Dastur yangilanishi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin, biroq ular bilangina chegaralanib qolmaydi
Qurilmangizdan optimal darajada foydalanish uchun qurilmangizni so‘nggi yangilanishlar bilan yangilab va dastur yangilanishlarini muntazam ravishda tekshirib boring.
Galaxy M51 (SM-M515F)
Reliz raqami : M515FXXS6DXE3
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2024-05-23
Xavfsizlik darajasi : 2024-05-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : M515FXXS5DXA1
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2024-01-15
Xavfsizlik darajasi : 2024-01-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXS5DWG1
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2023-07-28
Xavfsizlik darajasi : 2023-07-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXS4DWA3
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2023-02-06
Xavfsizlik darajasi : 2023-01-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXU4DVH2
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-09-15
Xavfsizlik darajasi : 2022-07-01
• Qurilmangizning umumiy barqarorligi yaxshilandi.
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXS4DVF3
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-06-27
Xavfsizlik darajasi : 2022-06-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXU4DVD1
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-05-02
Xavfsizlik darajasi : 2022-03-01
One UI 4.1 yangilanishi (Android 12)
One UI 4.1 Galaxy qurilmalaringiz uchun keng ko‘lamdagi yangi imkoniyatlar va yaxshilanishlarni keltiradi. Yanada intuitiv, yanada qiziqarli, yanada xavfsiz va har qachongidan ham osonroq.
Quyida o‘zgarishlarni ko‘rib chiqing.
Rang palitrasi
Fon rasmingizga asoslangan holda noyob ranglar bilan telefoningizni sozlang. Ranglaringiz butun telefoningiz bo‘ylab menyular, tugmalar, fonlar va ilovalarga qo‘llaniladi.
Maxfiylik
One UI 4.1 shaxsiy ma’lumotlaringiz begonalarning qo‘llariga tushib qolmasligi uchun kuchli maxfiylik himoyasini taklif qiladi.
Ruxsatlar haqidagi ma’lumotlar bir qarashda
Har bir ilova Ruxsatlardan foydalanishdagi Joylashuv, Kamera yoki Mikrofon kabi sir tutiluvchi ruxsatlardan foydalanganida buni ko‘rib turing. Siz o‘zingizga maqbul bo‘lmagan har qanday ilovaga ruxsatlarni rad qilishingiz mumkin.
Kamera va mikrofon indikatorlari
Yirtqich ko‘zlar va quloqlarni uzoqroq tuting. Biror-bir ilova kamera yoki mikrofondan foydalanayotganida ekranning yuqori o‘ng burchagida qizil nuqta paydo bo‘ladi. Barcha ilovalarni kamera yoki mikrofondan foydalanishini vaqtinchalik bloklab qo‘yish uchun tezkor panel boshqaruv tugmalaridan ham foydalanishingiz mumkin.
Taxminiy joylashuv
Aniq joylashuvingizni maxfiy saqlang. Aniq qayerda ekaningizni bilishi kerak bo‘lmagan ilovalarni faqatgina umumiy hudidingizdangina foydalanadigan qilib sozlashingiz mumkin.
Bufer himoyasi
Parollaringiz, kredit karta raqamlari va boshqa sir tutilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni xavfsiz holda saqlang. Biror-bir ilova boshqa ilovada buferga nusxa olingan ma’lumotlarga kirganida ogohlantiruvchi xabar olishingiz mumkin.
Samsung klaviaturasi
Samsung klaviaturasi shunchaki matn terish uchungina emas, balki o‘z fikrlaringizni ifodalash va mazza qilib foydalanish uchundir.
GIF fayllari, emojilar va stikerlarga tezkor kirish
Bir bosishda o‘z hissiyotlarini ifodalash mumkin. Bitta tugma bilan emojilaringiz, GIF fayllaringiz va stikerlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri klaviaturadan oling.
Animatsiyalangan emoji juftliklari
Mos emojini topa olmayapsizmi? Ikkita emojini birlashtiring, keyin butun hissiyotlaringizni olish uchun animatsiya qo‘shing.
Yanada ko‘proq stikerlar
Yuklab olish mumkin bo‘lgan yangi animatsiyali stikerlar bilan suhbatlaringizga mazmun qo‘shing.
Yozish boʻyicha yordamchi
Grammarli asosida ishlovchi yangi Yozish boʻyicha yordamchi (faqat ingliz tili) bilan grammatikangiz va orfografiyangizni xatosiz bo‘lishini ta’minlang.
