Dastur yangilanishi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin, biroq ular bilangina chegaralanib qolmaydi
Qurilmangizdan optimal darajada foydalanish uchun qurilmangizni so‘nggi yangilanishlar bilan yangilab va dastur yangilanishlarini muntazam ravishda tekshirib boring.

Galaxy A70s (SM-A707F)


Reliz raqami : A707FDDU3DXE1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2024-06-05
Xavfsizlik darajasi : 2023-03-01
• Qurilmangizning umumiy barqarorligi yaxshilandi.

Reliz raqami : A707FDDS3CWE2
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2023-05-30
Xavfsizlik darajasi : 2023-03-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDS3CVJ1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2022-11-30
Xavfsizlik darajasi : 2022-10-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDS3CVD1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2022-05-20
Xavfsizlik darajasi : 2022-04-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDU3CUJ2
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-12-15
Xavfsizlik darajasi : 2021-10-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDS3CUJ1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-11-15
Xavfsizlik darajasi : 2021-10-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

※ Qurilmangiz shifrlangan bo‘lsa, yangilashdan oldin u shifrdan chiqarilishi lozim.

Reliz raqami : A707FDDU3CUG3
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-08-05
Xavfsizlik darajasi : 2021-07-01
· Xavfsizlik darajasi yangilanishi

Reliz raqami : A707FDDU3CUE1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-05-19
Xavfsizlik darajasi : 2021-04-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

※ Qurilmangiz shifrlangan bo‘lsa, yangilashdan oldin u shifrdan chiqarilishi lozim.

Reliz raqami : A707FDDS3CUD1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-04-28
Xavfsizlik darajasi : 2021-04-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDU3CUC6
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-03-25
Xavfsizlik darajasi : 2021-03-01
One UI 3.1 yangilanishi (Android 11)

One UI 3.1 sizga muhim boʻlgan narsalarga diqqatni jalb qilishga yordam berish uchun yaratilgan. Bizning vizual qayta loyihalashimiz chalgʻituvchi elementlarni qisqartirish, muhim maʼlumotlarni koʻrsatish va sizning foydalanish koʻnikmangizni yanada barqaror qilish maqsadida asosiy ekran va tezkor panel kabi siz eng koʻp kiradigan joylarni yaxshiladi. Ishlashning yaxshilanishlari ilovalarga kamroq batareya quvvatidan foydalangan holda tezroq ishlashga yordam beradi. Va One UI 3.1 yangi maxfiylik boshqaruvi, bir martalik ruxsatlar va kuchaytirilgan Raqamli farovonlik yordamida nazoratni qoʻlingizga tutqazadi.



Oʻzgarishlarning toʻliq roʻyxatini koʻrish uchun pastga aylantiring.



Vizual dizayn

Biz One UI 3.1 ning koʻrinishi va qoʻllanilishini koʻplab katta va kichik yoʻllar bilan yangi, yanada barqarorroq ikonachalardan boshlab to tezkor panel va bildirishnomalarni aqlliroq tashkil etishgacha yangiladik. Umumiy harakatlar uchun yaxshilangan animatsiyalar va sensorli teskari aloqa yordamida harakatlanish silliqroq va oldindagidan tabiiyroq kechadi. Va Interfeys har qanday qurilmada, u telefon, buklanuvchi qurilma yoki planshet boʻlsin, eng yaxshi foydalanish koʻnikmasini shakllantirish uchun turli ekran oʻlchamlariga javob beradi.



Yaxshilangan ishlash tezligi

Biz One UI 3.1 ni kuchaytirilgan dinamik xotira qoʻllanilishi yordamida optimallashtirdik, endi ilovalar tezroq va yaxshiroq ishlaydi. Biz, shuningdek, tezroq ishlash va quvvat tejalishini taʼminlash uchun orqa fondagi faollikni chekladik.



Yaxshilangan moslashtirish

• Dinamik Bloklash ekraniga yangi surat toifalari qoʻshildi va siz bir vaqtning oʻzida 5 tagacha toifani tanlashingiz mumkin.

• Bloklash ekranida siz foydalanish vaqtini tekshirish uchun vidjet qoʻshishingiz mumkin.

