Dastur yangilanishi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin, biroq ular bilangina chegaralanib qolmaydi
Qurilmangizdan optimal darajada foydalanish uchun qurilmangizni so‘nggi yangilanishlar bilan yangilab va dastur yangilanishlarini muntazam ravishda tekshirib boring.
Galaxy Tab Active3 (SM-T575)
Reliz raqami : T575XXSFEYI1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2025-10-27
Xavfsizlik darajasi : 2025-10-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Bu oʻzgarishlar mijozlar muhitining modeli, mamlakati yoki tarmoq operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
Reliz raqami : T575XXSEEYG3
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2025-07-21
Xavfsizlik darajasi : 2025-07-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Bu oʻzgarishlar mijozlar muhitining modeli, mamlakati yoki tarmoq operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
Reliz raqami : T575XXSDEYC1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2025-04-24
Xavfsizlik darajasi : 2025-04-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXSCEXL1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2025-01-21
Xavfsizlik darajasi : 2025-01-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXSBEXJ3
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2024-10-21
Xavfsizlik darajasi : 2024-10-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXSAEXG1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2024-08-20
Xavfsizlik darajasi : 2024-08-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXS9EXEA
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2024-05-24
Xavfsizlik darajasi : 2024-05-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXS8EXA2
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2024-02-19
Xavfsizlik darajasi : 2024-02-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXS7EWK1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-11-16
Xavfsizlik darajasi : 2023-11-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXU6EWH4
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-09-08
Xavfsizlik darajasi : 2023-08-01
One UI 5.1.1 yangilanishi
Ko‘p vazifalilik
Ilovalarni yaxshiroq dastkabki ko‘rishlar Oxirgilar ekranida
Oxirgilar ekrani endi ilovalarni ularni ochganingizdan keyin paydo bo‘ladigan tarzda ko‘rsatadi. Ilova ajratilgan ekranda, to‘liq ekranda yoki qalqib chiquvchi oyna sifatida ochilganini osongina ko‘rishingiz mumkin.
Qalqib chiquvchi oynadan osongina ajratilgan ekranga o‘ting
Qalqib chiquvchi oynaning yuqori qismidagi tutqichni bosing va ushlab turing, so’ngra ilovani ekranning ko‘rsatilishini xohlagan tomonga torting.
Ekran chetiga yopishtirilgan qalqib chiquvchi oynalarni tiklang
Uni ekran chetiga yopishtirish va yo‘ldan olish uchun qalqib chiquvchi oynadagi ilovani ekran chetiga torting. Qayta kerak bo‘lganida, uni avvalgi joyiga qaytarish uchun qalqib chiquvchi oynaning istalgan joyiga teging.
S Pen bilan minimallashtirilgan ilovalarni tekshiring
Ilovani ochganingizda uning qanday ko‘rinishini dastlabki ko‘rish uchun S Pen qurilmangizni suzuvchi ilova ikonachasi ustiga olib boring.
Vazifalar paneli
Ko‘proq oxirgi ilovalar
Endi siz vazifalar panelida qancha oxirgi foydalanilgan ilovalarni ko‘rsatishni tanlashingiz mumkin (4 tagacha).
Tezkor ulashish
Kontaktlar bilan ulashish
Endi siz fayllarni kontaktlaringizga istalgan vatqda, hattoki ular sizga yaqin bo‘lmaganida ham, yuborishingiz mumkin.
Fayllarni maxfiy ulashish
Maxfiy kontentni baham ko‘rganingizda, uni himoya qiling. Siz o‘zingiz yuboradigan fayllar uchun amal qilish muddatini belgilashingiz, istalgan vaqtda baham ko‘rishni bekor qilishingiz va qabul qiluvchilarning saqlashi yoki qayta baham ko‘rishining oldini olishingiz mumkin.
Kamera va Galereya
Suv belgilari uchun ko‘proq sana va vaqt uslublari
Suv belgingiz uchun mukammal ko‘rinishga ega bo‘lish uchun sana va vaqtni ko‘proq uslub opsiyalari bilan sozlang.
Effektlarni yanada osonroq qo‘llang
Endi filtr va ohang effektlaridan Gelereyada surgich o‘rniga terishdan foydalanadi, bu esa shunchaki bir qo‘l bilan aniq sozlashlarni qilishni osonlashtiradi.
Nusxa ko‘chirish va qo‘yish effektlari
Endi siz filtrlar va ohanglarni o‘zingiz tahrirlagan bitta rasmdan boshqasiga nusxa ko‘chirishingiz va qo‘yishingiz mumkin.
Qo‘shimcha o‘zgarishlar
Ikki qo‘l bilan tortib o‘tkazish
Bitta qo‘l bilan fayllar, ilova ikonachalari yoki boshqa elementlarni tortishni boshlang, keyin o‘zingiz ularni tashlamoqchi bo‘lgan jild yoki joyga o‘tish uchun boshqa qo‘lingizdan foydalaning. Fayllarim va Asosiy ekranda qo‘llab-quvvatlanadi.
Saqlash joyi mavjud holda saqlang
Ichki xotirangizda bo‘sh joy kam qolganida, Fayllarim’da xotirani tahlil qilganingizda, ilovalar keshi ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Ilova keshlarini tozalash fayllar yoki ilovalarni o‘chirmasdan joy bo‘shatishga yordam beradi.
Qurilma ta’mirlanishidagi yaxshilangan operativ xotira boshqaruvi
Planshetingiz operativ xotirasidan foydalanadigan ilovalar haqida ko‘proq ma’lumotlar beriladi, bu juda koʻp operativ xotira ishlatilgan hollarda ilovalarni uyqu rejimiga qo‘yish imkoniyatini yaratadi.
Rejimingizni Bloklash ekrani dan o‘zgartiring
Uyqu rejimi, Haydash rejimi va boshqa rejimlar o‘rtasida bevosita Bloklash ekranidan o‘tkazing.
Qolipingizni Samsung Internet’da sozlang
Endi siz vazifalar panelini ekranning pastki qismida ko’rsatishingiz mumkin. Buni qilganingizda, yorliqlar paneli va xatcho‘plar paneli ham pastki qismida ko‘rsatiladi.
Reliz raqami : T575XXS5EWE3
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-06-21
Xavfsizlik darajasi : 2023-06-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXU4EWBA
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-03-09
Xavfsizlik darajasi : 2023-03-01
One UI 5.1 yangilanishi
One UI 5.1 yangi Galereya funksyalari va ish unumdorligining yaxshilangani va shaxs ehtiyojlariga moslashtirilgani hisobiga planshetingizni yangi darajaga olib chiqadi.