Asosiy ekran
Hammasi sevimli ilovalaringiz va funksiyalaringizni bir bosishda ishga tushirish mumkin bo‘lgan Asosiy ekranda boshlanadi. One UI 4.1 asosiy ekraningizni hamma vaqt eng yaxshi holatda bo‘lishiga yordam beradi.
Yangi vidjet dizayni
Vidjetlar har qachongidan ham ko‘ra yaxshiroq ko‘rinishi uchun bir qarashga ko‘rish oson bo‘lgan va yana uyg‘un uslubdagi ma’lumotlar bilan qaytadan yaratildi.
Vidjetlarni osonroq tanlash
Mos vidjetni topishga qiynalayapsizmi? Endi siz har bir ilovadan qaysi vidjetlar mavjudligini ko‘rish uchun vidjetlar ro‘yxati bo‘ylab aylantirib o‘tishingiz mumkin. Siz yana sinab ko‘rish uchun foydali vidjetlar bo‘yicha tavsiyalar olasiz.
Bloklash ekrani
Bu musiqalaringizni boshqarish, rejangizni tekshirish yoki eng yaxshi g‘oyalaringizni ushlab qolish bo‘ladimi, tezkor topshiriqlarni telefoningizni blokdan chiqarmasdan turib bajarish uchun vidjetlardan foydalaning.
O‘zingiz xohlagan joydan tinglang
Audio chiqishini quloqchinlardan telefoningizdagi karnaylarga o‘tkazing, buning barchasini Bloklash ekranidan bajaring.
Ovozni yozib olish
Ajoyib g‘oya keldimi? Telefoningizni blokdan chiqarmasdan turib ovozli yozuv yozib oling.
Kalendar va reja birdaniga
Bloklash ekranida oyning qolgan qismi uchun kalendaringiz bo‘ylab bugunning rejasini ko‘ring.
Kamera
Rasmlar va videolar olish vaqtida oddiyroq maketdan lazzatlaning. Yoritilganlik past bo‘lgan yoki siz hujjatni skanerlayotganda sahna optimallashtirgichi faqat Foto rejimida paydo bo‘ladi. Portret va Tungi rejim parametrlari endi yashirilgan va yanada intuitiv.
Obyektiv va masshtablash
Obyektiv ikonachalari qanchalik kattalashtirganligingizni ko‘rsatish uchun kattalashtirish darajasini ko‘rsatadi.
Hech qachon lahzalarni o‘tkazib yubormaydigan video
Yozish siz tugmani qo‘yib yuborishingiz o‘rniga Yozib olish tugmasini bosishingiz bilan boshlanadi, shuning uchun qimmatli lahzalarni ular o‘tib ketmasidan turib ushlab qolishingiz mumkin. Foto rejimda siz tezkor video yozishni boshlash uchun Obyektiv turgmasini bosib turishingiz, keyin Obyektiv tugmasini bosib turmasdan yozishni davom ettirish uchun barmog‘ingizni Bloklash ikonachasiga olib borishingiz mumkin.
Professional fotografiya
Qayta ishlab chiqilgan Pro va Professional video rejimi parametrlari bialn boshqaruvda bo‘ling. Tiniqroq ko‘rinish suratga olishga diqqatni qaratishingizga yordam beradi va to‘r chiziqlariga qo‘shilgan yangi daraja ko‘rsatkichlari suratalaringizni muvozanatlangan holda saqlashga yordam beradi.
Yaxshilangan skanerlash
Hujjatlarni skanerlang, keyin kattalashtirish uchun kattalashtirish shishasiga bosing va ularni darhol tahrirlang. Siz QR kodni skanerlagandan keyin shunchaki ularning kontaktlarini telefoningizga qo‘shish o‘rniga biror kimga qo‘ng‘iroq qilish yoki elektron xat yozish kabi ko‘proq narsalarni qilishingiz ham mumkin.
Galereya
Siz minglab rasmlar va videolar yoki shunchaki bir necha qimmatli lahzalarni olganingizdan qat’iy nazar Galereya sizga kerakli narsalarni topish va to‘plamingizni tartiblangan holda saqlashga yordam beradi.
Yaxshilangan hikoyalar
Avtomatik tarzda yaratiluvchi ajratib ko‘rsatilgan videolar bilan hikoyalaringizni jonlantiring. Ko‘rish uchun shunchaki har bir hikoyaning tepa qismida joylashgan dastlabki ko‘rish tugmasini bosing. Siz yana yangi Xarita ko‘rinishida hikoyalaringizdagi rasmlarning qayerda olinganligini ko‘rib chiqishingiz ham mumkin.
