Dastur yangilanishi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin, biroq ular bilangina chegaralanib qolmaydi
Qurilmangizdan optimal darajada foydalanish uchun qurilmangizni so‘nggi yangilanishlar bilan yangilab va dastur yangilanishlarini muntazam ravishda tekshirib boring.

Galaxy S9+ (SM-G9650)


Reliz raqami : G9650ZHU9FVF4
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2022-09-03
Xavfsizlik darajasi : 2022-05-01
• Qurilmangizning umumiy barqarorligi yaxshilandi.
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU9FVF2
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2022-09-02
Xavfsizlik darajasi : 2022-05-01
• Qurilmangizning umumiy barqarorligi yaxshilandi.
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU9FVA1
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2022-03-28
Xavfsizlik darajasi : 2022-01-01
• Qurilmangizning umumiy barqarorligi yaxshilandi.
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU9FUG2
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2021-11-01
Xavfsizlik darajasi : 2021-08-01
• Qurilmangizning umumiy barqarorligi yaxshilandi.
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHS9FUE1
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2021-07-02
Xavfsizlik darajasi : 2021-05-01
· Qurilmaning barqaror ishlashi bo‘yicha takomillashuvlar va xatolarni tuzatish
· Yangi va/yoki takomillashgan funksiyalar.
· Unumdorlik takomillashuvlari.

Reliz raqami : G9650ZHS8FUB4
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2021-04-02
Xavfsizlik darajasi : 2021-02-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU7FTK2
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2021-02-24
Xavfsizlik darajasi : 2020-11-01
Wi-Fi
- Agar yaqin-atrofdagi Wi-Fi routerlarining sifatiga oid ma’lumotni o‘lchash mumkin bo‘lsa, bu ma’lumot Juda tez, Tez, Normal yoki Sekin ko‘rinishida paydo bo‘ladi.
  * Bu xususiyatni “Tarmoq sifati haqidagi ma’lumotni ko‘rsatish” parametrlarida yoqish yoki ochirib qo‘yish mumkin.
- Parol bilan Wi-Fi routeriga kirishga urinilganda, yangi qo‘shilgan xususiyat endi foydalanuvchiga o‘z kontaktlari ro‘yxatiga saqlagan va allaqachon o‘sha routerga ulangan yaqin atrofdagi biror kimdan Wi-Fi routeri parolini so‘rashga imkon beradi.
  * Parolni so‘rashingiz mumkin bo‘lgan vaqtda Wi-Fi parolini kiritish ekranida “Parolni soʻrash” tugmasi paydo bo‘ladi.

Always On Display
- Bitmoji stikerlari Always On Display ekranida qo‘llab-quvvatlanadi. (Soat uslubi)

Samsung klav-si
- Alohida klaviatura Landshaft rejimida qo‘llab-quvvatlanadi.
- Klaviatura parametrlari sahifasidagi “Kiritish tillarini boshqarish” ekranining qidirish funksiyasi foydalanuvchi qo‘shishni yoki o‘chirishni xohlaydigan klaviatura kiritish tillarini topishni oson qilish uchun yangidan yangilandi.

Xabarlar
- Foydalanuvchiga avvaldan sozlangan SOS xabari kontakti sifatida saqlangan shaxsga qo‘ng‘iroq qilishga imkon beruvchi xususiyat qo‘shildi.
- Foydalanuvchiga 24 soat davomida har 30 daqiqada SOS joylashuvni baham ko‘rish xabarlarini yuborishga imkon beruvchi xususiyat qo‘shildi.

Kamera
- Kameraning yaxshilangan sifati va barqarorligi.

Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHS7ETI2
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-11-11
Xavfsizlik darajasi : 2020-09-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU7ETG4
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-09-12
Xavfsizlik darajasi : 2020-07-01
Bu yangilanish quyidagi ro‘yxatda berilgan funksiyalarga takomillashuvlarni o‘z ichiga oladi.
Qurilma modeli, mamlakat va xizmat operatoriga qarab ma’lum bir o‘zgarishlar farq qilishi mumkin.

