatida Galaxy Store do‘konidan yuklab olib bo‘lmaydi. Siz yuklab olgan Yon panellardan foydalanishni davom ettirish mumkin.
Reliz raqami : A146BXXS8CYB2
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2025-02-24
Xavfsizlik darajasi : 2025-02-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXU8CXK1
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2024-11-26
Xavfsizlik darajasi : 2024-11-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXS7CXJ2
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2024-10-21
Xavfsizlik darajasi : 2024-10-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXS6CXHA
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2024-09-11
Xavfsizlik darajasi : 2024-09-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXU6CXH5
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2024-08-27
Xavfsizlik darajasi : 2024-07-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXS5CXE3
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2024-06-03
Xavfsizlik darajasi : 2024-05-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXU4CXD5
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2024-05-26
Xavfsizlik darajasi : 2024-04-01
One UI 6.1 yangilanishi
Galaxy qurilmangizni sozlang
Yangi fon rasmini tahrirlash xususiyatlari
Fon rasmini xohlaganingizcha bezang. Fon rasmi sifatida foydalanish uchun rasm tanlaganingizda, endi ramkalar va effektlarni qo‘llashingiz mumkin.
Bloklash ekraningiz uchun ko‘proq vidjetlar
Telefoningizni blokdan chiqarmasdan foydali ma’lumotlarni tezda ko‘ra olish uchun Bloklash ekraningiz uchun qo‘shimcha vidjetlar mavjud. Yangi vidjetlar Ob-havo, Samsung Health, Batareya, Eslatma, Kalendar va Soat vidjetlarini o‘z ichiga oladi.
Budilnik signallarini sozlang
Har bir budilnik uchun maxsus signal ekranlaringizni yaratish uchun tasvir, video yoki VM Emojidan foydalaning. Hattok signal ma’lumotlari paydo bo‘ladigan ekran maketini ham o‘zgartirishingiz mumkin.
Kalendaringizni shaxsiy ehtiyojlarga moslashtirish uchun ko‘proq stikerlar
Siz endi kalendaringizda har bir sana uchun 2 tagacha stiker qo‘shishingiz mumkin. Hodisalar uchun stikerlar endi Oy ko‘rinishida hodisa yonida ko‘rsatiladi.
Yangilangan Kalendar sozlamalari
Kalendar sozlamalari intuitivroq bo‘lishi uchun qayta tashkil etildi. To‘liq ekranli kalendar signallari uchun fon ranglari va tasvirlarni o‘rnatishingiz ham mumkin.
Eslatma signallarini sozlash
Har bir eslatmangiz uchun mos fon yarating. Endi to‘liq ekranli eslatma signallari uchun ranglar va fon rasmlarini o‘rnatishingiz ham mumkin.
Eslatma toifalari bilan ko‘proq narsalarni qiling
Siz endi har bir eslatma toifasi uchun vakil ikonacha tanlashingiz mumkin. O‘zingiz tez-tez foydalanadigan toifalarni toifalar ro‘yxatining yuqorisiga biriktirib qo‘yishingiz ham munkin.
Asosiy ekrandan rejimni yoqish yoki o‘chirib qo‘yish
Rejimlarni avvalgidan ko‘ra tezroq yoqing va o‘chiring. Yangi Rejim vidjeti rejimlarni bevosita Asosiy ekranga qo‘shish imkonini beradi.
Rejimlaringizni qayta tartiblang
Siz endi Rejim va Kun tartiblari xizmatida Rejimlar paneli sanab o‘tilgan rejimlar tartibini o‘zgartirishingiz mumkin.
Yangi kun tartibi shartlari
Endi siz kun tartibini o‘zingiz tanlagan signal chalinishni boshlaganida yoki Smart View ulanganida yoki uzilganida, boshlashingiz mumkin.
Ulash va baham ko‘rish
Ko‘proq qurilmalar bilan baham ko‘ring
Tezkor ulashish Google’ning Yaqindagi b-n ulashish funksiyasi bilan birlashtirildi. Galaxy qurilmalariga qo‘shimcha ravishda endi internetga ulanmasdan turib ham kontentlarni boshqa Android qurilmalari bilan baham ko‘rish mumkin.
Joylashuvingizni boshqalar bilan baham ko‘ring
Samsung Find ilovasi yordamida joylashuvingizni oilangiz, do‘stlaringiz yoki o‘zingiz ishonadigan istalgan shaxs bilan baham ko‘rishingiz mumkin. Cheklangan vaqt davomida yoki hamma vaqt baham ko‘ring. Joylashuvingizni kim koʻra olishini har doim nazorat qilasiz.
Internet sahifalari guruhlarini boshqa qurilmalar bilan sinxronlashtiring
Qaysi qurilmadan foydalansangiz ham, oxirgi koʻrish seansida toʻxtagan joyingizdan osongina davom eting. Bir qurilmada yaratgan sahifalar guruhlari Samsung account hisob qaydnomangizga kirgan boshqa Galaxy qurilmalarida Samsung Internet xizmatida paydo bo‘ladi.