Osonroq albomlar
Albomlaringizni osonroq tartiblang –hattoki ularda minglab rasmlar bo‘lsa ham. Haqiqatda siz sevimli va eng foydali albomlaringiz doimo ro‘yxatning boshida bo‘lishi uchun albomlarni ularda qancha rasm va video borligiga ko‘ra tartiblashingiz mumkin. Albomda nimalar borligini yaxshiroq bilishingiz uchun biror-bir albomni ko‘rganingizda ekranning yuqori qismida muqova tasviri ham paydo bo‘ladi.
Ma’lumotlar ustidan ko‘proq boshqaruv
Rasmlaringizdagi sana, vaqt va joylashuv ma’lumotlarini tuzatish yoki maxfiy saqlash uchun o‘zgartiring yoki olib tashlang. Siz bir nechta rasmni tanlashingiz va ulardagi ma’lumotlarni birdaniga tahrirlashingiz mumkin.
Foto va video tahrirchi
Ayrim hollarda fotosuratlaringiz va videolaringizga tuzatish kiritishga to‘g‘ri keladi. Rasmlaringizni ulashishdan avval ularning ko‘rinishlarini yaxshilash uchun One UI foto va video muharrirlari mavjud.
Emojilar va stikerlar
Uyalayotgan do‘stingiz yuzini yopish uchun emojidan foydalaning yoki qiziqarli rasmlar va videolar yaratish uchun stikerlar qo‘shing.
Yoritilganlikni boshqarish
Yoritilganlik yomonligi uchun rasm juda qorami? Yangi Chiroq muvozanati funksiyasi ajoyib ko‘rinishi uchun barcha tafsilotlarni oldingi rejaga olishga yordam beradi.
Ajratib ko‘rsatish g‘altaklari
Rasmlar va videolar to‘plamini osongina go‘zal filmga aylantiring. Shunchaki mavzuni tanlang va SI musiqa va o‘tishlarni avtomatik tarzda qo‘shadi.
Als nusxani yo‘qotmaysiz
Bemalol tahrirlayvering! Endi siz rasmlar va videolarni ular saqlanganidan keyin boshlang‘ich versiyalariga qaytarishingiz yoki ham asl nusxalari, ham tahrirlangan versiyalarini saqlash uchun ularni saqlashingiz mumkin.
VM Emoji
Xabarlaringizga mazmun bag‘ishlash, kulgili videolar tayyorlash kabilar uchun shaxsiy emojilaringizdan foydalaning. O‘zingizning raqamli versiyangizni yaratishingiz yoki boshqacha ko‘rinishni sinab ko‘rishingiz mumkin. Imkoniyatlar cheksizdir.
Profilingizni ruhlantiring
Kontaktlar va Samsung account’dagi profil rasmingiz sifatida VM Emojidan foydalaning. Siz 10 tadan ortiq pozadan foydalanishingiz yoki o‘zingizning ifodalaringizni yaratishingiz mumkin.
Yuz stikerlari
Emojingiz yuzining stikerlari bilan emojingiz bo‘lishga urinib ko‘ring. Fotosuratlaringiz bezash va ularni do‘stlaringiz bilan baham ko‘rishdan rohatlaning.
Tun bo‘yi raqs tushish
VM emojilaringiz bilan ajoyib raqs videolarini yarating. 10 ta turli toifa, jumladan #Quvnoq, #Ajoyib va #Bazm toifalaridan shablon tanlang.
O‘z kiyimlaringizni yarating
Hech moda dizayneri bo‘lishni xohlaganmisiz? Endi siz VM Emojilaringiz uchun o‘ziga xos kiyimlar yaratish uchun o‘z chizmalaringizdan foydalanishingiz mumkin.
Ulashish
One UI ulangan holda bo‘lishingiz va tajribalaringizni boshqalar bilan ulashishingizga yordam beradi. Shunchaki istalgan ilovadagi Ulashish tugmasini bosing.
Ulashishni o‘zingizniki qiling. Tartibsizlikdan uzoqroq bo‘lish va faqat o‘zingiz ko‘p ishlatadigan ilovalarga diqqatni qaratish uchun kontentni ulashayotganingizda paydo bo‘luvchi ilovalar ro‘yxatini sozlashingiz mumkin.
Osonroq navigatsiya
Yangi qolip va yaxshiroq navigatsiya ulashishni bir lahzalik ishga aylantiradi. Ulashayotganingizda ilovalar va kontaktlar bo‘ylab aylantirib o‘tkazish uchun chapga yoki o‘ngga turting.
Fotosuratlarni ulashish
Unchalik mos bo‘lmagan rasmni ulashayotganingizda uning fokusdan tashqarida bo‘lishi yoki yaxshi ramkalanganmagan bo‘lishidan qat’iy nazar biz sizga buni bildiramiz va uni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar beramiz.