Galereya
Yanada kuchliroq qidirish
Endi Galereyada bir vaqtda bir necha odam yoki mavzuni qidirish mumkin. Hatto yuzlariga tegish orqali odamlarni ismlarini belgilamasdan qidirishingiz mumkin.
Yangilangan ma’lumotlarni ko‘rsatish
Galereyada rasm yoki videoni ko‘rib chiqayotganda, tepaga sursangiz, rasm qachon va qayerda olingani, qaysi qurilma suratga olgani, rasm qayerda saqlangani va ko‘proq narsalarni ko‘rish mumkin. Endi osonlashtirilgan qolip bilan.
Ko‘p vazifalilik
Osongina kichraytiring yoki to‘liq ekranga o‘tkazing
Siz endi opsiyalar menyusiga o‘tmasdan turib, ilova oynasini kichraytirishingiz yoki kattalashtirishingiz mumkin. Shunchaki burchaklaridan biridan tortib o‘tkazing.
Eng ko‘p foydalanadigan ilovalarga ajratilgan ekran orqali kiring
Alohida ekran ko‘rinishida boshlaganingizda o‘zingizga kerakli ilovalarni tezroq topishingizga yordam berish uchun siz eng ko‘p foydalanadigan ilovalar oxirgi foydalangan ilovalaringiz pastida ko‘rsatiladi.
DeX’dagi yaxshilangan ko‘p vazifalilik
Endi siz alohida ekran ko‘rinishida har ikkala oyna o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun bo‘lgichni ekran markaziga sudrab o‘tkazishingiz mumkin. Bundan tashqari, ekranning chorak qismini to‘ldirish uchun oynani burchaklardan biriga bog‘lab qo‘yishiningiz ham mumkin.
Rejim va kun tartiblari
Fon rasmlarini rejimingizga asoslangan holda o‘zgartiring
Joriy harakatlaringizga asoslangan holda turlicha fon rasmi o‘rnating. Ish uchun bitta fon rasmi, mashqlar bajarish uchun boshqa fon rasmi tanlang va hk.
Kun tartiblari uchun ko‘proq harakatlar
Yangi harakatlar Tezkor ulashish va Sensor sezgirligini boshqarish yoki shrift uslubini o‘zgartirishingizga imkon beradi.
Ob-havo
Foydali ma’lumotlarga tezkor kirish
Ob-havo ilovasi yuqori qismida keskin ob-havo ogohlantirishlari, kunlik ob-havo xulosalari va quyosh chiqishi/botishi vaqtlarini tekshiring. Harorat grafigi endi haroratning kun davomida qanday o‘zgarishini ko‘rsatish uchun ranglardan foydalanadi.
Soatlik yog‘ingarchilik grafigi
Endi soatlik grafik kunning turli vaqtlarida qancha yog‘in yoqqanini ko‘rsatadi.
Ob-havo vidjeti bo‘yicha qisqacha ma’lumot
Endi ob-havo vidjetida hozirgi ob-havo sharoitlari haqida qisqacha ma’lumot paydo bo‘lib, u havo quyoshli, bulutli bo‘lishi, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi haqida xabar beradi.
Samsung Internet
Internet saytlarini ko‘rib chiqishni boshqa qurilmada davom ettiring
Agar siz bitta Galaxy telefoni yoki planshetida internet saytlarini ko‘rib chiqayotgan bo‘lsangiz va keyinroq xuddi shu Samsung account hisob qaydnomasiga kirgan boshqa Galaxy qurilmasida Internet ilovasini ochsangiz, boshqa qurilmada ko‘rayotgan oxirgi veb-sahifani ochishga imkon beruvchi tugma paydo bo‘ladi.
Yaxshilangan qidirish
Qidiruvlaringiz endi xatcho‘plar jildlari va sahifa guruhlari nomlarini o‘z ichiga oladi. Yaxshilangan qidirish mantig‘i, agar biror narsa to‘g‘ri yozilmagan bo‘lsa ham, qidirayotgan narsangizni topish imkonini beradi.
Qo‘shimcha o‘zgarishlar
Qurilmalaringizning batareya zaryadi darajalarini tekshiring
Yangi Batareya vidjeti qurilmalaringiz batareyasi zaryadi qancha qolganini Asosiy ekranda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshirish imkonini beradi. Planshet, Galaxy Buds va boshqa Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalarda qancha batareya zaryadi qolganini ko‘rishingiz mumkin.
Parametrlar tavsiyalari
Samsung account hisob qaydnomasiga kirganingizda tavsiyalar Parametrlar ekranining yuqori qismida baham ko‘rish, ulanish va barcha Galaxy qurilmalarini ishlatishda qulaylikni oshirishga yordam berish uchun paydo bo‘ladi.
Ekran rasmlari va Ekran yozuvlarini qayerda saqlashni tanlang
Endi siz ekran rasmlari va ekran yozuvlari saqlanadigan jildni o‘zgartirishingiz mumkin.
Reliz raqami : T575XXS4EWB1
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2023-02-16
Xavfsizlik darajasi : 2023-02-01
• Xavfsizlik
Ushbu qurilma yaxshilangan xavfsizlik bilan himoyalangan.
Reliz raqami : T575XXU3EVK7
Android versiya : T(Android 13)
Reliz sanasi : 2022-12-12
Xavfsizlik darajasi : 2022-11-01
One UI 5 yangilanishi (Android 13)
One UI 5 sizga kuchliroq shaxsiylashtirish imkonini beradi va Galaxy qurilmalaringiz bo‘ylab ishlarni bajarishni osonlashtiradi.
Vizual dizayn
Yangi ilova ikonachalari va illyustratsiyalar
Skanerlashni osonlashtiradigan qalinroq ko‘rinish uchun ikonacha belgilari kattaroqdir. Nozik fon gradientlari va yaxshilangan kontrast yangiroq, yanada tabiiyroq tuyg‘u beradi. Barcha ilovalarga izchil ko‘rinish berish uchun yangi yordam rasmlari yaratilgan.
Har qachongidan ham ko‘ra silliqroq
Yangi animatsiyalar va oʻtish effektlari ekranlar oʻrtasida almashishni tabiiyroq qiladi. Animatsiyalar va boshqa vizual fikr-mulohazalar ekranga teginish bilan bir zumda paydo bo‘lib, o‘zaro aloqalarni yanada intuitiv qiladi. Aylantirib o‘tkazish tezligi One UI bo‘ylab aylantirishni yanada silliqroq qilish uchun ham yaxshilandi.