• Fon rasmini oʻrnatganda interfaol oldindan koʻrishdan foydalanishingiz mumkin

• Always On Display va Bloklash ekranini sozlash osonroq.

• Qoʻngʻiroq qilganingizda yoki sizga qoʻngʻiroq qilishanida rasm yoki video koʻrish uchun orqa fonda qoʻngʻiroq qilish funksiyasini qoʻshing.

• Samsung Internet xizmatida siz yorliqlarning joyini oʻzgartirishingiz yoki qulflashingiz mumkin.

• Bixby Routines hayotingizni avtomatlashtirishga yordam berishi uchun yanada koʻproq boshqaruv funksiyalariga ega.

• Yangi ikonachalar va Bloklash ekrani vidjetlari kun tartibingizni topish va boshqarishni osonlashtiradi.

• Raqamli farovonlikdan alohida shaxsiy va ish profillari uchun foydalaning.



Kuchaytirilgan funksiyalar

Asosiy ekran va Bloklash ekrani

• Asosiy ekrandagi ilovani bosib turgan holda vidjetlar qoʻshing.

• Asosiy ekran yoki Bloklash ekranidagi boʻsh joyga ikki marta bosish orqali ekranni oʻchiring. (Uni Parametrlar > Qoʻshimcha funksiyalar > Harakatlar va ishoralar menyusida o‘rnating.)

• Bloklash ekranida kalendar, ob-havo va musiqa kabi vidjetlarni koʻrish uchun soat atrofini bosing.



Qoʻnʻiroqlar va suhbatlar

• Suhbatlarni bildirishnoma panelida alohida shaklda koʻring. Xabarlar va sizning sevimli chat ilovalaringiz bilan ishlaydi.

• Kontaktlarlda bir xil hisobda saqlanadigan takrorlanadigan kontaktlarni osonlik bilan oʻchiradi Oʻchirilgan kontaktlar uchun saqlash muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi.

• Bitta ekrandan bir nechta ulangan kontaktni tahrirlash imkoniyati qo‘shildi.

• Xabarlarda Keraksiz xabarlar funksiyasi qoʻshildi va yaqinda oʻchirilgan xabarlar unda 30 kun saqlanadi.



Rasmlar va videolar

• Yaxshilangan avtomatik fokus va avtomatik suratga olish yordamida suratlarn tezroq oling.

• Galereyadagi rasmlar va videolarni osonroq koʻring, tahrirlang va ulashing.

• Galereyadagi yangi qidirish funksiyalari va toifalari yordamida rasmlar va videolarni tezroq toping.

• Istalgan vaqtda, hatto ular saqlanganidan keyin ham, tahrirlangan rasmlarni asl holatiga qaytaring, shu tariqa siz olingan suratlarni hech qachon yoʻqotmaysiz.



Parametrlar

• Parametrlar yangi soddaroq koʻrinish va qoʻllanilishga ega. Sizning Samsung hisob qaydnomangiz yuqorida koʻrsatiladi va endi Asosiy ekran parametrlariga kirish osonroq.

• Yangi Qidirish funksiyalari yordamida oʻzingizga kerakli parametrlarni osonroq toping. Siz sinonimlar va umumiy imloviy xatolar uchun yaxshiroq natijalarga ega boʻlasiz va tegishli parametrlar guruhlarini koʻrish uchun teglarga bosishingiz mumkin.

• Tezkor parametrlar tugmalari eng koʻp foydalaniladigan funksiyalarni taqdim etish uchun kichraytirilgan. Siz yana oʻzingizga qulay tezkor panel yaratishingiz uchun tugmalar qoʻshishingiz mumkin.



Samsung klaviaturasi

• Tizim tillari soni 370 tagacha oshirildi.

• Matnli xabarlardan nusxalangan rasmlar va tasdiqlash kodlarini joylash osonlashdi.

• Matnli hissiyot ikonkalarini kiritganingizda emoji va stikerlarni taklif qilish kiritildi.

• Veb va elektron pochta manzillariga kirganda kengroq bo‘sh joy bilan taʼminlash uchun klaviatura maketi yaxshilandi.

• Qayta tashkil etilgan Klaviatura parametrlari koʻp foydalaniladigan parametrlarga kirishni osonlashtiradi.