VM Emoji
- VM Emoji qo‘lda tahrirlash funksiyasi va yaxshilangan yuz ifodalarini aniqlash kabi takomillashuvlar bilan yangilandi.
※ VM Emoji yangi versiyaga yangilanganligi sababli VM Emoji ilovasini qayta ochganingizda, barcha avval saqlangan VM emojilari o‘chirib tashlanadi.

Yangi Kamera funksiyalari
- AR Zone, Yakka kadr, Pro video, Mening filtrlarim, Selfi ohangi, tungi vaqt uchun vaqt oralig‘i va old kamera yordamida 60 h/s tezlikda FHD/UHD formatda videolarni yozib olish uchun mo‘ljallangan rejim kabi turli menyu, rejim va filtrlar qo‘shilgan.

Galereya
- Yanada tartibga solingan ko‘rib chiqish tajriba uchun o‘xshash tasvirlar endilikda guruhlangan.
- Sizga har xil albomlar guruhini bitta albomga yoki guruh va albomlarni bitta guruhga birlashtirish imkonini beradigan funksiya qo‘shildi.
- Yuqori aniqlik darajasidagi tasvirlarni kattalashtirish va qirqib olish uchun Tezkor kesib olish funksiyasi qo‘shildi.

Samsung klav-si
- Emoji va stiker kabi turli elementlarni bir vaqtda qidirish uchun funksiya qo‘shildi.
- Matnni bekor qilish/qayta bajarish funksiyasi qo‘shildi.
(Klaviaturada ikkita barmoq bilan chapga yoki o‘ngga suring.)

Tezkor ulashish
- Endilikda fayllarni Tezkor ulashish orqali yaqin-atrofdagi Samsung qurilmalar bilan tezda va osongina ulashish mumkin.

Music Share
- Music Share endi Bluetooth audio qurilmasi yordamida do‘stlaringiz bilan musiqani ulashish imkonini beradi.

So‘nggi Android xavfsizlik yangilashlari qo‘llanildi.
- Qurilma xavfsizligi yanada kuchaytirildi.

Reliz raqami : G9650ZHS6DTF1
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-07-29
Xavfsizlik darajasi : 2020-06-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU6DTD1
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-06-09
Xavfsizlik darajasi : 2020-04-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU6DTA7
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-03-17
Xavfsizlik darajasi : 2020-01-01
One UI 2 Android 10 bilan yangilanishi

One UI 2 sizga o‘xshash foydalanuvchilardan kelgan fikr-mulohazalar asosida Samsung va Google’dan ajoyib yangi funksiyalarga ega Android 10’ni taqdim etadi.
Yangilash vaqtida muhim ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash uchun ularni arxivlashni tavsiya qilamiz.
OTni yangilaganingizdan so‘ng, ayrim ilovalar, jumladan, Kalkulator, Samsung Internet, Samsung Health va Samsung Notes, alohida yangilanishi zarur.

Bu yerda yangiliklar berilgan.

Qorong‘i rejim
- Kunduzgi va tungi sharoit uchun yaxshilangan tasvir, matn va rang sozlanishi.
- Qorong‘i rejim yoqilgan vaqtda qoraytirilgan fon rasmlari, vidjet va uyg‘otgichlar.

Ikonachalari va ranglar
- Tiniqroq ilova ikonachalari va tizim ranglari.
- Nomlar uchun yaxshilangan tuzilishlar va ekranning ishlatilgan qismini aks ettirish uchun tugmalar.

Tiniqroq animatsiyalar
- O‘ynashli tegish imkoniga ega yaxshilangan animatsiyalar.

To‘liq ekran ishoralari
- Yangi navigatsiya ishoralari qo‘shildi.

Yaxshilangan o‘zaro aloqalar
- Barmoqni minimal darajada qimirlatish bilan katta ekranlarda qulayroq navigatsiyalang.
- Aniq belgilangan tugmalar bilan o‘zingizni qiziqtirgan narsa ustiga osongina fokuslang.

Bir qo‘lli rejim qanday ishlatilishi o‘zgartirilgan.
- Bir qo‘lli rejimga kirishning yangi usullari: Asosiy tugmaga ikki marta teging yoki ekranning quyi qismi markaziga qarab pastga suring.
- Parametrlar hozirda Parametr > Qo‘shimcha funksiyalar > Bir qo‘lli rejimga ko‘chirildi.