Kengaytirilgan xiralashtirish effektlari va ranglar
Tezkor panelda, Asosiy ekranda va butun One UI bo‘ylab fonni xiralashtirish effektlari yanada tiniqroq va izchil tajriba uchun yorqinroq ranglar bilan takomillashtirildi. Soddalashtirilgan ilova rang sxemalari sizni chalg‘itadigan narsalardan qochishga va joriy vazifangizga e’tiboringizni qaratishga yordam beradi.
Moslashtirish
Bloklash ekraningizni moslashtiring
Tahrirlash uchun shunchaki Bloklash ekraniga teging. Nima soddaroq bo‘lishi mumkin? Jonli razm solish bilan fon rasmingiz, soat uslubi, bildirishnoma sozlamalari kabilarning hammasini bir joyda sozlang.
Ko‘proq fon rasmi tanlovlari
Fon rasmi sozlamalari qayta ishlab chiqilgan bo‘lib, uy va Bloklash ekranlari uchun mukammal fon rasmini topishni osonlashtiradi. Har qachongidan ham ko‘proq rasmlar, videolar, ranglar va filtrlar mavjud.
Rang palitrangiz uchun ko‘proq variantlar
Sizga aynan mos tushadigan ranglarni topish osonroq. Fon rasmi asosida 16 tagacha rang mavzularidan, shuningdek, ajoyib koʻrinishga moʻljallangan oldindan oʻrnatilgan rang mavzularidan tanlang.
Kim qo‘ng‘iroq qilayotganini oson ko‘ring
Shunchaki qisqa nazardayoq kim qo‘ng‘iroq qilayotganini ko‘rish uchun har bir kontaktga boshqacha qo‘ng‘iroq fonini o‘rnating.
Rejim va kun tartiblari
Faoliyatingiz asosida rejimlar tanlang
Mashq qilish, ishlash yoki dam olish kabi nima qilayotganingizga qarab rejimni tanlang, so‘ngra har bir vaziyatda telefoningiz nima qilishi kerakligini tanlang. Masalan, dam olayotganda “Bezovta qilmang” funksiyasini yoqing yoki mashina haydash paytida musiqa tinglang.
Uxlash vaqti rejimi endi Uyqu rejimidir
Uyqu rejimi uyqu vaqti kelganda Qorong‘i rejimni yoqish va ovoz rejimini oʻzgartirish kabi ko‘proq amallarni avtomatlashtirish imkonini beradi.
Oldindan sozlangan kun tartiblarini izlash osonroq
Soddalashtirilgan tartib sizga foydali bo‘lgan kun tartiblarini topishni osonlashtiradi.
Ishlayotgan kun tartiblarini tez tekshiring
Hozirda ishlayotgan kun tartiblari endi Kun tartiblari ekranining yuqori qismida ko‘rsatiladi, shunda nima bo‘layotganini tushunishingiz va kerak bo‘lganda o‘zgartirishlar kiritishingiz mumkin.
Kun tartiblaringiz uchun ko‘proq harakatlar va shartlar
Parvoz rejimi yoki Mobil ulanish nuqtasidan foydalanganda kun tartiblarini avtomatik ravishda boshlang. Kun tartiblari endi ilovalar juftlarini ochishi va chap/o‘ng ovoz balansini sozlashi mumkin.
Asosiy ekran vidjetlari
Vidjetlarni Asosiy ekraningizga to‘plang
Asosiy ekranda joy tejash uchun bir xil oʻlchamdagi bir nechta vidjetlarni bitta vidjetga birlashtiring. Stek yaratish uchun vidjetni boshqa vidjetga sudrab boring, so‘ngra vidjetlar o‘rtasida almashish uchun suring. Istalgan vaqtda sudrab olib tashlash orqali stekingizga qoʻshimcha vidjetlar qoʻshishingiz mumkin.
Ulangan qurilmalar
Ulangan qurilmalaringiz bilan ko‘proq narsalarni qiling
Ulangan qurilmalar menyusi Parametrlarga qo‘shildi, bu Tezkor ulashish, Smart View va Samsung DeX kabi boshqa qurilmalar bilan ishlaydigan funksiyalarga kirishni tezlashtiradi va osonlashtirdi.
Televizoringizdagi bildirishnomalarni yashirish
Smart View yordamida planshetingizdagi kontentni televizoringizda ko‘rib chiqish vaqtida, shaxsiy ma’lumotni boshqalar ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun televizoringizda bildirishnomalarni yashirish funksiyasini tanlashingiz mumkin.
Planshetingizdagi tovushni istalgan Chromecast qurilmasida ijro eting
Mavjud Chromecast qurilmalari planshetingizning tezkor panelidagi Media chiqish tugmasini bosganingizda paydo bo‘ladi. Shunchaki musiqa yoki boshqa audio kontentni ijro qilmoqchi bo‘lgan qurilmaga teging.
Kamera va Galereya
Pro rejimi bilan yordam olish
Yordam ikonachasi Pro va Pro video rejimlarida paydo bo‘ladi. Turli linzalar, opsiyalar va boshqaruv elementlaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar va ko‘rsatmalar olish uchun ikonachani bosing.
Rasmlaringizga suv belgilari qo‘shing
Har bir rasmga suratga olingan sana va vaqt, planshetingiz modeli nomi yoki boshqa maxsus ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan suv belgisini avtomatik ravishda qoʻshing.
Filtrlarni yanada osonroq tanlang
Filtrni tanlash menyusi Kamera, Rasm tahriri va Video editor’da soddalashtirilgan. Barcha filtrlar bitta roʻyxatda mavjud boʻlib, bu sizning rasmingiz yoki videongiz uchun mukammal filtrni topishni osonlashtiradi.
Galereyadagi albomlarni sozlang
Bir xil nomga ega albomlarni birlashtiring va siz tanlaydigan odamlarning rasmlarini o‘z ichiga olish uchun avtomatik tarzda yangilanuvchi albomlar yarating. Endi baham ko‘rilgan albomlaringiz boshqa albomlaringiz bilan birga paydo bo‘ladi.
Hikoyalar uchun butunlay yangi ko‘rinish
Galereyangizda avtomatik ravishda yaratilgan hikoyalar interaktiv slayd-shou ko‘rinishi bilan yangilandi. Hikoyangizdagi rasmlar va videolar bo‘ylab o‘tish uchun shunchaki bosing yoki suring.
Foto va video muharrir
Istalgan rasmdan stikerlar yarating
Galereyangizdagi istalgan rasmdan qayta ishlatiladigan stikerlar yarating. Faqat rasmning stiker sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan qismini tanlang, so‘ngra konturlarning qalinligi va rangini sozlang.