Kalendar
One UI 4.1 ishlar bilan to‘la hayotingizni tartibli saqlashni har qachongidan ham ko‘ra osonroq qiladi.
Ish jadvalingizni Asosiy ekranda tekshiring
Yangi vidjet bir kunlik ish jadvalingizni bir oylik to‘liq kalendar bilan birga ko‘rsatadi.
Tezkor qo‘shish hodisalari
Kalendaringizga biror narsani shoshilinch qo‘shishingiz kerakmi? Shunchaki sarlavha qo‘shing va shuni o‘z yetarli.
Ko‘proq qidirish opsiyalari
Kalendar hodisalaringizni qidirish uchun sizda usullar har qachongidan ham ko‘ra ko‘proqdir. Oxirgi qidirish kalit so‘zlaridan tanlang yoki rang yoxud stiker bo‘yicha filtrlang.
Boshqalar bilan ulashish
Ba’zan boshqalarni xabardor qilgan holda bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Endi kalendarlaringizni boshqa Galaxy foydalanuvchilari bilan ulashish osonroqdir.
Sana va vaqtni osonroq tanlash
Alohida sana va vaqt tanlash opsiyalari bilan hodisa tafsilotlarini o‘rnatish bir lahzalik ishdir.
O‘chirib tashlangan tadbirlarni qayta tiklash
Siz o‘chirib tashlaydigan tadbirlar 30 kun davomida keraksiz narsalar savatida turadi, shuning uchun kerak bo‘lganida ularni qaytarib olishingiz mumkin.
Samsung Internet
One UI’ning tezkor va xavfsiz veb-brauzeri endi o‘zingiz qidirayotgan veb-sahifalarni topishni va maxfiyligingizni himoya qilishni yanada osonlashtiradi.
Qidirish tavsiyalari
Manzillar satriga matn kiritayotganingizda ko‘proq qidirish tavsiyalarini oling. Natijalar butunlay yangi dizaynda paydo bo‘ladi.
Asosiy ekrandan qidirish
Yangi qidirish vidjeti shundoq Asosiy ekrandan turib qidirayotganlaringizni topishga yordam beradi.
Sir rejimida boshlash
Agar siz oxirgi seansingizda Sir rejimidan foydalangan bo‘lsangiz, maxfiyligingizni himoya qilish uchun Samsung Internet avtomatik tarzda Sir rejimida ishlashni boshlaydi.
Qurilma ta’mirlanishi
Telefoningizning ishlashi, xavfsizligi va batareyaning zaryad darajasini bir qarashda ko‘ring, muammolarni tez hal qiling va yanada murakkab muammolar uchun chuqur tashxislar oling.
Batareya va xavfsizlik bir qarashda
Muammolarni tezroq hal qila olishingiz uchun batareya va xavfsizlik muammolari shundoq asosiy ekranda paydo bo‘ladi.
Telefoningizning umumiy holatini tushinish
Siz buni darhol tushuna olishingiz uchun telefoningizning umumiy holati emoji sifatida ko‘rsatiladi.
Tashxisiy tekshiruvlar
Endi siz shundoq Qurilma ta’mirlanishidan Samsung Members diagnostikasini olishingiz mumkin. Agar telefoningizdagi biror narsa noto‘g‘ri bo‘lib ko‘rinsa, muammoning nimadan iboratligini aniqlash va uni tuzatish uchun tavsiyalar olish uchun tashxislash testlarini bajarib ko‘ring.
Maxsus imkoniyat
One UI barcha uchun ishlab chiqilgan. One UI 4.1 ilovasida siz telefoningizdan siz uchun eng qulay usulda foydalanishga yordam beruvchi yanada ko‘proq opsiyalar mavjud.
Sizga kerak bo‘lganida u doimo o‘sha yerda hozir
Doimo foydalanishga tayyor bo‘lgan suzuvchi tugma bilan maxsus imkoniyat xususiyatlariga yanada tezroq kiring.
Sichqoncha ishoralari
Sichqonchangiz ko‘rsatkichini ekranning 4 ta burchagidan biriga olib borish orqali harakatlarni tezroq bajaring.
Ekraningizni birdaniga sozlang
Maxsus Displey rejimi (Yuqori kontrastli yoki Katta displey) bilan kontrast va o‘lchamini bir vaqtda sozlang.
Ko‘zga qulaylik
Ehtiyojlaringizga javob berish uchun ko‘proq ko‘rinuvchanlik opsiyalari mavjud. Shaffoflik yoki chaplanishni kamaytirishingiz mumkin.