Ma’lumotlaringizni himoya qiling
Samsung Cloud xizmatidagi kuchaytirilgan ma’lumot himoya qilish
Hatto maʼlumotlarga buzib kirilgan taqdirda ham, sizdan boshqa hech kim maʼlumotlaringizga kira olmasligiga ishonchingiz komil bo‘lsin. Samsung Cloud bilan sinxronlangan maʼlumotlar uchun boshidan oxirigacha shifrlash funksiyasini yoqishingiz mumkin.
Kirish kalitlari bilan tez va xavfsiz kirish
Kirish kalitlari murakkab parollarni eslab qolishga hojat qoldirmasdan vebga kirish uchun ko‘proq xavfsizlikni ta’minlaydi. Samsung Internet xizmatidagi biometrik autentifikatsiyaga ega bo‘lgan qo‘llab-quvvatlanuvchi veb-saytlarga kirish uchun kirish kalitlaridan foydalaning.
Salomatligingizni nazorat qiling
Kengaytirilgan mashqlar bajarish tajribasi
Oldingi natijangizni yaxshilashga harakat qilish uchun Samsung Health xizmatida oldingi natijalaringiz bilan raqobatlashing. Bundan tashqari, boshida yoki oxirida keraksiz vaqtni olib tashlash uchun yakunlaganingizdan so‘ng mashqlarni qisqartirishingiz ham mumkin.
Kundalik faoliyat maqsadlari uchun qo‘shimcha opsiyalar
Endi sizda Samsung Health xizmatida kundalik faoliyat maqsadlarini belgilash uchun qo‘shimcha opsiyalar mavjud. Agar qadamlar bo‘yicha maqsad sizga mos kelmasa, uning o‘rniga ko‘tarilgan qavatlar yoki faol soatlarga o‘tishingiz mumkin.
Yaxshilangan siklni kuzatib borish
Jismoniy alomatlaringiz va kayfiyatingizni yozib olayotganingizda, siz avvallari tez-tez foydalangan opsiyalar ekranning yuqori qismida paydo bo‘ladi. Agar birlamchi opsiyalar o‘zingizni qanday his qilayotganingizga mos kelmasa, endi maxsus kayfiyat turlarini o‘rnatishingiz ham mumkin.
Yanada ko‘proq yaxshilashlar
Ob-havo vidjetidagi ko‘proq ma’lumotlar
Ob-havo vidjeti hududingizda kuchli momaqaldiroq, qor yog‘ishi yoki boshqa yog‘ingarchiliklar haqida xabar beradi.
Klaviaturadan ajralmagan holda ovozli kiritish
Klaviatura endi ovozli kiritishdan foydalanganda ko‘rinadigan bo‘lib qoladi, shuning uchun kerak bo‘lganda, osongina yozishga qaytishingiz mumkin. Klaviaturadan foydalanayotganda, istalgan vaqtda ovozingiz bilan matn kiritish uchun ekranning pastki qismidagi mikrofon tugmasini bosing.
Barcha kichraytirilgan ilovalarni birdaniga oching
Yangi tugma bir necha qalqib chiquvchi oyna kichraytirilganda, barcha kichraytirilgan ilovalarni birdaniga qayta ochish imkonini beradi.
Finder ilovasidagi Google qidirish tavsiyalari
Finder ilovasidan foydalanib qidirayotganingizda, Google’dan tavsiya qilingan veb-qidirishlarini ham olasiz.
Batareyangizni himoya qilishning ko‘proq usullari
Batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirishga yordam berish uchun 3 ta turli himoya qilish opsiyasidan birini tanlang. Asosiy himoya batareya zaryadini 95% bilan 100% o‘rtasida ushlab turadi. Moslashuvchan himoya uxlaganingizda zaryadlashni to‘xtatib qo‘yadi va zaryadlashni uyg‘onishingizdan shundoq oldin yakunlaydi. Maksimal darajadagi himoya uchun maksimal zaryadlashni 80% gacha cheklab qo‘yishingiz ham mumkin.
Yaxshilangan Galereya qidiruvi
Qidirish ekrani undan foydalanish oson bo‘lishi uchun qayta ishlab chiqildi. Natijalar endi insonlar, joylar, albomlar yoki hikoyalar kabi tur bo‘yicha toifalanadi.
Reliz raqami : A146BXXS3CXC2
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2024-03-12
Xavfsizlik darajasi : 2024-03-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXS3CWLE
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2023-12-27
Xavfsizlik darajasi : 2023-12-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXU2CWK9
Android versiya : U(Android 14)
Reliz sanasi : 2023-11-27
Xavfsizlik darajasi : 2023-11-01
One UI 6.0 yangilanishi (Android 14)
Tezkor panel
Yangi tugma qolipi
Tezkor panel endi siz eng ko‘p foydalanadigan funksiyalarga kirishni osonlashtiradigan yangi qolipga ega. Endi Wi-Fi va Bluetooth ekranning yuqori qismida o‘ziga xos maxsus tugmalarga ega, qorong‘i rejim va Ko‘z qulaylik qobig‘i kabi vizual funksiyalar esa pastga ko‘chirildi. Boshqa tezkor parametrlar tugmalari o‘rtadagi moslashtirilgan maydonda paydo bo‘ladi.