Maxsus imkoniyat
- Yuqori kontrastli klaviatura va yirik matnlar uchun tuzilishlar yaxshilandi.
- Ovozli/video qo‘ng‘iroqlar paytida yoki mikrofonga gapirganda nutqni jonli rejimda ekrandagi matnga o‘giradigan yangi funksiya qo‘shildi.

Fon rasmlari ustida yaxshiroq matnlar
- Matnni fonda aniqroq ko‘ring, chunki One UI yorug‘ va qorong‘i sohalar hamda quyidagi tasvirdagi rang kontrasti asosida shrift ranglarini avtomatik tarzda sozlaydi.

Qurilma ta’mirlanishi
- Batareyadan foydalanish grafasi endi batafsilroq ma’lumotlarni taqdim etadi.

Raqamli salomatlik
- Telefondan foydalanishni tekshirib turish uchun rejalar o‘rnating.
- Telefoningizdan chalg‘imaslikka yordam berish uchun Fokus rejimidan foydalaning.
- Yangi ota-ona nazoratlari yordamida farzandlaringiz faoliyatini kuzatib boring.

Kamera
- Ekranning quyi qismida aks ettiriluvchi rejimlarni tahrirlash imkoniyati qo‘shildi.
- Yangi parametrlar va xususiyatlar mavjud bo‘lganda sizni xabardor qilish uchun yangi ikonachalar qo‘shildi.
- Yurish vaqtidagi parametrlarsiz rasmga olishda fokuslay olishingiz uchun tuzilish takomillashtirildi.

Internet
- Menyuni sozlashda ko‘p foydalanadigan funksiyalarga tezda kirishingiz uchun asboblar panelidagi menyularni endi o‘zgartirishingiz mumkin.
- Endi batafsil ma’lumotni har bir menyuning sarlavha satrida ko‘rish mumkin (xatcho‘plar, parametrlar, jurnal va boshqalar).
- Samsung Internetning qo‘shimcha funksiyalari (masalan, kengaytmalar) uchun yordam uzaytirildi.

Samsung Kontaktlar
- Kontaktlar uchun Savat funksiyasi qo‘shildi. Siz o‘chirib tashlagan kontaktlar Savatda 15 kun saqlanadi, so‘ngra butunlay o‘chirib tashlanadi.
- BixbySearch mexanizmidan foydalangan holda endi kontaktlarni takomillashtirilgan qidirish imkoniyati.
- QR-kod funksiyalari takomillashtirildi (yangi skanerlash funksiyasi qo‘shildi).

Kalendar
- Kalendar ilovasi katta ekran uchun optimallashtirilgan (DeX rejimi).
- Oy ko‘rinishi displeyi yaxshilandi, agar hodisa sarlavhalari uzun bo‘lsa va ularni 2 satrdan oshiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa (faqat bir kunda bir nechta tadbirlar bo‘lganda mavjud).
- Endi jadvalingizdan qat’i nazar, ma’lum kunlarga stikerlarni biriktirishingiz mumkin.
- Uzun musiqani hozirda Hodisa eslatmalari uchun bildirishnoma ohangi sifatida o‘rnatishingiz mumkin.

Eslatma
- Takrorlanuvchi eslatmalar uchun ko‘proq opsiyalardan foydalanish mumkin.
- Ma’lum bir vaqt oralig‘i uchun joylashuvga asoslangan eslatmalarni o‘rnating.
- Oila va boshqa ulashish guruhlaringiz bilan eslatmalarni ulashing.
- Ma’lum bir sana uchun signalsiz eslatmalarni o‘rnating.

Fayllarim
- Biror nimani noto‘g‘ri o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz, fayllarni tiklay olishingiz uchun Savat funksiyasi yaratildi.
- Narsalarni tezroq topa olishingiz uchun qidirish vaqtida foydalanishingiz mumkin bo‘lgan ko‘proq filtrlar qo‘shildi.
- Endilikda bir vaqtda bir nechta fayl va jildni boshqa yakuniy manzillarga ko‘chirishingiz yoki ulardan nusxa olishingiz mumkin.

Kalkulator
- O‘lchov birligi konverteriga tezlik va vaqt birliklari qo‘shildi.