Mahsuldorlik

Takrorlanuvchi va murakkab vazifalarni kamaytirish va ularni samarali boshqarish orqali ish va hayot oʻrtasida sogʻlom muvozanatni ushlab turing.

• Yangi kun tartibi sizning kundalik hayotingiz va shablonlardan foydalanishingizdan kelib chiqib tavsiya etiladi.

• Bixby Routines barchasini kun tartibi amalga oshirilishidan oldingi holatga qaytarish parametrini taqdim etadi.

• Internetda virtual muhitga kirishni yanada yaxshilash va veb-sahifalarni tezroq tarjima qilish uchun siz holat va navigatsiya panellarini yashirishingiz mumkin.

• Sizga haddan tashqari koʻp qalqib chiquvchi sahifalar yoki bildirishnomalar yuboradigan veb-saytlarni bloklash taklif etiladi.

• Siz Fayllarim papkasidagi fayllarni tanlash ekranida cloud disk fayllarini koʻrishingiz va tanlashingiz mumkin.

• Siz endi saqlash joyini boʻshatish uchun Fayllarim jildidagi kesh fayllarni osonlik bilan oʻchirishingiz mumkin.

• Bir xil vaqtda boshlanuvchi tadbirlar Kalendardagi oy va roʻyxat koʻrinishida birgalikda koʻrsatiladi.



Media fayllar va qurilmaning oson boshqarilishi

Bildirishnomalardagi yaxshilangan media paneli yordamida media fayllar va qurilmani boshqarish osonlashadi. Siz oxirgi foydalanilgan media ilovalarni koʻrishingiz va ijro etuvchi qurilmani tez almashtirishingiz mumkin. Siz yana Parametrlar’ning Qo‘shimcha funksiyalar menyusidagi Android Auto parametrlarini tekshirishingiz ham mumkin.



Oʻzingizning raqamli odatlaringizni aniqlang va yaxshilang

Yaxshilangan Raqamli farovonlik xususiyatlari telefoningiz yoki planshetingizdan qanday foydalanayotganingizni tekshirishni osonlashtiradi va yaxshi raqamli odatlarni shakllantirishga yordam beradi. Yangilangan haftalik hisobotlar yordamida Avtomobil boshqarayotganda foydalanishingizni tekshiring yoki funksiyalar boʻyicha ekraningizdagi haftalik oʻzgarishlarni koʻring.



Barcha uchun maxsus imkoniyat

One UI 3.1 foydalanishingizdan kelib chiqib sizga foydali maxsus imkoniyat xususiyatlarini tavsiya etadi. Yaxshilangan Maxsus imkoniyat yorligʻi maxsus imkoniyat xususiyatlaridan foydalanishni boshlashni osonlashtiradi. TalkBack oʻchirilgan paytida ham yozgan matningizning ovozli variantini olish uchun siz Klv. b-n kirit. ovozli gapir xususiyatidan foydalanishingiz mumkin.



Kuchaytirilgan maxfiylik himoyasi

Endi siz ilovangizga mikrofon, kamera yoki joylashuvga faqat bir marta kirishga ruxsat berishingiz mumkin. Ilova oxirgi vaqtlarda foydalanmagan har qanday ruxsatlar avtomatik ravishda bekor qilinadi. Siz endi doimiy ruxsat berish oynasida ilovalaringizga joylashuvingizni har doim koʻrish ruxsatini bera olmaysiz. Ilovalarga foydalanilmayotgan paytda joylashuvingizga ruxsat berish uchun siz Parametrlarda joylashuv ruxsatini berish sahifasiga kirishingiz lozim.



Kalendar

• Hodisa sarlavhasidan sana va manzilni ajratib oling va avtomatik ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qiling.

• Ko‘rsatilgan reja bildirishnomalariga ham ega bo‘lgan SmartThings qurilmalaridan bildirishnomalar oling.



Galereya

• Optimal tasvir aniqligi, yorqinlik, rang va tiniqlikni topish uchun tasvirni tahlil qiladi va optimallashtirilgan tasvirlarni tavsiya qiladi.