GIF fayllarini tahrirlash uchun ko‘proq usullar
Animatsiyalangan GIF fayllarni to‘g‘ri o‘lchamda yaratish uchun ularning nisbatlarini kesishingiz va sozlashingiz mumkin. Shuningdek, siz GIF faylni xohlaganingizcha bezash uchun harakatsiz tasvirlar uchun mavjud bo‘lgan bir xil tahrirlash xususiyatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Hattoki tahrirlashdan keyin ham portret rejimi effektlarini saqlang
Portret rejimi effektlari endi kesish yoki filtrlarni o‘zgartirgandan keyin ham saqlanib qoladi, shuning uchun istalgan vaqtda fon xiralashishini sozlashingiz mumkin.
Rasmlar va videolarda mukammal shakllar chizing
Doira, uchburchak, to‘rtburchak yoki yurak kabi shaklni chizish uchun qalam vositasidan foydalaning. Chizishni tugatgandan so‘ng barmog‘ingizni ekranda ushlab turing va uni darhol tekis chiziqlar va mukammal burchaklarga aylantiring.
Fotosuratlar va videolar uchun yangi stikerlar
Rasm va videolaringizni bezash uchun 60 ta yangi oldindan yuklangan emoji stikerlari mavjud.
Samsung DeX
Samsung DeX’dagi yaxshilangan vazifalar paneli
Siz foydalanmoqchi bo‘lgan ilovalarni topishni osonlashtirish uchun qidirish tugmasi qo‘shildi va ilova ichidagi vazifalarga tezda kirish uchun ayrim ilovalarga o‘ng tugmani bosishingiz mumkin. Shuningdek, vazifalar panelida qaysi tugmalar paydo bo‘lishini sozlashingiz mumkin.
DeX’dagi yangi bildirishnoma indikatori
Agar bildirishnoma panelini oxirgi marta ochganingizdan keyin yangi bildirishnomalar olingan bo‘lsa, vazifalar panelidagi bildirishnoma tugmasida qizil nuqta paydo bo‘ladi.
DeX’dagi mini kalendar
Vazifalar panelidagi sanani bosish endi mini kalendarni ochadi, bu sizga to‘liq Kalendar ilovasini ochmasdan jadvalingizni tezda tekshirish imkonini beradi.
Bildirishnomalar
Faqat o‘zingiz ruxsat bergan bildirishnomalarni oling
Biror-bir ilovadan birinchi marta foydalanayotganingizda sizdan undan bildirishnomalar olishni xohlashingiz yoki yo‘qligi so‘raladi. Sizni bezovta qilishini xohlamaydigan ilovalarga bemalol yo‘q deyavering.
Ilovaning bildirishnomalarni boshqarish tugmalariga osonroq kirish
Ilova juda ko‘p bildirishnomalar yuborayaptimi? Ilovaning bildirishnomalarni boshqarish tugmalarini yuqoriga joylashtiruvchi qayta tuzilgan bildirishnoma parametrlari bilan buni bloklab qo‘yish har qachongidan ham ko‘ra osonroq. Bundan tashqari, bildirishnoma panelining pastki qismidagi tugma yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova bildirishnoma parametrlariga o‘tishingiz mumkin.
Ilovalarning qanday bildirishnoma turlarini yuborishi mumkinligini tanlang
Endi siz ilovalarning Bloklash ekranida qalqib chiquvchi bildirishnomalar, ilova ikonacha nishonlari va bildirishnomalarni ko‘rsatishi yoki ko‘rsata olishi ustidan alohida nazoratga egasiz. Barcha turlarga, ayrim turlarga ruxsat bering yoki birortasiga ham ruxsat bermang. Buni siz hal qilasiz.
Bildirishnomalar uchun yangi qolip
Ilova ikonachalari kattaroq bo‘lib, bu qaysi ilova bildirishnoma yuborganini ko‘rishni osonlashtiradi. Bildirishnomalarni o‘qishni osonlashtirish uchun matnni tekislash ham yaxshilandi.
Parametrlar
Har bir ilova uchun til o‘rnating
Ayrim ilovalarni bir tilda, boshqa ilovalarni boshqa tilda ishlatmoqchimisiz? Endi har bir ilova uchun qaysi til ishlatilishini Parametrlar orqali tanlashingiz mumkin.
Bezovta qilmang rejimi uchun istisnolar o‘rnating
Endi siz alohida kontaktlarni Bezovta qilmang rejimiga istisno sifatida o‘rnatishingiz mumkin. Siz tanlagan odamlar sizga qo‘ng‘iroq qilganda va xabarlar yuborganda, hatto Bezovta qilmang rejimi yoqilgan bo‘lsa ham telefoningiz jiringlaydi yoki tebranadi. Ilovalarni istisno sifatida o‘rnatish ham osonroq bo‘lib, hatto Bezovta qilmang rejimi yoqilgan bo‘lsa ham ulardan bildirishnomalar olasiz. Shunchaki yangi setkadan ruxsat bermoqchi boʻlgan ilovalarni tanlang.
Yaxshilangan ovoz va vibratsiya parametrlari
Menyular kerakli ovoz va vibratsiya opsiyalarini topishni osonlashtirish uchun qayta tashkil etilgan. Ringtoningizni o‘rnating va ovoz balandligi va vibratsiya parametrlarini o‘zgartiring, barchasi bir joyda.
RAM Plus uchun ko‘proq opsiyalar
Agar sizga kerak bo‘lmasa yoki xotira joyidan foydalanishni istamasangiz, RAM Plus endi Qurilma ta’mirlanishida butunlay o‘chirib qo‘yilishi mumkin.
Avtomatik optimallashtirish
Qurilma ta’mirlanishi fonda avtomatik optimallashtirishni amalga oshirish orqali planshetingiz muammosiz ishlashini ta’minlaydi. Planshetingizni eng yaxshi holatda ushlab turish uchun planshetingizni kerak boʻlganda avtomatik ravishda qayta ishga tushirishni sozlashingiz mumkin.
Xavfsizlik va maxfiylik
Planshetingizning xavfsizlik holatini bir qarashda tekshiring
Parametrlardagi yangi Xavfsizlik vositalar paneli telefoningizda xavfsizlik muammolari bor yoki yo‘qligini ko‘rsatadi va ularni tezda tuzatishga yordam beradi.
Veb-saytlar uchun xavfsizlik va maxfiylik ma’lumotlari
Samsung Internet-dagi manzil satrida saytning xavfsizlik holatini ko‘rsatish uchun ikonacha paydo bo‘ladi. Veb-sayt qaysi ma’lumotlarni to‘plashi va kuzatishini bilish uchun ikonachani bosing.