Ekstra qoramtir ekran
Agar ekraningiz hattoki eng past yorqinlik qiymatida ham haddan tashqari yorqin bo‘lsa, qorong‘ida yanada qulayroq o‘qish uchun Ekstra qoramtir rejimini yoqing.
Sozlanuvchi miltillovchi bildirishnomalar
Bildirishnoma olganingizda ekranni miltillaydigan qiling. Bildirishnomaning qayerdan kelganligini osongina aniqlash uchun har bir ilova uchun ranglarni sozlang.
Osonroq kattalashtirish
Ekrandagi kontentni kattalashtirish uchun ko‘proq opsiyalar va ko‘proq boshqaruvni berish uchun kattalashtirgich oynasi yangi Kattalashtirish menyusi bilan birlashtirildi.
Ko‘proq funksiyalar va yaxshilashlar
Yaxshiroq Always On Display
Bildirishnomalarni o‘tkazib yubormang. Endi siz Always On Display’ni bildirishnoma olishingiz bilan yonadigan tarzda o‘rnatishingiz mumkin. Always On Display’ni miltillaydigan tazda ko‘rsatish uchun yangi animatsiyalangan stikerlar ham mavjud.
Yaxshilangan Qorong‘i rejim
Qorong‘ida sizga qulay bo‘lishi uchun endi Qorong‘i rejim fon rasmlari va ikonachalarni avtomatik tarzda qoraytiradi. Endi Samsung ilovalari ko‘zlaringizga qulay bo‘lgan yanada uyg‘unroq tajriba uchun Qorong‘i rejim versiyalariga egadirlar.
Zaryadlash haqidagi ma’lumotlar bir qarashda
Zaryadlashni boshlaganingizda turli vizual effektlar zaryadlash tezligini yanada intuitiv tarzda bilishingizga imkon beradi.
Yorqinlikni osonroq boshqarish
Tezkor paneldagi kattaroq yorqinlik polosasi ekran yorqinligini bir turtishda o‘zgartirishni osonlashtiradi.
Xavfsizlik va favqulodda holat menyusi
Parametrlardagi yangi Xavfsizlik va favqulodda holat menyusi favqulodda kontaktlaringiz va xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlarning barchasini bitta joyda boshqarishga imkon beradi.
Parametrlarni qidirish yaxshilanishlari
Yaxshilangan qidirish funksiyalari sizga kerak bo‘lganda o‘zingizga kerak bo‘lgan parametrlarni topishingizga yordam beradi. Nimani qidirishingizga bog‘liq ravishda tegishli funksiyalarga oid tavsiyalar olasiz.
Ko‘zlaringizni yo‘lga qaratgan holda tuting
Raqamli farovonlikdagi yangi Haydash monitori haydash vaqtida telefoningizdan qachon foydalanishingizni kuzatib boradi. Siz telefoningizdan qancha foydalanganingiz va qaysi ilovalardan foydalanganingiz bo‘yicha hisobotlar olasiz.
Ogohlantirishni faqat bir marta o‘tkazib yuborish
Uyqungiz kelyaptimi? Endi siz faqat bir martaga ogohlantirishni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. O‘tkazib yuborilganidan keyin u avtomatik qayta tarzda yoqiladi.
Kun yoki tun bir qarashda
Dunyoning boshqa tomonida do‘stingiz bormi? U bilan muloqot qilish uchun yaxshi vaqt ekanligi yoki yo‘qligini bilish osonlashdi. Qo‘sh soat vidjeti endi buning kunduzi yoki tun ekanligiga bog‘liq ravishda har bir shahar uchun turli fon ranglarini ko‘rsatadi.
Matnli xabarlardan qo‘ng‘iroqlarga o‘tkazish
Yozib bo‘lmayaptimi? Uning tafsilotlarini ko‘rish yoki ovozli yoki video qo‘ng‘iroqni boshlash uchun suhbatning yuqori qismidagi shaxsning ismiga bosing.
Ko‘proq qidirish natijalari Xabarlarda
Endi siz fotosuratlar, videolar, veb havolalar kabilar uchun xabarlaringizni qidirishingiz mumkin. Qidirayotgan narsangizga aniq o‘ta olishingiz uchun natijalarning barchasi filtrlanadi.
Fayllarimda osonroq qidirish
Hattoki imlo xatosi bo‘lsa yoki nom aniq mos tushmasa ham o‘zingiz qidirayotgan faylni toping. O‘zingiz yaqinda foydalangan yoki olgan fayllarni tez topishingizga yordam berish uchun Oxirgi fayllar sohasi ham kengaytirildi.
