Dastur yangilanishi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin, biroq ular bilangina chegaralanib qolmaydi
Qurilmangizdan optimal darajada foydalanish uchun qurilmangizni so‘nggi yangilanishlar bilan yangilab va dastur yangilanishlarini muntazam ravishda tekshirib boring.

Galaxy A8+ (SM-A730F)


Reliz raqami : A730FXXU7CUI2
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2021-10-22
Xavfsizlik darajasi : 2021-09-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXU7CUF1
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2021-07-21
Xavfsizlik darajasi : 2021-05-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXS7CUC1
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2021-05-17
Xavfsizlik darajasi : 2021-04-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXU7CTK2
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2020-12-31
Xavfsizlik darajasi : 2020-11-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXU7CTE1
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2020-11-10
Xavfsizlik darajasi : 2020-05-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXU7CTE1
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2020-06-23
Xavfsizlik darajasi : 2020-05-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXU7CSK1
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2020-02-05
Xavfsizlik darajasi : 2019-11-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXU6CSJ2
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-11-01
Xavfsizlik darajasi : 2019-10-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXS6CSH6
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-08-31
Xavfsizlik darajasi : 2019-08-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : A730FXXU5CSE5
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-05-28
Xavfsizlik darajasi : 2019-05-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

※ Qurilmangiz shifrlangan bo‘lsa, yangilashdan oldin u shifrdan chiqarilishi lozim.

Reliz raqami : A730FXXU4CSCD
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-03-19
Xavfsizlik darajasi : 2019-02-01
One UI Android Pie 9.0 bilan yangilandi

One UI Samsung va Google’dan sizga o‘xshagan foydalanuvchilar fikr-mulohazalari asosida ajoyib yangi funksiya, yangicha ko‘rinishdagi va yangicha ishlaydigan Android Pie ilovasini taqdim etadi.
Yangilashdan oldin muhim ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash uchun ularni arxivlashni tavsiya qilamiz.
OTni yangilaganingizdan so‘ng, ayrim ilovalar, jumladan, Kalkulator, Samsung Internet, Samsung Health, Samsung Notes, Samsung Members va Samsung Pay, alohida yangilanishi zarur.
Android Pie qurilmasidagi Mobil telefonimni topish xizmatida Masofadan blokdan chiqarish funksiyasidan foydalanish uchun ekranni bloklash paroli (yoki PIN-kod/grafik kalit) arxivlash jarayoni talab qilinadi. Shuning uchun yangilash jarayonini boshlashdan oldin ekranni bloklash paroli (yoki PIN-kod/grafik kalit) yodingizda ekanligiga ishonch hosil qiling. Parol (yoki PIN-kod/grafik kalitni) yodingizdan ko‘tarilgan bo‘lsa, yangilash jarayonini boshlashdan oldin uni birlamchi holatiga tashlang.

Bu yerda qanday yangiliklar borligi berilgan.

One UI
- Qo‘lingizdagi topshiriqqa diqqat saqlash uchun tarkib, parametrlar va boshqa ma’lumotlar qayta tartibga solingan.
- Interaktiv elementlar ekranning quyi qismiga ko‘chirilgan, shu sababli ularni istalgan vaqtda olishingiz mumkin.
- Yangi dizayn va Tungi rejim kabi funksiyalar ko‘zlaringizni ehtiyot qilishga yordam beradi.

Bildirishnomalar
- Bevosita bildirishnoma panelida xabarlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishingiz mumkin.
- Tasvir eskizlari xabarli bildirishnomalarga kiritiladi.
- Ilovaning bildirishnoma parametrlarida toifadagi barcha bildirishnomalarni yoqish yoki o‘chirish uchun bir marta teging.

Samsung klaviaturasi
- Yangi Yunikod 11.0 emojilaridan foydalanish mumkin.
- Yangi moslashuvchan mavzu atrofdagi ilova ranglari asosida klaviatura ko‘rinishini o‘zgartiradi.
- Suzib yuruvchi klaviaturadan barcha ilovalarda foydalanish mumkin va u yangi o‘lcham va shaffoflik parametrlariga ega.
- Maxsus tegib turish davomiyligini sozlashingiz mumkin.

Qurilma parvarishlanishi (avvallari Qurilma ta’mirlanishi)
- Unumdorlik rejimlari Quvvat tejash rejimlariga uzatildi va integratsiyalandi.
- Qurilma ta’mirlanishi yon paneli ishi to‘xtatildi.

Always On Display
- Rejangiz bilan kalendarni ko‘rsatish opsiyasiga ega yangi soat uslublari qo‘shildi.
- To‘liq zaryadgacha qancha vaqt qolgani haqidagi ma’lumotni bilish imkonini beruvchi zaryadlash ma’lumotlari qo‘shildi.
- Always On Display’ni ekran o‘chiqligida ko‘rsatiladigan yoki ekranga tekkaningizdan keyin 30 soniya ko‘rsatib turiladigan qilib sozlashingiz mumkin.