To‘liq tezkor panelga darhol kirish
Sukut bo‘yicha bildirishnomalarga ega bo‘lgan ixcham tezkor panel siz ekranning yuqori qismidan pastga surganingizda paydo bo‘ladi. Yana surib o‘tkazish bildirishnomalarni yashiradi va kengaytirilgan tezkor panel ko‘rsatiladi. Tezkor parametrlarga shoshilinch kirish funksiyasini yopqsangiz, ekranning yuqori qismi oʻng tomonidan barmoqni bir marta surib o‘tkazish orqali kengaytirilgan tezkor panelni koʻrishingiz mumkin. Barmoq bilan shap tomondan surib o‘tkazish bildirishnomalarni ko‘rsatadi.
Yorqinlikni boshqarishga tezkor kirish
Yorqinlikni boshqarish paneli endi yorqinlikni tezroq va osonroq sozlash uchun barmoqni ekranning yuqorisidan bir marta pastga surganingizda ixcham tezkor panelda sukut bo‘yicha paydo bo‘ladi.
Yaxshilangan albom tasvirini ko‘rsatish
Musiqa yoki video ijro etilayotganda, musiqa yoki videoni ijro etuvchi ilova albom tasvirini taqdim etsa, albom tasviri bildirishnoma panelidagi butun media nazoratchini qamrab oladi.
Bildirishnomalar uchun kengaytirilgan qolip
Endi har bir bildirishnoma alohida karta sifatida paydo bo‘ladi va bu alohida bildirishnomalarni tanib olishni osonlashtiradi.
Yanada yorqin bildirishnoma ikonachalari
Asosiy va Ilovalar ekranlarida har bir ilova uchun ishlatiladigan bir xil rangli ikonachalardan foydalanishingiz mumkin. Siz buni Parametrlarda o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Bildirishnomalarni vaqt bo‘yicha saralash
Endi siz bildirishnoma sozlamalarini ustuvorlik oʻrniga vaqt boʻyicha saralash uchun oʻzgartirishingiz mumkin, shunda eng yangi bildirishnomalaringiz doimo yuqorida boʻladi.
Blk. ekrani
Soatingizni qayta joylashtirish
Endi soatingizni Bloklash ekranidagi oʻzingiz tanlagan joyga koʻchirish erkinligi bor.
Asosiy ekran
Soddalashtirilgan ikonacha yorliqlari
Ilova ikonacha yorliqlari endi tiniqroq va soddaroq ko‘rinish uchun bitta qator bilan cheklanadi. "Galaxy" va "Samsung" so‘zlari ba’zi ilovalar nomlaridan ularni qisqartirish va skanerlashni osonlashtirish uchun olib tashlandi.
2 qo‘l bilan tortib o‘tkazish
Bir qo‘lingiz bilan asosiy ekranda ilova ikonachalari yoki vidjetlarini tortib o‘tkazishni boshlang, keyin ularni tashlamoqchi bo‘lgan ekranga o‘tish uchun ikkinchi qo‘lingizdan foydalaning.
Ko‘p vazifalilik
Qalqib chiquvchi oynalarni ochiq holda saqlash
Oxirgilar ekraniga kirganingizda, qalqib chiquvchi oynalarni minimallashtirish o‘rniga Oxirgilar ekranidan chiqqaningizdan so‘ng qalqib chiquvchi oynalar endi ochiq qoladi, shunda siz ustida ishlayotgan ishingizni davom ettirishingiz mumkin.
Samsung klaviaturasi
Yangi emoji dizayni
Xabarlaringiz, ijtimoiy tarmoqlardagi postlaringiz va telefoningizning boshqa joylarida paydo bo‘luvchi emojilar yangi dizayn bilan yangilandi.
Tarkibni baham ko‘rish
Rasmlarni dastlabki ko‘rish hollari
Har qanday ilovadagi rasmlarni baham ko‘rganingizda, rasmlarni baham ko‘rishdan oldin ularni ko‘rib chiqish maqsadida yana bir imkoniyat berish uchun Baham ko‘rish panelining yuqori qismida dastlabki ko‘rish tasvirlari paydo bo‘ladi.
Ob-havo
Yangi “Ob-havo” vidjeti
Ob-havo maʼlumotlari vidjeti mahalliy ob-havo sharoiti haqida koʻproq maʼlumot beradi. Kuchli momaqaldiroq, qor, yomg‘ir va boshqa hodisalar qaysi vaqtda sodir bo‘lishi bashorat qilinayotganini ko‘rishingiz mumkin.
Ob-havo ilovasidagi ko‘proq ma’lumotlar
Qor yogʻishi, oy fazalari va vaqtlari, atmosfera bosimi, koʻrish masofasi, shudring nuqtasi va shamol yoʻnalishi haqidagi maʼlumotlar endi “Ob-havo” ilovasida mavjud.