Ta’mirlash rejimi
Boshqa biror kishi planshetingizdan foydalanayotganda, masalan, uni ta’mirlash uchun yuborganingizda maxfiyligingizni himoya qiling.
Foydalanish imkoniyati
Tezkor paneldagi ko‘proq foydalanish imkoniyati opsiyalari
Osonroq kirish uchun tezkor panelga yuqori kontrastli shrift va Rangni aylantirishni qo‘shish mumkin.
Ko‘proq og‘zaki yordam
Ekranni aniq ko‘ra olmasangiz ham, planshetingizdan foydalanishda yordam olish uchun turli xil ovozli fikr-mulohazalardan tanlang. Toʻgʻri harfni kiritganingizga ishonch hosil qilish uchun planshetingizni klaviaturadagi matnni oʻqib beradigan qilishingiz hamda videoda nima sodir boʻlayotganini tushuntiruvchi audio tavsiflarni yoqishingiz mumkin (faqat qoʻllab-quvvatlanadigan videolar uchun).
Foydalanish imkoniyati tugmangizni osongina tahrirlang
Tugma yordamida kirishingiz mumkin bo‘lgan xususiyatlarni tezda o‘zgartirish uchun Foydalanish imkoniyati tugmasini bosing va ushlab turing.
Burchak harakatlari uchun yangi harakatlar mavjud
Agar siz sichqoncha yoki trekpaddan foydalanayotgan bo‘lsangiz, sichqoncha ko‘rsatkichini ekranning 4 burchagidan biriga olib borganingizda yangi amallar mavjud bo‘ladi. Siz endi bosishingiz va bosib turishingiz yoki tortib o‘tkazishingiz mumkin.
Qo‘shimcha o‘zgarishlar
Birdaniga bir necha marta foydalanish
Endi siz boshqa taymer ishlayotgan bo‘lsa ham Soat ilovasida yangi taymerni ishga tushirishingiz mumkin.
Emoji juftliklari uchun yangi emojilar mavjud
Samsung klaviaturasida emoji juftligini yaratish uchun 80 ta qo‘shimcha emojidan foydalanish mumkin. Endi siz yuz ifodalaridan tashqari hayvonlar, ovqat va boshqa narsalarga asoslangan holda emojilarni birlashtirishingiz mumkin. Sizning his-tuyg‘ularingizni yetkazish uchun mukammal kombinatsiyani tanlang.
Taqvim tadbiriga taklif qilinganlar ustidan koʻproq nazorat
Samsung Kalendar ilovasida Google kalendaringizga hodisa qo‘shganingizda, taklif qilinganlarga tadbirga yana kimlar taklif qilinganligini ko‘rishga ruxsat berish yoki boshqa odamlarni taklif qilish imkoniyatini tanlashingiz mumkin.
Tadbirlaringizga video anjumanlar qo‘shish
Samsung Kalendar ilovasida Google Kalendar tadbirini yaratganingizda, bir vaqtning o‘zida video anjumanni o‘rnatishingiz mumkin. Tadbiringizga taklif qilingan har bir kishi video anjuman havolasini oladi.
Google kalendaringizga stikerlar qo‘shing
Ularni bir qarashda ko‘rish oson bo‘lishi uchun Samsung Kalendar ilovasida Google kalendar tadbirlariga stikerlar qo‘shing. Stikerlar kalendar va kun tartibi ko‘rinishlarida ko‘rsatiladi.
Bugun kelishi kerak bo‘lgan eslatmalardan xabardor bo‘ling
Yangi Bugun toifasi faqat bugun kelishi kerak bo‘lgan eslatmalarni ko‘rsatadi. Shuningdek, Reminders ilovasidagi asosiy ekranning yuqori qismida bugun kelishi kerak bo‘lgan eslatmalarni tekshirishingiz mumkin.
Bajarilgan eslatmalarni ko‘rsatish va yashirish
Siz istalgan toifadagi bajarilgan eslatmalarni ko‘rsatish yoki yashirishni tanlashingiz mumkin. Nimalarni qilib bo‘lganingizni ko‘rish uchun ko‘rsating yoki hali yakunlashingiz kerak bo‘lgan narsalarni diqqatingizni qaratish uchun yashiring.
Saqlangan veb-hujjatlarni jildlar o‘rtasida tortib o‘tkazing
Ularni jildlar o‘rtasiga tortib o‘tkazish orqali Samsung Internet saqlangan veb-hujjatlaringizni tartiblangan holda saqlang.
Fayllarim jildidagi yanada kuchli qidirish
Barcha fayllarni yoki faqat joriy ilovadagi fayllarni qidirishni tanlang. Siz yana faqat fayl nomlarini qidirish bilan hujjatlardagi matn yoki tasvirlardagi joylashuv haqida ma’lumot kabi fayllar ichidagi ma’lumotlarni qidirishdan birini tanlashingiz ham mumkin. Qidirishingiz yakunlanganida siz natijalarni nomi, sanasi, hajmi yoki fayl turi bo‘yicha saralashingiz mumkin.
Raqamli farovonlik bilan qayta loyihalangan
Yangi asboblar paneli foydalanish tafsilotlarini aniqroq taqdim etadi va ilova taymerlari va ekran vaqti hisobotlari kabi kerakli funksiyalarga kirishni osonlashtiradi.
Favqulodda holatlarda yordam olish
Gaplasha olmasangiz ham, favqulodda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilish uchun Yon tugmachani 5 marta tez bosing.
Ilovalar nomlarini Ilovalar yon panelida ko‘rsating
Ilovalar nomlarining ilovalar ikonachalarining tagida paydo bo‘lishi uchun Ilovalar nomlarini ko‘rsatishni yoqing.
Ayrim ilovalar One UI 5 versiyasi yangilanishidan keyin alohida yangilanishi lozim.
Reliz raqami : T575XXS3DVK2
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-11-18
Xavfsizlik darajasi : 2022-11-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU3DVIB
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-10-13
Xavfsizlik darajasi : 2022-08-01
One UI 4.1.1 yangilanishi
Ko‘p vazifalilik
Ilovalar o‘rtasida tez o‘ting
Ilovalar o‘rtasida tezkor navigatsiya uchun vazifalar paneli endi ekranning quyi qismida paydo bo‘yladi.
Ilovalarni bo‘lingan ekranda yoki qalqib chiquvchi oynada tez oching
Qaysi biri siz uchun qulay bo‘lishiga qarab ilovalarni ochish uchun ularni vazifalar panelidan yoki Oxirgilar ekranidan sudrang. Bo‘lingan ekranda ochish uchun ekranning yuqori, quyi, chap yoki o‘ng qirrasiga sudrang. Qalqib chiquvchi oynada ochish uchun ekranning markaziga sudrang.