Yaxshilangan Yon panellar
Yon panellardan foydalanganda joriy ilovangizni ko‘rinadigan holda saqlang. Bir qarashda ko‘proq ko‘rishingizga yordam berish uchun chaplanishlar olib tashlandi.
O‘lchami sozlanuvchi tasvirdagi-tasvir
Agar suzuvchi video kattalashib ketsa, uni kichikroq qilish uchun barmoqlaringizni qising. Ko‘proq ko‘rishni xohlaysizmi? Uni kattaroq qilish uchun barmoqlaringizni yoying.
Suzuvchi oyna opsiyalariga tezkor kirish
Ko‘p vazifalilikni osonroq bajarish uchun kirishni osonlashtirgani oyna opsiyalari menyusini oynaning yuqori qismiga biriktirib qo‘yishingiz mumkin.
Ayrim ilovalar One UI 4.1 versiyasi yangilanishidan keyin alohida yangilanishi lozim.
Reliz raqami : M515FXXS4CUL1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-12-30
Xavfsizlik darajasi : 2021-12-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXS3CUI1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-09-21
Xavfsizlik darajasi : 2021-09-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXU3CUH2
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-08-27
Xavfsizlik darajasi : 2021-06-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXU3CUG1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-07-21
Xavfsizlik darajasi : 2021-06-01
• Yaxshilangan Tezkor ulashish
- Tezkor ulashishdan foydalanib Galaxy qurilmalari o‘rtasida faylni ulashishni yaxshilang.
• Yangi funksiya qo‘shildi. - Google RCS(Boy aloqa xizmati)
• Yangi funksiya qo‘shildi. - 360 audio
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXS2CUD1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-04-15
Xavfsizlik darajasi : 2021-04-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXU2CUC2
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-04-02
Xavfsizlik darajasi : 2021-03-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXU2CUB7
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-03-15
Xavfsizlik darajasi : 2021-03-01
One UI Core 3.1 yangilanishi (Android 11)
One UI Core 3.1 sizga muhim boʻlgan narsalarga diqqatni jalb qilishga yordam berish uchun yaratilgan. Bizning vizual qayta loyihalashimiz chalgʻituvchi elementlarni qisqartirish, muhim maʼlumotlarni koʻrsatish va sizning foydalanish koʻnikmangizni yanada barqaror qilish maqsadida asosiy ekran va tezkor panel kabi siz eng koʻp kiradigan joylarni yaxshiladi. Ishlashning yaxshilanishlari ilovalarga kamroq batareya quvvatidan foydalangan holda tezroq ishlashga yordam beradi. Va One UI Core 3.1 yangi maxfiylik boshqaruvi, bir martalik ruxsatlar va kuchaytirilgan Raqamli farovonlik yordamida nazoratni qoʻlingizga tutqazadi.
Oʻzgarishlarning toʻliq roʻyxatini koʻrish uchun pastga aylantiring.
Vizual dizayn
Biz One UI Core 3.1 ning koʻrinishi va qoʻllanilishini koʻplab katta va kichik yoʻllar bilan yangi, yanada barqarorroq ikonachalardan boshlab to tezkor panel va bildirishnomalarni aqlliroq tashkil etishgacha yangiladik. Umumiy harakatlar uchun yaxshilangan animatsiyalar va sensorli teskari aloqa yordamida harakatlanish silliqroq va oldindagidan tabiiyroq kechadi. Va Interfeys har qanday qurilmada, u telefon, buklanuvchi qurilma yoki planshet boʻlsin, eng yaxshi foydalanish koʻnikmasini shakllantirish uchun turli ekran oʻlchamlariga javob beradi.
Yaxshilangan ishlash tezligi
Biz One UI Core 3.1 ni kuchaytirilgan dinamik xotira qoʻllanilishi yordamida optimallashtirdik, endi ilovalar tezroq va yaxshiroq ishlaydi. Biz, shuningdek, tezroq ishlash va quvvat tejalishini taʼminlash uchun orqa fondagi faollikni chekladik.
Yaxshilangan moslashtirish
• Dinamik Bloklash ekraniga yangi surat toifalari qoʻshildi va siz bir vaqtning oʻzida 5 tagacha toifani tanlashingiz mumkin.
• Bloklash ekranida siz foydalanish vaqtini tekshirish uchun vidjet qoʻshishingiz mumkin.
• Fon rasmini oʻrnatganda interfaol oldindan koʻrishdan foydalanishingiz mumkin
• Always On Display va Bloklash ekranini sozlash osonroq.
• Qoʻngʻiroq qilganingizda yoki sizga qoʻngʻiroq qilishanida rasm yoki video koʻrish uchun orqa fonda qoʻngʻiroq qilish funksiyasini qoʻshing.