O‘zaro faol xarita ko‘rinishi
Xarita boʻylab harakatlanish uchun barmoqni surib o‘tkazing va mahalliy ob-havo sharoitlarini koʻrish uchun o‘sha joyni bosing. Agar shahar nomini bilmasangiz ham, xarita ob-havo ma’lumotlarini topishga yordam beradi.
Takomillashtirilgan illyustratsiyalar
Ob-havo vidjeti va ilovasidagi illlyustratsiyalar joriy ob-havo sharoiti haqida yaxshiroq ma’lumotlar berish uchun takomillashtirildi. Fon ranglari ham kun vaqtiga qarab o‘zgaradi.
Kamera
Sodda va tushunarli dizayn
Kamera ilovasining umumiy maketi soddalashtirildi. Dastlabki ko‘rib chiqish ekranidagi tezkor parametrlar tugmalari tushunish osonroq bo‘lishi uchun qayta ishlab chiqildi.
Maxsus kamera vidjetlari
Siz Asosiy ekraningizga maxsus kamera vidjetlarini qo‘shishingiz mumkin. Siz har bir vidjetni ma‘lum bir suratga olish rejimida boshlash va rasmlarni o‘zingiz tanlagan albomga saqlash uchun sozlashingiz mumkin.
Suv belgilari uchun ko‘proq tekislash variantlari
Endi siz fotosuratlaringiz tepasida yoki pastki qismida suv belgisi paydo bo‘lishi yoki bo‘lmasligini tanlashingiz mumkin.
Hujjatlarni osonroq skanerlash
Hujjatni skanerlash funksiyasi Sahna optimallashtirgichidan ajratildi, shuning uchun Sahna optimallashtirgichi oʻchirilgan boʻlsa ham, hujjatlarni skanerlashingiz mumkin. Yangi Avtomatik skanerlash har safar biror hujjatni suratga olganingizda, hujjatlarni avtomatik ravishda skanerlash imkonini beradi. Hujjat skanerlanganidan keyin siz tahrirlash ekraniga o‘tasiz, u yerda hujjatni kerakli tarzda tekislash uchun aylantirishingiz mumkin.
Tasvir aniqligi parametrlariga tezkor kirish
Foto va Pro rejimlarida ekranning yuqori qismidagi tezkor parametrlarda tasvir aniqligi tugmasi mavjud bo‘lib, siz suratga olingan fotosuratlar tasvir aniqligini tezda o‘zgartirishingiz mumkin.
Osonroq video o‘lchami opsiyalari
Endi video o‘lchami tugmasini bosganingizda qalqib chiquvchi oyna paydo bo‘ladi, bu esa barcha opsiyalarni ko‘rish va to‘g‘risini tanlashni osonlashtiradi.
Rasmlaringizni tekis saqlang
Kamera parametrlarida to‘r chiziqlari yoqilganda, orqa kameradan Panoramadan tashqari barcha rejimlarda foydalanilganda ekranning o‘rtasida endi tekislik chizig‘i paydo bo‘ladi. Rasmingizning yer bilan tekisligini ko‘rsatish uchun chiziq harakatlanadi.
Kameralarni o‘tkazish uchun barmoqni yuqoriga/pastga surib o‘tkazishni o‘chirib qo‘yish
Endi old va orqa kameralar almashlab yoqish uchun barmoqni yuqoriga yoki pastga surish ixtiyoriy. Agar siz barmoqni tasodifan surib yuborishlardan xavotirlansangiz, buni Parametrlarda o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Effektlarni yanada osonroq qo‘llang
Endi filtr va yuz effektlari surgich o‘rniga terishdan foydalanadi, bu esa shunchaki bir qo‘l bilan aniq sozlashlarni osonlashtiradi.
Galereya
Batafsil ko‘rinishdagi tezkor tahrirlashlar
Rasm yoki video ko‘rayotganda, batafsil ko‘rinishga o‘tish uchun barmoqni ekranning pastidan tepasiga qarab suring. Bu ekran endi siz darhol qoʻllashingiz mumkin boʻlgan effektlar va tahrirlash funksiyalariga tezkor kirish imkonini beradi.
2 ta qo‘l bilan tortib o‘tkazish
Bir qo‘lingiz bilan rasm va videolarni bosib turing, so‘ngra ularni tashlamoqchi bo‘lgan albomga o‘tish uchun ikkinchi qo‘lingizdan foydalaning.
Qirqilgan tasvirlarni stikerlar sifatida saqlash
Siz tasvirdan biror narsani qirqib olganingizda, uni keyinroq rasmlar va videolarni tahrirlashda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan stiker sifatida osongina saqlashingiz mumkin.
Hikoyani kengaytirib ko‘rish
Hikoyani ko‘rish vaqtida siz ekranni barmoq bilan quyi qismidan yuqoriga qarab surganingizda, miniatyura ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Miniatyura ko‘rinishida hikoyangizga rasmlar yoki videolar qo‘shishingiz yoki ularni hikoyangizdan olib tashlashingiz mumkin.