Ilova juftlarini tez oching
O‘zingiz birgalikda foydalanadigan ilovalarni juftlang, keyin ularni bir marta tegish bilan alohida ekranda ocha olishingiz uchun Asosiy ekranga qo‘shing.
Qalqib chiquvchi oynadan osongina alohida ekranga o‘ting
Ilovadan qalqib chiquvchi oynada foydalanayotganingizda shunchaki oyna dastasi ichidagi alohida ekran tugmasini bosing. U bilan birgalikda ochish uchun ikkinchi ilovani tanlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ishora bilan ko‘rib chiqishingizni o‘zgartiring
Ikkita barmog‘ingiz bilan ekranning chap tomoni, o‘ng tomoni yoki quyi qismidan ichkari tomonga turtish orqali to‘liq ekrandan alohida ekran ko‘rinishiga o‘ting. Bitta barmog‘ingiz bilan ekranning yuqori qismidagi istalgan burchakdan ichki tomonga turtish orqali to‘liq ekrandan qalqib chiquvchi oyna ko‘rinishiga o‘ting. Ishoralarni Parametrlarda yoqib yoki o‘chirib qo‘yish mumkin.
Ilovalar nomlarini Ilovalar yon panelida ko‘rsating
Ilovalar nomlarining ilovalar ikonachalarining tagida paydo bo‘lishi uchun Ilovalar nomlarini ko‘rsatishni yoqing.
Yangi qo‘ng‘iroq qilish opsiyalari
Kim qo‘ng‘iroq qilayotganligini osongina ko‘ring
Shunchaki qisqa nazardayoq kim qo‘ng‘iroq qilayotganligini ko‘rish uchun har bir kontaktga boshqacha qo‘ng‘iroq fonini o‘rnating.
Google Meet bilan video qo‘ng‘iroqlar
Google Duo xizmati Google Meet bilan birlashtirildi. Endi siz Google Meet xizmati yordamida bir joydan turib 1:1 video qo‘ng‘iroqlarga hamda guruhli video konferens-aloqalariga qo‘shilishingiz mumkin.
Samsung klaviaturasi bilan o‘zingizni ifodalang
Ifodalash tugmalarini qayta tartiblang
Ularni qayta tartiblash uchun emoji, stiker va boshqa tugmalarni bosib turing.
Klaviaturadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kaomoji kiriting
Klaviatura belgilaridan foydalanib yaratilgan oldindan sozlangan yaponcha uslubdagi yuz ifodalari bilan chatlaringiz va matnlaringizga mazmun bag‘ishlang. (*^.^*)
Ko‘proq yaxshilashlar
Fayllarim jildidagi yanada kuchli qidirish
Barcha fayllarni yoki faqat joriy ilovadagi fayllarni qidirishni tanlang. Siz yana faqat fayl nomlarini qidirish bilan hujjatlardagi matn yoki tasvirlardagi joylashuv haqida ma’lumot kabi fayllar ichidagi ma’lumotlarni qidirishdan birini tanlashingiz ham mumkin. Qidirishingiz yakunlanganida siz natijalarni nomi, sanasi, hajmi yoki fayl turi bo‘yicha saralashingiz mumkin.
Bloklash ekraningizdagi fon rasmlari to‘plamini tahrirlang
Bloklash ekraningiz fon rasmi sifatida foydalanish uchun tasvirlar guruhini tanlagandan keyin siz keyinchalik tasvirlarni osongina qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin.
Reliz raqami : T575XXU3CVH1
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-08-16
Xavfsizlik darajasi : 2022-06-01
• GPS
Barqarorlik yaxshilandi.
Reliz raqami : T575XXU3CVF2
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-06-22
Xavfsizlik darajasi : 2022-06-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU3CVE1
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-05-18
Xavfsizlik darajasi : 2022-03-01
• Qurilmangizning umumiy barqarorligi yaxshilandi.
Reliz raqami : T575XXU3CVD1
Android versiya : S(Android 12)
Reliz sanasi : 2022-04-12
Xavfsizlik darajasi : 2022-03-01
One UI 4.1 yangilanishi (Android 12)
One UI 4.1 Galaxy qurilmalaringiz uchun keng ko‘lamdagi yangi imkoniyatlar va yaxshilanishlarni keltiradi. Yanada intuitiv, yanada qiziqarli, yanada xavfsiz va har qachongidan ham osonroq.
Quyida o‘zgarishlarni ko‘rib chiqing.
Rang palitrasi
Fon rasmingizga asoslangan holda noyob ranglar bilan planshetingizni sozlang. Ranglaringiz butun planshetingiz bo‘ylab menyular, tugmalar, fonlar va ilovalarga qo‘llanadi.
Maxfiylik
One UI 4.1 shaxsiy ma’lumotlaringiz begonalarning qo‘llariga tushib qolmasligi uchun kuchli maxfiylik himoyasini taklif qiladi.
Ruxsatlar haqidagi ma’lumotlar bir qarashda
Har bir ilova Ruxsatlardan foydalanishdagi Joylashuv, Kamera yoki Mikrofon kabi sir tutiluvchi ruxsatlardan foydalanganida buni ko‘rib turing. Siz o‘zingizga maqbul bo‘lmagan har qanday ilovaga ruxsatlarni rad qilishingiz mumkin.
Kamera va mikrofon indikatorlari
Begona ko‘zlar va quloqlardan uzoqroq tuting. Biror-bir ilova kamera yoki mikrofondan foydalanayotganida ekranning yuqori o‘ng burchagida yashil nuqta paydo bo‘ladi. Barcha ilovalarning kamera yoki mikrofondan foydalanishini vaqtinchalik bloklab qo‘yish uchun tezkor panel boshqaruv tugmalaridan ham foydalanishingiz mumkin.
Taxminiy joylashuv
Aniq joylashuvingizni maxfiy saqlang. Aniq qayerda ekaningizni bilishi kerak bo‘lmagan ilovalarni faqatgina umumiy hudidingizdangina foydalanadigan qilib sozlashingiz mumkin.
Bufer himoyasi
Parollaringiz, kredit karta raqamlari va boshqa sir tutilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni xavfsiz holda saqlang. Biror-bir ilova boshqa ilovada buferga nusxa olingan ma’lumotlarga kirganida ogohlantiruvchi xabar olishingiz mumkin.
Samsung klaviaturasi
Samsung klaviaturasi shunchaki matn terish uchungina emas, balki o‘z fikrlaringizni ifodalash va mazza qilib foydalanish uchundir.