Parametrlar
- Parametrlar topilishini osonlashtirish uchun menyular tartibi o‘zgartirildi.

Bixby
- Bu bir nechta takomillashuvlarga va yangi funksiyalariga ega bo‘lgan, butunlay yangicha Bixby.
- So‘nggi funksiyalarni va qo‘llab-quvvatlanadigan ilovalarni tadqiq qilish uchun asosiy Bixby ekranidan chapga suring.
- Bixby tugmasini bir marta yoki ikki marta bosganingizda nima yuz berishini o‘zingiz hal qilishingiz mumkin.

Telefon
- Endi qo‘ng‘iroqlar jurnalini barcha kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha saralashingiz mumkin.
- Qo‘ng‘iroqlar jurnali 2000 tagacha elementga ega bo‘lishi mumkin (avval 500 ta edi).

Kontaktlar
- Yangi tuzuvchi turli hisob qaydnomalaridagi kontaktlar boshqaruvini osonlashtiradi.

Kamera
- Qo‘shilgan Sahna optimallashtiruvchisi sahnaga moslash uchun kameraning rang parametrlarini avtomatik tarzda kuchaytiradi.

Galereya
- Rasm tahrirchi PRO tahrirlash vositalari Galereyangizga qo‘shildi, shu sababli ilovadan chiqmasdan barcha tahrirlash va tuzatishlaringizni amalga oshirishingiz mumkin.

Fayllarim
- Xotira ishlatilishi va saqlash joyini nazorat qilishga yordam berish uchun yangi Xotira tahlil vositasi qo‘shildi.
- Endilikda fayllarim Asosiy ekranidagi elementlarni ko‘rsatishingiz yoki yashirishingiz mumkin.

Samsung Health
- Kundalik qadamlar soni bildirishnoma panelida ko‘rsatiladi. Uni yashirish uchun bildirishnoma paneliga bosib turing, so‘ngra Joriy qadamlarni o‘chiring.

Boshqa takomillashuv va o‘zgarishlar
- Uyg‘otish uchun ko‘tarish funksiyasidan foydalanib telefoningizni ko‘targaningizda ekran avtomatik tarzda yoqilsin.
- Tezkor panelda Bolalar Asosiy ekraniga kiring.
- Qo‘ng‘iroq stikerlari tugatildi.
- HEIF tasvirlari endi qo‘llab-quvvatlanadi.

Reliz raqami : A730FXXU3BRL6
Android versiya : Oreo(Android 8.0.0)
Reliz sanasi : 2019-01-01
Xavfsizlik darajasi : 2018-11-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

※ Qurilmangiz shifrlangan bo‘lsa, yangilashdan oldin u shifrdan chiqarilishi lozim.

Reliz raqami : A730FXXU2BRG6
Android versiya : Oreo(Android 8.0.0)
Reliz sanasi : 2018-07-12
Android Oreo’ga ega Samsung Experience 9.0 yangilanishi

Samsung Experience 9.0 sizga Android Oreo’ni taqdim etadi, u sizga o‘xshagan foydalanuvchilar qoldirgan fikr-mulohazalari asosida Samsung va Google tomonidan ishlab chiqilgan ajoyib yangi funksiyalarga ega.

Yangilash vaqtida muhim ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash uchun ularni arxivlashni tavsiya qilamiz.
Samsung Pay, Samsung Internet, Samsung Notes va E-pochta kabi ayrim ilovalar OTingizni yangilashdan oldin alohida ravishda yangilanishi lozim.

Bu yerda qanday yangiliklar borligi berilgan.

Biometrik ma’lumotlar
Xavfsizligingizni yangilash uchun biometrik ma’lumotlardan (yuz, barmoq izlari) foydalanadigan funksiyalarni faqat xavfsiz ekran bloki turidan (grafik kalit, PIN-kod yoki parol) foydalanayotganingizda ishlatish mumkin. Xavfsiz bo‘lmagan ekran bloki turiga (Surish yoki Yo‘q) o‘tganingizda, blokdan chiqarish hamda Samsung Pay va Samsung Pass kabi ilovalar uchun biometrik ma’lumotlar haqiqiylik tekshiruvi to‘xtatiladi. Agar hozir siz biometrik ma’lumotlardan xavfsiz bo‘lmagan ekran bloki turi bilan foydalanayotgan bo‘lsangiz, yangilashdan keyin ham foydalanishda davom etish imkoniga ega bo‘lasiz, lekin xavfsiz ekran bloki turiga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

Tezkor panel
- Bildirishnoma toifalari yordamida har bir ilova uchun bildirishnomalarni boshqaring (faqat qo‘llab-quvvatlanadigan ilovalar).
- Hozir ko‘rinmaydigan bildirishnomalar uchun ikonachalar bildirishnoma panelining quyi qismida ko‘rsatiladi.