Ko‘p oyna

• Suzib chiquvchi ko‘rish ekranini ekranning qirrasiga sudrash orqali endi oynani yashirish va o‘ynatishni davom ettirish mumkin.

Buds avtomatik o‘tkazilishi

• Galaxy telefoni bilan plansheti o‘rtasidagi Buds avtomatik o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaydi.



Eslatma

• Eslatma yozuvidan sana va manzilni ajratib oling va avtomatik ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qiling va vaziyatga ko‘ra muhim ma’lumotlarni eslating.

Samsung Free

• Kontent xususiyatlariga ko‘ra yaxshilangan FI va differentsiallashgan funksiyalarni taqdim etish uchun Samsung Daily xizmati Samsung Free xizmatiga o‘zgartirildi.



Varaqni ulashish

• Endi avvalroq olingan fotosuratlarni ulashish yoki ularni ujtimoiy tarmoqlarga chop qilishdan avval ulardagi joylashuv ma’lumotlarini o‘chirish orqali maxfiyligingizni himoya qilish mumkin.



Ijtimoiy tarmoq platformasi

• Qurilmalarda yaratilgan haqiqiy havolalarni o‘sha ro‘yxatga olingan Samsung hisob qaydnomasi bilan sinxronlang.

• Ijtimoiy tarmoq xizmatlaridan foydalanish osonlashtirildi. Shunchaki Samsung hisob qaydnomangizga kirish orqali profillar, fotosuratlar, eslatmalar, rejalar kabilarni do‘stlar bilan ulashish mumkin.



Qoʻshimcha yaxshilanishlar

• Soatda siz budilnik jiringlaganda jiringlash vaqti va oldindan oʻrnatilgan nomi ovoz chiqarib oʻqilishini eshitishingiz mumkin.



Ayrim ilovalar One UI 3.1 yangilanishidan keyin alohida yangilanishi lozim.



Ikkitali Messenjer ilovasidan foydalanib qilingan Ilova nusxalari bundan buyon SD-karta fayllariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaydi. SD-karta fayllarini ilova nusxasida ulashish uchun Galereya yoki Fayllarim jildidagi fayllarni tanlang, Ulashish tugmasini bosing, keyin ilova nusxasini tanlang.



Bundan buyon fayllarni boshqa qurilmalarga yuborish uchun Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga Yaqin atrofga ulashish funksiyasidan foydalanish mumkin. Hali ham Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib fayllarni olish mumkin.



Bundan buyon Smart View ilovasidan foydalanib, Chromecast’ga ulab bo‘lmaydi. Buning o‘rniga Google Home ilovasidan foydalanish mumkin.

Reliz raqami : A707FDDU3BUA3
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2021-02-03
Xavfsizlik darajasi : 2021-01-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDU3BTJ4
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-11-12
Xavfsizlik darajasi : 2020-10-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDU3BTJ4
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-10-29
Xavfsizlik darajasi : 2020-10-01
Wi-Fi
- Agar yaqin-atrofdagi Wi-Fi routerlarining sifatiga oid ma’lumotni o‘lchash mumkin bo‘lsa, bu ma’lumot Juda tez, Tez, Normal yoki Sekin ko‘rinishida paydo bo‘ladi.
  * Bu xususiyatni “Tarmoq sifati haqidagi ma’lumotni ko‘rsatish” parametrlarida yoqish yoki ochirib qo‘yish mumkin.
- Parol bilan Wi-Fi routeriga kirishga urinilganda, yangi qo‘shilgan xususiyat endi foydalanuvchiga o‘z kontaktlari ro‘yxatiga saqlagan va allaqachon o‘sha routerga ulangan yaqin atrofdagi biror kimdan Wi-Fi routeri parolini so‘rashga imkon beradi.
  * Parolni so‘rashingiz mumkin bo‘lgan vaqtda Wi-Fi parolini kiritish ekranida “Parolni soʻrash” tugmasi paydo bo‘ladi.