GIF fayllari, emojilar va stikerlarga tezkor kirish
Bir bosishda o‘z hissiyotlarini ifodalash mumkin. Bitta tugma bilan emojilaringiz, GIF fayllaringiz va stikerlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri klaviaturadan oling.
Animatsiyalangan emoji juftliklari
Mos emojini topa olmayapsizmi? Ikkita emojini birlashtiring, keyin butun hissiyotlaringizni olish uchun animatsiya qo‘shing.
Yanada ko‘proq stikerlar
Yuklab olish mumkin bo‘lgan yangi animatsiyali stikerlar bilan suhbatlaringizga mazmun qo‘shing.
Yozish boʻyicha yordamchi
Grammarli asosida ishlovchi yangi Yozish boʻyicha yordamchi (faqat ingliz tili) bilan grammatikangiz va orfografiyangizni xatosiz bo‘lishini ta’minlang.
Asosiy ekran
Hammasi sevimli ilovalaringiz va funksiyalaringizni bir bosishda ishga tushirish mumkin bo‘lgan Asosiy ekranda boshlanadi. One UI 4.1 asosiy ekraningizni hamma vaqt eng yaxshi holatda bo‘lishiga yordam beradi.
Yangi vidjet dizayni
Vidjetlar har qachongidan ham ko‘ra yaxshiroq ko‘rinishi uchun bir qarashga ko‘rish oson bo‘lgan va yana uyg‘un uslubdagi ma’lumotlar bilan qaytadan yaratildi.
Vidjetlarni osonroq tanlash
Mos vidjetni topishga qiynalayapsizmi? Endi siz har bir ilovadan qaysi vidjetlar mavjudligini ko‘rish uchun vidjetlar ro‘yxati bo‘ylab aylantirib o‘tishingiz mumkin. Siz yana sinab ko‘rish uchun foydali vidjetlar bo‘yicha tavsiyalar olasiz.
Bloklash ekrani
Bu musiqalaringizni boshqarish, rejangizni tekshirish yoki eng yaxshi g‘oyalaringizni ushlab qolish bo‘ladimi, tezkor topshiriqlarni planshetingizni blokdan chiqarmasdan turib bajarish uchun vidjetlardan foydalaning.
O‘zingiz xohlagan joydan tinglang
Audio chiqishini quloqchinlardan planshetingizdagi karnaylarga o‘tkazing, buning barchasini Bloklash ekranidan bajaring.
Ovozni yozib olish
Ajoyib g‘oya keldimi? Planshetingizni blokdan chiqarmasdan turib ovozli yozuv yozib oling.
Kalendar va reja birdaniga
Bloklash ekranida oyning qolgan qismi uchun kalendaringiz bo‘ylab bugunning rejasini ko‘ring.
Kamera
Rasmlar va videolar olish vaqtida soddaroq maketdan bahra oling. Yorugʻlik past bo‘lganda yoki siz hujjat skanerlayotganingizda sahnani optimallashtirish tugmasi faqat Fotosurat rejimida paydo bo‘ladi.
Obyektiv va masshtablash
Obyektiv ikonachalari qanchalik kattalashtirganligingizni ko‘rsatish uchun kattalashtirish darajasini ko‘rsatadi.
Hech qachon lahzalarni o‘tkazib yubormaydigan video
Yozish siz tugmani qo‘yib yuborishingiz o‘rniga Yozib olish tugmasini bosishingiz bilan boshlanadi, shuning uchun qimmatli lahzalarni ular o‘tib ketmasidan turib ushlab qolishingiz mumkin. Foto rejimda siz tezkor video yozishni boshlash uchun Obyektiv turgmasini bosib turishingiz, keyin Obyektiv tugmasini bosib turmasdan yozishni davom ettirish uchun barmog‘ingizni Bloklash ikonachasiga olib borishingiz mumkin.
Yaxshilangan skanerlash
Hujjatlarni skanerlang, keyin kattalashtirish uchun kattalashtirish shishasiga bosing va ularni darhol tahrirlang. Siz QR-kodni skanerlagandan keyin shunchaki ularning kontaktlarini planshetingizga qo‘shish o‘rniga biror kimga qo‘ng‘iroq qilish yoki elektron xat yozish kabi ko‘proq narsalarni qilishingiz ham mumkin.
Galereya
Siz minglab rasmlar va videolar yoki shunchaki bir necha qimmatli lahzalarni olganingizdan qat’iy nazar Galereya sizga kerakli narsalarni topish va to‘plamingizni tartiblangan holda saqlashga yordam beradi.
Yaxshilangan hikoyalar
Avtomatik tarzda yaratiluvchi ajratib ko‘rsatilgan videolar bilan hikoyalaringizni jonlantiring. Ko‘rish uchun shunchaki har bir hikoyaning tepa qismida joylashgan dastlabki ko‘rish tugmasini bosing. Siz yana yangi Xarita ko‘rinishida hikoyalaringizdagi rasmlarning qayerda olinganligini ko‘rib chiqishingiz ham mumkin.
Osonroq albomlar
Albomlaringizni osonroq tartiblang –hattoki ularda minglab rasmlar bo‘lsa ham. Haqiqatda siz sevimli va eng foydali albomlaringiz doimo ro‘yxatning boshida bo‘lishi uchun albomlarni ularda qancha rasm va video borligiga ko‘ra tartiblashingiz mumkin. Albomda nimalar borligini yaxshiroq bilishingiz uchun biror-bir albomni ko‘rganingizda ekranning yuqori qismida muqova tasviri ham paydo bo‘ladi.
Behavotir tahrirlash
Asl nusxasini yo‘qotib qo‘yish to‘g‘risida xavotirlanmasdan tahrirlangan rasmlarni istalgan vaqtda asl versiyasi holatiga qaytaring.
Ma’lumotlar ustidan ko‘proq boshqaruv
Rasmlaringizdagi sana, vaqt va joylashuv ma’lumotlarini tuzatish yoki maxfiy saqlash uchun o‘zgartiring yoki olib tashlang. Siz bir nechta rasmni tanlashingiz va ulardagi ma’lumotlarni birdaniga tahrirlashingiz mumkin.
Foto va video tahrirchi
Ayrim hollarda fotosuratlaringiz va videolaringizga tuzatish kiritishga to‘g‘ri keladi. Rasmlaringizni ulashishdan avval ularning ko‘rinishlarini yaxshilash uchun One UI foto va video muharrirlari mavjud.
Emojilar va stikerlar
Uyalayotgan do‘stingiz yuzini yopish uchun emojidan foydalaning yoki qiziqarli rasmlar va videolar yaratish uchun stikerlar qo‘shing.