• Samsung Internet xizmatida siz yorliqlarning joyini oʻzgartirishingiz yoki qulflashingiz mumkin.
• Yangi ikonachalar va Bloklash ekrani vidjetlari kun tartibingizni topish va boshqarishni osonlashtiradi.
• Raqamli farovonlikdan alohida shaxsiy va ish profillari uchun foydalaning.
Kuchaytirilgan funksiyalar
Asosiy ekran va Bloklash ekrani
• Asosiy ekrandagi ilovani bosib turgan holda vidjetlar qoʻshing.
• Asosiy ekran yoki Bloklash ekranidagi boʻsh joyga ikki marta bosish orqali ekranni oʻchiring. (Uni Parametrlar > Qoʻshimcha funksiyalar > Harakatlar va ishoralar menyusida o‘rnating.)
• Bloklash ekranida kalendar, ob-havo va musiqa kabi vidjetlarni koʻrish uchun soat atrofini bosing.
Qoʻnʻiroqlar va suhbatlar
• Suhbatlarni bildirishnoma panelida alohida shaklda koʻring. Xabarlar va sizning sevimli chat ilovalaringiz bilan ishlaydi.
• Kontaktlarlda bir xil hisobda saqlanadigan takrorlanadigan kontaktlarni osonlik bilan oʻchiradi Oʻchirilgan kontaktlar uchun saqlash muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi.
• Bitta ekrandan bir nechta ulangan kontaktni tahrirlash imkoniyati qo‘shildi.
• Xabarlarda Keraksiz xabarlar funksiyasi qoʻshildi va yaqinda oʻchirilgan xabarlar unda 30 kun saqlanadi.
Rasmlar va videolar
• Yaxshilangan avtomatik fokus va avtomatik suratga olish yordamida suratlarn tezroq oling.
• Galereyadagi rasmlar va videolarni osonroq koʻring, tahrirlang va ulashing.
• Galereyadagi yangi qidirish funksiyalari va toifalari yordamida rasmlar va videolarni tezroq toping.
• Istalgan vaqtda, hatto ular saqlanganidan keyin ham, tahrirlangan rasmlarni asl holatiga qaytaring, shu tariqa siz olingan suratlarni hech qachon yoʻqotmaysiz.
Parametrlar
• Parametrlar yangi soddaroq koʻrinish va qoʻllanilishga ega. Sizning Samsung hisob qaydnomangiz yuqorida koʻrsatiladi va endi Asosiy ekran parametrlariga kirish osonroq.
• Yangi Qidirish funksiyalari yordamida oʻzingizga kerakli parametrlarni osonroq toping. Siz sinonimlar va umumiy imloviy xatolar uchun yaxshiroq natijalarga ega boʻlasiz va tegishli parametrlar guruhlarini koʻrish uchun teglarga bosishingiz mumkin.
• Tezkor parametrlar tugmalari eng koʻp foydalaniladigan funksiyalarni taqdim etish uchun kichraytirilgan. Siz yana oʻzingizga qulay tezkor panel yaratishingiz uchun tugmalar qoʻshishingiz mumkin.
Samsung klaviaturasi
• Tizim tillari soni 370 tagacha oshirildi.
• Matnli hissiyot ikonkalarini kiritganingizda emoji va stikerlarni taklif qilish kiritildi.
• Veb va elektron pochta manzillariga kirganda kengroq bo‘sh joy bilan taʼminlash uchun klaviatura maketi yaxshilandi.
• Qayta tashkil etilgan Klaviatura parametrlari koʻp foydalaniladigan parametrlarga kirishni osonlashtiradi.
Mahsuldorlik
• Internetda virtual muhitga kirishni yanada yaxshilash va veb-sahifalarni tezroq tarjima qilish uchun siz holat va navigatsiya panellarini yashirishingiz mumkin.
• Sizga haddan tashqari koʻp qalqib chiquvchi sahifalar yoki bildirishnomalar yuboradigan veb-saytlarni bloklash taklif etiladi.
• Bir xil vaqtda boshlanuvchi tadbirlar Kalendardagi oy va roʻyxat koʻrinishida birgalikda koʻrsatiladi.
Media fayllar va qurilmaning oson boshqarilishi
Bildirishnomalardagi yaxshilangan media paneli yordamida media fayllar va qurilmani boshqarish osonlashadi. Siz oxirgi foydalanilgan media ilovalarni koʻrishingiz va ijro etuvchi qurilmani tez almashtirishingiz mumkin. Siz yana Parametrlar’ning Qo‘shimcha funksiyalar menyusidagi Android Auto parametrlarini tekshirishingiz ham mumkin.