Asosiy ekran
- Ilova ichida umumiy yoki tavsiya etilgan topshiriqlar uchun yorliqlar ko‘rsatilishi uchun ilovaga tegib turing (faqat qo‘llab-quvvatlanadigan ilovalar).
- Ilova ikonachalaridagi bildirishnoma nishonlari bildirishnoma paneli bilan bog‘langan. Bitta joylashuvdagi bildirishnomani tozalang va u boshqa joylashuvda ham tozalanadi.

Samsung klaviaturasi
- Vositalar paneli foydali funksiyalarga tezkor kirish imkonini beradi.
- GIF klaviaturasi GIF’larni yuborish imkonini beradi.
- Boshqa yuqori kontrastli klaviaturalar mavjud.

Tizim unumdorligi
- Unumdorlik va batareya xizmat qilish vaqtini yaxshilash uchun fonda ishlaydigan xizmatlar cheklandi.
- Hozirda ishlayotgan ilovalar har doim bildirishnoma panelida ko‘rsatiladi.

Bloklash ekrani va Always On Display
- Bloklash ekrani va Always On Display uchun yangi soat uslublari.
- O‘zingiz xohlagan ko‘rinishni olish uchun bildirishnomalar shaffofligini sozlang.

Smart View
- Boshqa ekranda aks ettirishda telefoningiz ekrani qorayishiga imkon bering.

Samsung account
- Hisob qaydnomangiz parametrlari va bir nechta ilovalar uchun profil ma’lumotlarini boshqaring.
- Profil ma’lumotlari va hisob qaydnomasi parametrlariga kirish uchun asosiy Parametrlar sahifasidagi profil rasmingizga teging.

Samsung Cloud
- Faqat Samsung Cloud’da saqlangan fotosurat va eslatmalarni ko‘rib chiqing va boshqaring.
- Samsung Cloud Drive’ga istalgan turdagi faylni saqlang.
- Arxivlardan o‘chirib tashlash yoki tiklash uchun maxsus elementlarni tanlang.
- Har bir arxiv qanchalik kattaligini va u nechta elementga ega ekanligini ko‘ring.

Mobil telefonimni topish
- Telefoningiz yo‘qolganda, Samsung Cloud’dagi Xavfsiz jildni masofadan arxivlang.
- Mobil telefonimni topish xizmati yordamida Samsung Pass’ni qulflang.

Boshqa takomillashuvlar
- Bluetooth endilikda yuqori sifatli audio kodeklarni, jumladan, AAC va Sony LDAC’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
- Video pleyer avtomatik takrorlashni va 2x tezlik opsiyasini o‘z ichiga oladi
- Diktofon yozib olish vaqtida qo‘ng‘iroqlarni qulay tarzda bloklash uchun smart maslahatlarni taqdim etadi.
- E-pochta Microsoft Exchange ActiveSync e-pochta xabarlariga belgi qo‘yish imkonini beradi.
- Samsung Health’ning yangi yopishqoq bildirishnomasi bir qarashda qadamlaringiz sonini ko‘rish imkonini beradi.
- Soat endilikda Albom rejimi va taymer ohangi xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.
- Raqamli soat vidjetiga tekkaningizda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Soat ilovasiga o‘tiladi.
- Samsung Pass’ga uchinchi tomon ilovalarida foydalanuvchi nomi va parollarini boshqarish imkoniyati qo‘shildi.
- Yaxshilangan unumdorlik. - VoLTE, VoWiFi
- Dasturni yangilashdan oldin McAfee ilovasi so‘nggi versiyaga yangilanganligiga ishonch hosil qiling (v4.9.4.1592 yoki undan yangiroq).
  ( ※ Dasturni yangilashdan oldin McAfee ilovasi so‘nggi versiyaga yangilanganligiga ishonch hosil qiling (v%s yoki undan yangiroq).)

Reliz raqami : A730FXXU2ARE1
Android versiya : Nougat(Android 7.1.1)
Reliz sanasi : 2018-05-19
· Qurilmaning barqaror ishlashi bo‘yicha takomillashuvlar va xatolarni tuzatish
· Yangi va/yoki takomillashgan funksiyalar.
· Unumdorlik takomillashuvlari.

Reliz raqami : A730FXXU2ARC4
Android versiya : Nougat(Android 7.1.1)
Reliz sanasi : 2018-04-04
· Qurilmaning barqaror ishlashi bo‘yicha takomillashuvlar va xatolarni tuzatish
· Yangi va/yoki takomillashgan funksiyalar.
· Unumdorlik takomillashuvlari.

Reliz raqami : A730FXXU1ARAC
Android versiya : Nougat(Android 7.1.1)
Reliz sanasi : 2018-02-01
· Qurilmaning barqaror ishlashi bo‘yicha takomillashuvlar va xatolarni tuzatish
· Yangi va/yoki takomillashgan funksiyalar.
· Unumdorlik takomillashuvlari.

Reliz raqami : A730FXXU1ARA6
Android versiya : Nougat(Android 7.1.1)
Reliz sanasi : 2018-01-19
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.