Always On Display
- Bitmoji stikerlari Always On Display ekranida qo‘llab-quvvatlanadi. (Soat uslubi)

Samsung klav-si
- Foydalanuvchiga YouTube’da qidirishga imkon beruvchi yangi xususiyat klaviatura qidirish xususiyatiga qo‘shildi.
- Alohida klaviatura Landshaft rejimida qo‘llab-quvvatlanadi.
- Klaviatura parametrlari sahifasidagi “Kiritish tillarini boshqarish” ekranining qidirish funksiyasi foydalanuvchi qo‘shishni yoki o‘chirishni xohlaydigan klaviatura kiritish tillarini topishni oson qilish uchun yangidan yangilandi.

Kamera
- Kameraning yaxshilangan sifati va barqarorligi.

Xabarlar
- Foydalanuvchiga avvaldan sozlangan SOS xabari kontakti sifatida saqlangan shaxsga qo‘ng‘iroq qilishga imkon beruvchi xususiyat qo‘shildi.
- Foydalanuvchiga 24 soat davomida har 30 daqiqada SOS joylashuvni baham ko‘rish xabarlarini yuborishga imkon beruvchi xususiyat qo‘shildi.

Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDU3BTG4
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-07-29
Xavfsizlik darajasi : 2020-07-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDU2BTC2
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-03-12
Xavfsizlik darajasi : 2020-02-01
One UI 2 Android 10 bilan yangilanishi

One UI 2 sizga o‘xshash foydalanuvchilardan kelgan fikr-mulohazalar asosida Samsung va Google’dan ajoyib yangi funksiyalarga ega Android 10’ni taqdim etadi.
Yangilash vaqtida muhim ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash uchun ularni arxivlashni tavsiya qilamiz.
OTni yangilaganingizdan so‘ng, ayrim ilovalar, jumladan, Kalkulator, Samsung Internet, Samsung Health va Samsung Notes, alohida yangilanishi zarur.

Bu yerda yangiliklar berilgan.

Qorong‘i rejim
- Kunduzgi va tungi sharoit uchun yaxshilangan tasvir, matn va rang sozlanishi.
- Qorong‘i rejim yoqilgan vaqtda qoraytirilgan fon rasmlari, vidjet va uyg‘otgichlar.

Ikonachalari va ranglar
- Tiniqroq ilova ikonachalari va tizim ranglari.
- Nomlar uchun yaxshilangan tuzilishlar va ekranning ishlatilgan qismini aks ettirish uchun tugmalar.

Tiniqroq animatsiyalar
- O‘ynashli tegish imkoniga ega yaxshilangan animatsiyalar.

To‘liq ekran ishoralari
- Yangi navigatsiya ishoralari qo‘shildi.

Yaxshilangan o‘zaro aloqalar
- Barmoqni minimal darajada qimirlatish bilan katta ekranlarda qulayroq navigatsiyalang.
- Aniq belgilangan tugmalar bilan o‘zingizni qiziqtirgan narsa ustiga osongina fokuslang.

Bir qo‘lli rejim
- Bir qo‘lli rejimga kirishning yangi usullari: Asosiy tugmaga ikki marta teging yoki ekranning quyi qismi markaziga qarab pastga suring.
- Parametrlar hozirda Parametr > Qo‘shimcha funksiyalar > Bir qo‘lli rejimga ko‘chirildi.

Maxsus imkoniyat
- Yuqori kontrastli klaviatura va yirik matnlar uchun tuzilishlar yaxshilandi.
- Jonli nutqni tinglang va uni matn sifatida aks ettiring.

Fon rasmlari ustida yaxshiroq matnlar
- Matnni fonda aniqroq ko‘ring, chunki One UI yorug‘ va qorong‘i sohalar hamda quyidagi tasvirdagi rang kontrasti asosida shrift ranglarini avtomatik tarzda sozlaydi.

Media va qurilmalar
- SmartThings paneli Media va Qurilmalar bilan almashtirildi.
- Media: Telefoningizda va boshqa qurilmalarda musiqa va videolar ijro etilishini nazorat qiling.
- Qurilmalar: Bevosita tezkor paneldan SmartThings qurilmalaringizni tekshiring va nazorat qiling.

Biometrik ma’lumotlar
- Ekran o‘chiqligida barmoq izi ikonachasini ko‘rsatish uchun opsiyalar qo‘shildi. Uni tekkaningizda ko‘rsatilishini yoki Always On Display ko‘rsatilgan vaqtda ko‘rinishini tanlashingiz mumkin.