Rasm tahrirchi
Kengaytirilgan maket
Yangi Asboblar menyusi o‘zingizga kerak bo‘ladigan tahrirlash funksiyalarini topishni osonlashtiradi. “Transform” menyusida “Straighten” va “Perspective” opsiyalari birlashtirildi.
Saqlagandan keyin dekoratsiyalarni sozlash
Endi saqlaganingizdan keyin ham suratga qo‘shgan chizmalar, stikerlar va matnlarga o‘zgartirishlar kiritishingiz mumkin.
Bajarilganlarni bekor qilish va qaytadan bajarish
Xato qilishdan xavotirlanmang. Endi siz oʻzgartirishlar, filtrlar va tuslarni osongina bekor qilishingiz yoki qayta qilishingiz mumkin.
Maxsus stikerlar ustiga chizish
Maxsus stikerlarni yaratishda stikerlaringizni yanada shaxsiy va noyob qilish uchun chizish asboblaridan foydalanishingiz mumkin.
Yangi matn fonlari va uslublari
Suratga matn qo‘shganda, mukammal ko‘rinishga ega bo‘lish uchun bir nechta yangi fon va uslublardan birini tanlashingiz mumkin.
Studiya (Video tahrirchi)
Yanada kuchliroq video tahrirlash
Studio loyihaga asoslangan yangi video editor boʻlib, yanada murakkab va kuchli tahrirlash imkonini beradi. Siz Studio muharririga Galereyadagi Chizish vositasi menyusidan kirishingiz yoki tezroq kirish uchun Asosiy ekraningizga ikonacha qo‘shishingiz mumkin.
Vaqt shkalasiga ega maket
Studio butun loyihangizni bir nechta videoklipni o‘z ichiga olgan vaqt shkalasi sifatida ko‘rish imkonini beradi. Ko‘p qatlamli tuzilma sizga kliplar, stikerlar, subtitrlar va boshqa obyektlarni qo‘shish va ularning joylashuvi va uzunligini osongina sozlash imkonini beradi.
Loyihalarni saqlash va tahrirlash
Tugallanmagan kino loyihalarini keyinroq tahrirlashni davom ettirish uchun saqlashingiz ham mumkin.
Video pleyer
Kengaytirilgan maket
Video pleyer boshqaruv tugmalari endi har qachongidan ham oson. O‘xshash funksiyalarga ega bo‘lgan tugmalar birlashtirilib, Play tugmasi ekranning o‘rtasiga ko‘chirildi.
Kengaytirilgan ijro tezligini boshqarish vositalari
0,25x dan 2,0x gacha bo‘lgan bir nechta video ijro etish tezliklaridan birini tanlang. Tezlikni boshqarish vositalariga endi slayder o‘rniga maxsus tugmalar yordamida kirish osonroq.
Samsung Health
Asosiy ekran uchun yangi ko‘rinish
Samsung Health Asosiy ekrani butunlay yangilandi. Ko‘proq ma’lumot ko‘rsatiladi, quyuq shriftlar va ranglar esa sizga eng kerakli ma’lumotlarni ko‘rishni osonlashtiradi. Oxirgi mashq bajarish natijangiz ekranning yuqori qismida koʻrsatiladi va uxlash ballingiz hamda qadamlar, harakat, suv va ovqat uchun kunlik maqsadlaringiz haqida koʻproq fikr-mulohazalar beriladi.
Maxsus suv stakani o‘lchamlari
Endi siz Samsung Health Suvni kuzatish vositasida stakanlar hajmini odatda ichadigan stakan hajmiga moslashtirishingiz mumkin.
Kalendar
Rejangiz bir qarashda ko‘rinadi
Yangi jadval ko‘rinishida bo‘lajak hodisalar, vazifalar va eslatmalar xronologik tartibda birga taqdim etiladi.
Eslatmalaringizni Kalendarda ko‘rish
Endi Eslatma ilovasini ochmasdan Kalendar ilovasida eslatmalarni ko‘rishingiz va qo‘shishingiz mumkin.
Hodisalarni 2 ta qo‘lda ko‘chirish
Kun yoki Hafta ko‘rinishida bir qo‘lingiz bilan ko‘chirmoqchi bo‘lgan hodisaga teging va ushlab turing, so‘ngra uni ko‘chirmoqchi bo‘lgan kunga o‘tish uchun ikkinchi qo‘lingizdan foydalaning.
Eslatma
Yaxshilangan eslatmalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish
Asosiy ro‘yxat ko‘rinishi qaytadan yaratildi. Toifalarni ekranning yuqori qismida boshqarishingiz mumkin. Toifalarning ostida eslatmalaringiz sana bo‘yicha tartiblangan holda ko‘rsatiladi. Tarkibida tasvirlar va veb-havolalar bo‘lgan eslatmalar uchun maket ham kengaytirildi.
Yangi eslatma toifalari
Joy toifasida ma’lum joyda bo‘lganingizda, sizni ogohlantiruvchi eslatmalar mavjud va “Signal yo‘q” toifasida hech qanday signal bermaydigan eslatmalar mavjud.