Oʻzingizning raqamli odatlaringizni aniqlang va yaxshilang
Yaxshilangan Raqamli farovonlik xususiyatlari telefoningiz yoki planshetingizdan qanday foydalanayotganingizni tekshirishni osonlashtiradi va yaxshi raqamli odatlarni shakllantirishga yordam beradi. Yangilangan haftalik hisobotlar yordamida Avtomobil boshqarayotganda foydalanishingizni tekshiring yoki funksiyalar boʻyicha ekraningizdagi haftalik oʻzgarishlarni koʻring.
Barcha uchun maxsus imkoniyat
One UI Core 3.1 foydalanishingizdan kelib chiqib sizga foydali maxsus imkoniyat xususiyatlarini tavsiya etadi. Yaxshilangan Maxsus imkoniyat yorligʻi maxsus imkoniyat xususiyatlaridan foydalanishni boshlashni osonlashtiradi. TalkBack oʻchirilgan paytida ham yozgan matningizning ovozli variantini olish uchun siz Klv. b-n kirit. ovozli gapir xususiyatidan foydalanishingiz mumkin.
Kuchaytirilgan maxfiylik himoyasi
Endi siz ilovangizga mikrofon, kamera yoki joylashuvga faqat bir marta kirishga ruxsat berishingiz mumkin. Ilova oxirgi vaqtlarda foydalanmagan har qanday ruxsatlar avtomatik ravishda bekor qilinadi. Siz endi doimiy ruxsat berish oynasida ilovalaringizga joylashuvingizni har doim koʻrish ruxsatini bera olmaysiz. Ilovalarga foydalanilmayotgan paytda joylashuvingizga ruxsat berish uchun siz Parametrlarda joylashuv ruxsatini berish sahifasiga kirishingiz lozim.
Kalendar
• Hodisa sarlavhasidan sana va manzilni ajratib oling va avtomatik ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qiling.
Ko‘p oyna
• Suzib chiquvchi ko‘rish ekranini ekranning qirrasiga sudrash orqali endi oynani yashirish va o‘ynatishni davom ettirish mumkin.
Varaqni ulashish
• Endi avvalroq olingan fotosuratlarni ulashish yoki ularni ujtimoiy tarmoqlarga chop qilishdan avval ulardagi joylashuv ma’lumotlarini o‘chirish orqali maxfiyligingizni himoya qilish mumkin.
Ijtimoiy tarmoq platformasi
• Ijtimoiy tarmoq xizmatlaridan foydalanish osonlashtirildi. Shunchaki Samsung hisob qaydnomangizga kirish orqali profillar, fotosuratlar, eslatmalar, rejalar kabilarni do‘stlar bilan ulashish mumkin.
Ko‘rsatish
• Ko‘z qulaylik qobig‘i funksiyasi qo‘shildi.
Kamera
• Yaxshilangan unumdorlik. - Kamera
Qoʻshimcha yaxshilanishlar
• Soatda siz budilnik jiringlaganda jiringlash vaqti va oldindan oʻrnatilgan nomi ovoz chiqarib oʻqilishini eshitishingiz mumkin.
Ayrim ilovalar One UI Core 3.1 yangilanishidan keyin alohida yangilanishi lozim.
Ikkitali Messenjer ilovasidan foydalanib qilingan Ilova nusxalari bundan buyon SD-karta fayllariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaydi. SD-karta fayllarini ilova nusxasida ulashish uchun Galereya yoki Fayllarim jildidagi fayllarni tanlang, Ulashish tugmasini bosing, keyin ilova nusxasini tanlang.
Bundan buyon fayllarni boshqa qurilmalarga yuborish uchun Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga Yaqin atrofga ulashish funksiyasidan foydalanish mumkin. Hali ham Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib fayllarni olish mumkin.
Bundan buyon Smart View ilovasidan foydalanib, Chromecast’ga ulab bo‘lmaydi. Buning o‘rniga Google Home ilovasidan foydalanish mumkin.
Reliz raqami : M515FXXS2BUA1
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2021-02-12
Xavfsizlik darajasi : 2021-02-01
· Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXU1BTK4
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-12-10
Xavfsizlik darajasi : 2020-11-01
• Yangi funksiya qo‘shildi. - Sensorli teskari aloqa
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : M515FXXU1ATI1
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-09-10
Xavfsizlik darajasi : 2020-08-01
• Moslashuvchan yorqinlik barqarorligi takomillashtirildi.
• Kamera barqarorligi takomillashtirildi.
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.