Ulangan avtomobil
- Android Auto hozirda dastlabki yuklanishda.

Maslahatlar
- Galaxy qurilmangizdan maksimal darajada foydalanishga yordam berish uchun One UI 2 haqida foydali maslahatlar qo‘shildi.

Windows havolasi funksiyasi qo‘shilgan.
- ShKingizdagi telefondagi fotosurat, xabar va bildirishnomalarga osongina kirishingiz va ekranni aks ettirish funksiyasi ham taqdim etiladi.
- Bu funksiyadan tezkor paneldagi Windows havolasi yoki Parametrlarda foydalanish mumkin.

Link Sharing
- Fayllarni yuklash sig‘imi oshirildi.
- Endi har bir fayl uchun 3 Gb’gacha va kuniga 5 Gb’gacha yuklashingiz mumkin.

Samsung DeX
- Samsung DeX’dan foydalangan holda kompyuterga ulanish uchun endi qo‘shimcha yordam taqdim etiladi.

Media va qurilmalar
- SmartThings paneli Media va Qurilmalar bilan almashtirildi.
- Media: Telefoningizda va boshqa qurilmalarda musiqa va videolar ijro etilishini nazorat qiling.
- Qurilmalar: Bevosita tezkor paneldan SmartThings qurilmalaringizni tekshiring va nazorat qiling.

Reliz raqami : G9650ZHS6CSK4
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2020-01-22
Xavfsizlik darajasi : 2019-12-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU5CSJ3
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-11-28
Xavfsizlik darajasi : 2019-10-01
· Kamera barqarorligi takomillashtirildi.
· VM Emoji yangilandi
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU5CSFC
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-08-06
Xavfsizlik darajasi : 2019-07-01
· Kamera barqarorligi takomillashtirildi.
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU3CSAB
Android versiya : Pie(Android 9)
Reliz sanasi : 2019-04-12
Xavfsizlik darajasi : 2019-01-01
One UI Android Pie bilan yangilandi

One UI Samsung va Google’dan sizga o‘xshagan foydalanuvchilar fikr-mulohazalari asosida ajoyib yangi funksiya, yangicha ko‘rinishdagi va yangicha ishlaydigan Android Pie ilovasini taqdim etadi.
Yangilashdan oldin muhim ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash uchun ularni arxivlashni tavsiya qilamiz.
OTni yangilaganingizdan so‘ng, ayrim ilovalar, jumladan, Kalkulator, Samsung Internet, Samsung Health, Samsung Notes, Samsung Members va Samsung Pay, alohida yangilanishi zarur.
Android Pie qurilmasidagi Mobil telefonimni topish xizmatida Masofadan blokdan chiqarish funksiyasidan foydalanish uchun ekranni bloklash paroli (yoki PIN-kod/grafik kalit) arxivlash jarayoni talab qilinadi. Shuning uchun yangilash jarayonini boshlashdan oldin ekranni bloklash paroli (yoki PIN-kod/grafik kalit) yodingizda ekanligiga ishonch hosil qiling. Parol (yoki PIN-kod/grafik kalitni) yodingizdan ko‘tarilgan bo‘lsa, yangilash jarayonini boshlashdan oldin uni birlamchi holatiga tashlang.

Bu yerda qanday yangiliklar borligi berilgan.

One UI
- Qo‘lingizdagi topshiriqqa diqqat saqlash uchun tarkib, parametrlar va boshqa ma’lumotlar qayta tartibga solingan.
- Interaktiv elementlar ekranning quyi qismiga ko‘chirilgan, shu sababli ularni istalgan vaqtda olishingiz mumkin.
- Yangi dizayn va Tungi rejim kabi funksiyalar ko‘zlaringizni ehtiyot qilishga yordam beradi.

Bildirishnomalar
- Bevosita bildirishnoma panelida xabarlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishingiz mumkin.
- Tasvir eskizlari xabarli bildirishnomalarga kiritiladi.
- Ilovaning bildirishnoma parametrlarida toifadagi barcha bildirishnomalarni yoqish yoki o‘chirish uchun bir marta teging.