Eslatmalar yaratish uchun ko‘proq opsiyalar
Eslatma ilovasiga kontentni baham ko‘rsangiz, eslatma yaratilgunga qadar to‘liq tahrirlash opsiyalariga ega bo‘lasiz. Eslatma yaratishda kamera yordamida suratga olishingiz ham mumkin.
Butun kun uchun eslatmalarni yaratish
Endi siz butun kun uchun eslatmalar yaratishingiz va ular haqida sizni ogohlantirishni xohlagan vaqtingizni sozlashingiz mumkin.
Samsung Internet
Videolarni fonda o‘ynatish
Joriy yorliqdan chiqsangiz yoki Internet ilovasidan chiqsangiz ham video o‘ynatishni davom ettiring.
2 ta qo‘l bilan xatcho‘plar va panellarni bir joydan boshqasiga ko‘chirish
Bir qo‘lingiz bilan o‘zingiz ko‘chirmoqchi bo‘lgan xatcho‘p yoki panelga teging va ushlab turing, keyin o‘zingiz uni ko‘chirmoqchi bo‘lgan xatcho‘plar jildi yoki panelga o‘tish uchun boshqa qo‘lingizdan foydalaning.
Smart tanlov
O‘lchamni o‘zgartirish va biriktirilgan kontentdan matnni ajratib olish
Biror tasvirni ekranga biriktirganingizda, uning o‘lchamini o‘zgartirishingiz yoki undan matnni ajratib olishingiz mumkin.
Kattalashtirilgan ko‘rinish
Ekran joyini tanlashda kattalashtirilgan ko‘rinish paydo bo‘ladi, shuning uchun tanlovingizni eng zo‘r joyda boshlashingiz va tugatishingiz mumkin.
Bixby text call
Qo‘ng‘iroq vaqtida Bixby xizmatiga o‘tkazish
Siz endi hattoki qo‘ng‘iroq allaqachon boshlangan hollarda ham istalgan vaqtda Bixby text call xizmatiga o‘tkazishingiz mumkin.
Rejim va Kun tartiblari
Bloklash ekraningiz ko‘rinishini o‘zgartirish
Avtomobil haydash, ishlash, jismoniy mashq bajarish kabilar uchun o‘ziga xos fon rasmi va soat uslubiga ega bo‘lgan turli Bloklash ekranlarini o‘rnating. Uyqu rejimi uchun qorong‘i fon rasmi yoki Dam olish rejimi uchun tinchlantiruvchi fon rasmini sinab ko‘ring. Bir rejim uchun Bloklash ekranini tahrirlaganingizda, bu rejim yoqilganida, o‘sha fon rasmini ko‘rasiz.
Yangi shartlar
Endi ilova mediani oʻynatayotganida, kun tartibini boshlashingiz mumkin.
Yangi harakatlar
Kun tartiblari endi Samsung klaviaturasi parametrlarini o‘zgartirish kabi har qachongidan ham ko‘proq narsalarni qilishi mumkin.
Finder
Ilovalar uchun tezkor harakatlar
Qidirish natijalarida biror ilova paydo boʻlganida, ushbu ilova yordamida bajarishingiz mumkin boʻlgan amallarga tezkor kirish uchun ilovani bosib turishingiz mumkin. Masalan, agar siz Kalendar ilovasini qidirsangiz, hodisa qo‘shish yoki kalendaringizni qidirish uchun tugmalar paydo bo‘ladi. Agar ilova oʻrniga harakat nomini qidirsangiz, ilova harakatlari ham qidiruv natijalarida oʻz-oʻzidan paydo boʻladi.
Fayllarim
Xotiradan joy bo‘shatish
Xotiradan joy bo‘shatishingizga yordam berish uchun tavsiya kartalari paydo bo‘ladi. Fayllarim funksiyasi keraksiz fayllarni o‘chirishni tavsiya qiladi, bulutli xotirani o‘rnatish bo‘yicha maslahatlar beradi hamda telefoningizdagi qaysi ilovalar eng ko‘p saqlash joyidan foydalanishi haqida sizga ma’lumotlar beradi.
Galereya va Ovoz yozish vositasiga ega o‘rnatilgan savat
Fayllarim, Galereya va Ovoz yozish vositasi Savat funksiyalari bittaga birlashtirildi. “Fayllarim”da Savatni ochganingizda, o‘chirib tashlangan fayllar, rasmlar, videolar va ovoz yozuvlarini qayta tiklash yoki butunlay o‘chirish opsiyalari bilan birga ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
2 ta qo‘l bilan fayllardan nusxa ko‘chirish
Bir qo‘lingiz bilan o‘zingiz nusxa ko‘chirmoqchi bo‘lgan faylga teging va ushlab turing, keyin o‘zingiz undan nusxa ko‘chirmoqchi bo‘lgan jildga o‘tish uchun boshqa qo‘lingizdan foydalaning.