Qurilma ta’mirlanishi
- Batareyadan foydalanish grafasi endi batafsilroq ma’lumotlarni taqdim etadi.
- Wireless PowerShare uchun batareya cheklovi va boshqa takomillashuvlar qo‘shildi.

Raqamli salomatlik
- Telefondan foydalanishni tekshirib turish uchun rejalar o‘rnating.
- Telefoningizdan chalg‘imaslikka yordam berish uchun Fokus rejimidan foydalaning.
- Yangi ota-ona nazoratlari yordamida farzandlaringiz faoliyatini kuzatib boring.

Kamera
- Ekranning quyi qismida aks ettiriluvchi rejimlarni tahrirlash imkoniyati qo‘shildi.
- Dastlabki ko‘rinish ekranidan yashirin rejimlarga tezda kira olishingiz uchun Ko‘proq ilovasi taqdim etildi.
- Yurish vaqtidagi parametrlarsiz rasmga olishda fokuslay olishingiz uchun tuzilish takomillashtirildi.

Internet
- Eng ko‘p foydalanadigan funksiyalaringizga darhol kirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun tezkor menyuni sozlang.
- Ilova panelidan ko‘proq ma’lumot oling.
- Ko‘proq funksiyalarni olish uchun Galaxy Store’dan ustqurmalarni o‘rnating.

Samsung Kontaktlar
- Kontaktlar uchun Savat funksiyasi qo‘shildi. Siz o‘chirib tashlagan kontaktlar Savatda 15 kun saqlanadi, so‘ngra butunlay o‘chirib tashlanadi.

Kalendar
- Stikerlar hodisa yaratmasdan sanaga qo‘shilishi mumkin.
- Ringtonlar hodisa signallari uchun ishlatilishi mumkin.

Eslatma
- Takrorlanuvchi eslatmalar uchun ko‘proq opsiyalardan foydalanish mumkin.
- Ma’lum bir vaqt oralig‘i uchun joylashuvga asoslangan eslatmalarni o‘rnating.
- Oila va boshqa ulashish guruhlaringiz bilan eslatmalarni ulashing.
- Ma’lum bir sana uchun signalsiz eslatmalarni o‘rnating.

Fayllarim
- Biror nimani noto‘g‘ri o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz, fayllarni tiklay olishingiz uchun Savat funksiyasi yaratildi.
- Narsalarni tezroq topa olishingiz uchun qidirish vaqtida foydalanishingiz mumkin bo‘lgan ko‘proq filtrlar qo‘shildi.
- Endilikda bir vaqtda bir nechta fayl va jildni boshqa yakuniy manzillarga ko‘chirishingiz yoki ulardan nusxa olishingiz mumkin.

Kalkulator
- O‘lchov birligi konverteriga tezlik va vaqt birliklari qo‘shildi.

Ulangan avtomobil
- Android Auto hozirda dastlabki yuklanishda.

Maslahatlar
- Galaxy’ingizdan optimal foydalanishga yordam berish uchun maslahatlar qo‘shildi.

Reliz raqami : A707FDDU2ASL2
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-12-26
Xavfsizlik darajasi : 2019-11-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDU2ASL1
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-12-12
Xavfsizlik darajasi : 2019-11-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A707FDDU1ASK1
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-11-08
Xavfsizlik darajasi : 2019-10-01
· Bixby Yon tugma Funksiya qo‘llab-quvvatlanadi
· Type-C Quloqlik qo‘llab-quvvatlanadi
· Windows havolasi funksiyasi qo‘shilgan.
- ShKingizdagi telefondagi fotosurat, xabar va bildirishnomalarga osongina kirishingiz va ekranni aks ettirish funksiyasi ham taqdim etiladi.
- Bu funksiyadan tezkor paneldagi Windows havolasi yoki Parametrlarda foydalanish mumkin.
* Yangilagandan so‘ng, Telefoningiz hamkor ilovasi ikonachasi yo‘qolishi mumkin.

Reliz raqami : A707FDDU1ASI7
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-09-30
Xavfsizlik darajasi : 2019-09-01
· Xavfsizlik darajasi yangilanishi