Samsung klaviaturasi
- Yangi Yunikod 11.0 emojilaridan foydalanish mumkin.
- Yangi moslashuvchan mavzu atrofdagi ilova ranglari asosida klaviatura ko‘rinishini o‘zgartiradi.
- Suzib yuruvchi klaviaturadan barcha ilovalarda foydalanish mumkin va u yangi o‘lcham va shaffoflik parametrlariga ega.
- Maxsus tegib turish davomiyligini sozlashingiz mumkin.

Qurilma parvarishlanishi (avvallari Qurilma ta’mirlanishi)
- Unumdorlik rejimlari Quvvat tejash rejimlariga uzatildi va integratsiyalandi.
- Qurilma ta’mirlanishi yon paneli ishi to‘xtatildi.

Always On Display
- Rejangiz bilan kalendarni ko‘rsatish opsiyasiga ega yangi soat uslublari qo‘shildi.
- To‘liq zaryadgacha qancha vaqt qolgani haqidagi ma’lumotni bilish imkonini beruvchi zaryadlash ma’lumotlari qo‘shildi.
- Always On Display’ni ekran o‘chiqligida ko‘rsatiladigan yoki ekranga tekkaningizdan keyin 30 soniya ko‘rsatib turiladigan qilib sozlashingiz mumkin.

Parametrlar
- Parametrlar topilishini osonlashtirish uchun menyular tartibi o‘zgartirildi.

Samsung DeX
- DeX monitor yoki TV’da ko‘rsatilayotgan vaqtda telefondan foydalanishda davom eting.
- Samsung DeX’dan qo‘llab-quvvatlanadigan HDMI adapterlari bilan foydalaning. DeX Station kerak emas.

Bixby
- Bu bir nechta takomillashuvlarga va yangi funksiyalariga ega bo‘lgan, butunlay yangicha Bixby.
- So‘nggi funksiyalarni va qo‘llab-quvvatlanadigan ilovalarni tadqiq qilish uchun asosiy Bixby ekranidan chapga suring.
- Bixby tugmasini bir marta yoki ikki marta bosganingizda nima yuz berishini o‘zingiz hal qilishingiz mumkin.

Telefon
- Endi qo‘ng‘iroqlar jurnalini barcha kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha saralashingiz mumkin.
- Qo‘ng‘iroqlar jurnali 2000 tagacha elementga ega bo‘lishi mumkin (avval 500 ta edi).

Kontaktlar
- Yangi tuzuvchi turli hisob qaydnomalaridagi kontaktlar boshqaruvini osonlashtiradi.

Kamera
- Qo‘shilgan Sahna optimallashtiruvchisi sahnaga moslash uchun kameraning rang parametrlarini avtomatik tarzda kuchaytiradi.

Galereya
- Rasm tahrirchi PRO tahrirlash vositalari Galereyangizga qo‘shildi, shu sababli ilovadan chiqmasdan barcha tahrirlash va tuzatishlaringizni amalga oshirishingiz mumkin.

Fayllarim
- Xotira ishlatilishi va saqlash joyini nazorat qilishga yordam berish uchun yangi Xotira tahlil vositasi qo‘shildi.
- Endilikda fayllarim Asosiy ekranidagi elementlarni ko‘rsatishingiz yoki yashirishingiz mumkin.

Samsung Health
- Kundalik qadamlar soni bildirishnoma panelida ko‘rsatiladi. Uni yashirish uchun bildirishnoma paneliga bosib turing, so‘ngra Joriy qadamlarni o‘chiring.

Boshqa takomillashuv va o‘zgarishlar
- Uyg‘otish uchun ko‘tarish funksiyasidan foydalanib telefoningizni ko‘targaningizda ekran avtomatik tarzda yoqilsin.
- Tezkor panelda Bolalar Asosiy ekraniga kiring.
- Qo‘ng‘iroq stikerlari tugatildi.
- HEIF tasvirlari endi qo‘llab-quvvatlanadi.

Reliz raqami : G9650ZHU3ARH4
Android versiya : Oreo(Android 8.0.0)
Reliz sanasi : 2018-11-24
Xavfsizlik darajasi : 2018-08-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.

Reliz raqami : G9650ZHU2ARF4
Android versiya : Oreo(Android 8.0.0)
Reliz sanasi : 2018-08-21
Xavfsizlik darajasi : 2018-06-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.