Samsung Pass
Kirish kalitlari bilan xavfsizroq kirish hollari
Qo‘llab-quvvatlanadigan ilovalar va veb-saytlarga kirish uchun kirish kalitlaridan foydalaning. Parollardan farq qilgan holda kirish kalitingiz telefoningizda saqlanadi va uni veb-sayt xavfsizlik tizimini buzib kirish orqali olib bo‘lmaydi. Kirish kalitlari sizni fishing hujumlaridan ham himoya qiladi, chunki ular faqat o‘zlari ro‘yxatdan o‘tgan veb-sayt yoki ilovada ishlaydi.
Sozlamalar
Aqlliroq Parvoz rejimi
Parvoz rejimi yoqilgan vaqtda Wi-Fi yoki Bluetooth funksiyasini yoqsangiz, telefoningiz eslab qoladi. Siz keyingi safar Parvoz rejimidan foydalanganingizda, Wi-Fi yoki Bluetooth o‘chirish o‘rniga yoqilgan holda qoladi.
Batareya parametrlariga osonroq kirish
Batareya parametrlari endi yuqori darajali parametrlar menyusiga ega, shuning uchun siz batareya quvvatini osongina tekshirishingiz va batareya parametrlarini boshqarishingiz mumkin.
Xavfsizlik tahdidlarini bloklash
Ilovalaringiz va ma’lumotlaringiz uchun qo‘shimcha himoya darajasiga ega bo‘ling. Avtomatik bloklovchi noma’lum ilovalar o‘rnatilishining oldini oladi, zararli dasturlar bor-yo‘qligini tekshiradi va zararli buyruqlarning USB kabelidan foydalanib, telefoningizga yuborilishini bloklaydi
Maxsus imkoniyat
Ko‘rishni osonlashtirishni topish osonroq
Ovozli yordamchi va Ko‘rish qobiliyati takomillashuvlari menyulari tezkor va osonroq kirish uchun bitta Ko‘rishni osonlashtirish menyusiga birlashtirildi.
Yangi kattalashtirish opsiyalari
Kattalashtirish oynasining qanday paydo bo‘lishini sozlang. Siz to‘liq ekran, qisman ekranni tanlashingiz yoki ikkalasi o‘rtasida o‘tishga ruxsat berishingiz mumkin.
Kursor qalinligini sozlash
Endi siz matnni tahrirlashda paydo bo‘ladigan kursor qalinligini oshirishingiz mumkin, shunda uni ko‘rish osonroq bo‘ladi.
Foydalanish imkoniyati haqida ko‘proq biling
Samsung Foydalanish imkoniyati veb-sahifasiga havola Foydalanish imkoniyati parametrlariga qo‘shildi, shuning uchun siz maxsus imkoniyatlar va mahsulotlarimizni hamma uchun ochiq qilish borasidagi harakatlarimiz haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin.
Raqamli salomat-k
Kengaytirilgan maket
Raqamli farovonlik ilovasining asosiy ekrani qayta ishlandi, bu kerakli ma’lumotlarni topishingizni osonlashtiradi.
Haftalik hisobotingiz uchun ko‘proq kontent
Haftalik foydalanishingiz haqidagi hisobot endi noodatiy foydalanish usullari, maksimal foydalanish vaqtlari va ekran vaqtingizni qanday muvozanatlash haqida bilish imkonini beradi.
Reliz raqami : A146BXXU2BWI1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-10-06
Xavfsizlik darajasi : 2023-08-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXU2BWH5
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-09-05
Xavfsizlik darajasi : 2023-08-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXS2BWH2
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-08-25
Xavfsizlik darajasi : 2023-08-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXU2BWF4
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-06-30
Xavfsizlik darajasi : 2023-05-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
Reliz raqami : A146BXXU2BWE1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-05-19
Xavfsizlik darajasi : 2023-05-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXU1BWC3
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-03-23
Xavfsizlik darajasi : 2023-03-01
One UI 5.1 yangilanishi
One UI 5.1 yangi Galereya funksiyalari hamda mahsuldorlik va shaxs ehtiyojlariga moslashtirilgan yaxshilanishlari bilan telefonni keyingi darajaga olib chiqadi.
Galereya
Yanada kuchliroq qidirish
Endi Galereyada bir vaqtda bir necha odam yoki mavzuni qidirish mumkin. Hatto yuzlariga tegish orqali odamlarni ismlarini belgilamasdan qidirishingiz mumkin.
Ulashil. oila albomini yaratish
Rasmlarni oila a’zolaringiz bilan baham ko‘rish har qachongidan oson. Galereya siz tanlaydigan oila a’zolarining yuzlarini tanib, ulashil. oila albomingizga qo‘shish uchun rasmlarni tavsiya qiladi. Siz har bir oila a’zosi uchun (ko‘pi bilan 6 kishi) 5 GB xotira olasiz.
Yangilangan ma’lumotlarni ko‘rsatish
Galereyada rasm yoki videoni ko‘rib chiqayotganda, tepaga sursangiz, rasm qachon va qayerda olingani, qaysi qurilma suratga olgani, rasm qayerda saqlangani va ko‘proq narsalarni ko‘rish mumkin. Endi osonlashtirilgan qolip bilan.
Ko‘p vazifalilik
Osongina kichraytiring yoki to‘liq ekranga o‘tkazing
Siz endi opsiyalar menyusiga o‘tmasdan turib, ilova oynasini kichraytirishingiz yoki kattalashtirishingiz mumkin. Shunchaki burchaklaridan biridan tortib o‘tkazing.
Eng ko‘p foydalanadigan ilovalarga ajratilgan ekran orqali kiring
Alohida ekran ko‘rinishida boshlaganingizda o‘zingizga kerakli ilovalarni tezroq topishingizga yordam berish uchun siz eng ko‘p foydalanadigan ilovalar oxirgi foydalangan ilovalaringiz pastida ko‘rsatiladi.
Rejim va kun tartiblari
Fon rasmlarini rejimingizga asoslangan holda o‘zgartiring
Joriy harakatlaringizga asoslangan holda turlicha fon rasmi o‘rnating. Ish uchun bitta fon rasmi, mashqlar bajarish uchun boshqa fon rasmi tanlang va hk.
Kun tartiblari uchun ko‘proq harakatlar
Yangi harakatlar Tezkor ulashish va Sensor sezgirligini nazorat qilish, rington va shrift uslubini o‘zgartirishga imkon beradi.
Ob-havo
Foydali ma’lumotlarga tezkor kirish
Ob-havo ilovasi yuqori qismida keskin ob-havo ogohlantirishlari, kunlik ob-havo xulosalari va quyosh chiqishi/botishi vaqtlarini tekshiring. Harorat grafigi endi haroratning kun davomida qanday o‘zgarishini ko‘rsatish uchun ranglardan foydalanadi.
Soatlik yog‘ingarchilik grafigi
Endi soatlik grafik kunning turli vaqtlarida qancha yog‘in yoqqanini ko‘rsatadi.
Ob-havo vidjeti bo‘yicha qisqacha ma’lumot
Endi ob-havo vidjetida hozirgi ob-havo sharoitlari haqida qisqacha ma’lumot paydo bo‘lib, u havo quyoshli, bulutli bo‘lishi, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi haqida xabar beradi.
Samsung Internet
Internet saytlarini ko‘rib chiqishni boshqa qurilmada davom ettiring
Agar siz bitta Galaxy telefoni yoki planshetida internet saytlarini ko‘rib chiqayotgan bo‘lsangiz va keyinroq xuddi shu Samsung account hisob qaydnomasiga kirgan boshqa Galaxy qurilmasida Internet ilovasini ochsangiz, boshqa qurilmada ko‘rayotgan oxirgi veb-sahifani ochishga imkon beruvchi tugma paydo bo‘ladi.
Yaxshilangan qidirish
Qidiruvlaringiz endi xatcho‘plar jildlari va sahifa guruhlari nomlarini o‘z ichiga oladi. Yaxshilangan qidirish mantig‘i, agar biror narsa to‘g‘ri yozilmagan bo‘lsa ham, qidirayotgan narsangizni topish imkonini beradi.
Qo‘shimcha o‘zgarishlar
Qurilmalaringizning batareya zaryadi darajalarini tekshiring
Yangi Batareya vidjeti qurilmangizning batareya quvvatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Asosiy ekrandan tekshirish imkonini beradi. Telefoningiz, Galaxy Buds, Galaxy Watch va boshqa qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalarda qancha batareya quvvati qolganini ko‘rishingiz mumkin.
Parametrlar tavsiyalari
Samsung account hisob qaydnomasiga kirganingizda tavsiyalar Parametrlar ekranining yuqori qismida baham ko‘rish, ulanish va barcha Galaxy qurilmalarini ishlatishda qulaylikni oshirishga yordam berish uchun paydo bo‘ladi.
Spotify tavsiyalari
Smart tavsiyalar vidjeti endi joriy faoliyatingiz asosida Spotify treklari va musiqa ro‘yxatlarini tavsiya qiladi. Avtomobil haydash, mashq qilish va ko‘proq narsalar uchun juda mos ohanglarni oling. Tavsiyalar olish uchun Spotify ilovasining eng so‘nggi versiyasida Spotify hisob qaydnomasiga kirishingiz kerak bo‘ladi.
Ekran rasmlarini qayerga saqlashni tanlang
Endi siz ekran rasmlari saqlanadigan jildni o‘zgartirishingiz mumkin.
Reliz raqami : A146BXXU1AWB3
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-02-14
Xavfsizlik darajasi : 2023-01-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
Reliz raqami : A146BXXU1AWB1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-02-07
Xavfsizlik darajasi : 2023-01-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
Reliz raqami : A146BXXU1AWA2
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-02-06
Xavfsizlik darajasi : 2023-01-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
Reliz raqami : A146BXXU1AWA2
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-01-30
Xavfsizlik darajasi : 2023-01-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : A146BXXU1AVL2
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2022-12-27
Xavfsizlik darajasi : 2022-11-01
• Barqarorlik va ishonchlilik
Qurilmaning xatti-harakatlari yaxshilandi.