Video kollajlar
Rasmlar, videolar yoki ularning har ikkalasini ham o‘z ichiga oluvchi harakatlanuvchi kollajlar yarating. Eng mos lahzalarni tanlab oling va san’at asaringizni yarating.
Als nusxani yo‘qotmaysiz
Bemalol tahrirlayvering! Endi siz rasmlar va videolarni ular saqlanganidan keyin boshlang‘ich versiyalariga qaytarishingiz yoki ham asl nusxalari, ham tahrirlangan versiyalarini saqlash uchun ularni saqlashingiz mumkin.
Bitta rasmdan boshqasiga qo‘yish
Yuzlar, uy hayvonlari, binolar kabilarni aralashtirish va solishtirish bilan tajribalar o‘tkazing. Siz rasmdan xohlagan obyektni qirqib olishingiz va uni boshqa rasmga qo‘yishingiz mumkin.
Ulashish
One UI ulangan holda bo‘lishingiz va tajribalaringizni boshqalar bilan ulashishingizga yordam beradi. Shunchaki istalgan ilovadagi Ulashish tugmasini bosing.
Ko‘proq moslashtirish
Ulashishni o‘zingizniki qiling. Tartibsizlikdan uzoqroq bo‘lish va faqat o‘zingiz ko‘p ishlatadigan ilovalarga diqqatni qaratish uchun kontentni ulashayotganingizda paydo bo‘luvchi ilovalar ro‘yxatini sozlashingiz mumkin.
Osonroq navigatsiya
Yangi qolip va yaxshiroq navigatsiya ulashishni bir lahzalik ishga aylantiradi. Ulashayotganingizda ilovalar va kontaktlar bo‘ylab aylantirib o‘tkazish uchun chapga yoki o‘ngga turting.
Kalendar
One UI 4.1 ishlar bilan to‘la hayotingizni tartibli saqlashni har qachongidan ham ko‘ra osonroq qiladi.
Ish jadvalingizni Asosiy ekranda tekshiring
Yangi vidjet bir kunlik ish jadvalingizni bir oylik to‘liq kalendar bilan birga ko‘rsatadi.
Tezkor qo‘shish hodisalari
Kalendaringizga biror narsani shoshilinch qo‘shishingiz kerakmi? Shunchaki sarlavha qo‘shing va shuni o‘z yetarli.
Ko‘proq qidirish opsiyalari
Kalendar hodisalaringizni qidirish uchun sizda usullar har qachongidan ham ko‘ra ko‘proqdir. Oxirgi qidirish kalit so‘zlaridan tanlang yoki rang yoxud stiker bo‘yicha filtrlang.
Boshqalar bilan ulashish
Ba’zan boshqalarni xabardor qilgan holda bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Endi kalendarlaringizni boshqa Galaxy foydalanuvchilari bilan ulashish osonroqdir.
Sana va vaqtni osonroq tanlash
Alohida sana va vaqt tanlash opsiyalari bilan hodisa tafsilotlarini o‘rnatish bir lahzalik ishdir.
O‘chirib tashlangan tadbirlarni qayta tiklash
Siz o‘chirib tashlaydigan tadbirlar 30 kun davomida keraksiz narsalar savatida turadi, shuning uchun kerak bo‘lganida ularni qaytarib olishingiz mumkin.
Samsung Internet
One UI’ning tezkor va xavfsiz veb-brauzeri endi o‘zingiz qidirayotgan veb-sahifalarni topishni va maxfiyligingizni himoya qilishni yanada osonlashtiradi.
Qidirish tavsiyalari
Manzillar satriga matn kiritayotganingizda ko‘proq qidirish tavsiyalarini oling. Natijalar butunlay yangi dizaynda paydo bo‘ladi.
Asosiy ekrandan qidirish
Yangi qidirish vidjeti shundoq Asosiy ekrandan turib qidirayotganlaringizni topishga yordam beradi.
Sir rejimida boshlash
Agar siz oxirgi seansingizda Sir rejimidan foydalangan bo‘lsangiz, maxfiyligingizni himoya qilish uchun Samsung Internet avtomatik tarzda Sir rejimida ishlashni boshlaydi.
Qurilma ta’mirlanishi
Planshetingizning ishlashi, xavfsizligi va batareyaning zaryad darajasini bir qarashda ko‘ring, muammolarni tez hal qiling va yanada murakkab muammolar uchun chuqur tashxislar oling.
Batareya va xavfsizlik bir qarashda
Muammolarni tezroq hal qila olishingiz uchun batareya va xavfsizlik muammolari shundoq asosiy ekranda paydo bo‘ladi.
Planshetingizning umumiy holatini tushinish
Siz buni darhol tushuna olishingiz uchun planshetingizning umumiy holati emodzi sifatida ko‘rsatiladi.
Tashxisiy tekshiruvlar
Endi siz shundoq Qurilma ta’mirlanishidan Samsung Members diagnostikasini olishingiz mumkin. Agar planshetingizdagi biror narsa noto‘g‘ri bo‘lib ko‘rinsa, muammoning nimadan iboratligini aniqlash va uni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar olish uchun diagnostika testlarini bajarib ko‘ring.
Bixby Routines
Planshetingizni siz uchun ko‘proq narsalarni bajaradigan qiling. Uyga kelganingizda Wi-Fi’ni avtomatik tarzda yoqing yoki uydaligingizda planshetni ovozsiz rejimga o‘rnating. One UI 4.1 sizga yanada ko‘proq imkoniyatlar beradi.
Ko‘proq sharoitlar
Kun tartiblaringiz uchun ko‘proq sharoitlardan foydalanish mumkin. Qo‘g‘iroq vaqtida yoki ma’lum bilditishnoma kelganida kun tartibini boshlang.
Ko‘proq harakatlar
Siz endi kun tartibi bilan Yaxshilangan ishlov berishni yoqishingiz mumkin. Bluetooth qurilmalarini ulash va uzish kabi ko‘proq opsiyalar ham mavjud.
Ko‘proq boshqaruv
Tahrirlash sahifasida harakatlarga tegib turish orqali harakatlarni qayta tartiblang. Harakat boshlanishidan avval kutib turish, harakatni tasdiqlash kabilarni qilishga imkon berish uchun kengaytirilgan opsiyalar ham qo‘shildi.
Ko‘proq kombinatsiyalar
Kun tartiblaringiz bilan yanada ko‘proq narsalarni qila olishingiz uchun shartlar va harakatlarning ayrim kombinatsiyalariga bo‘lgan cheklanishlarni olib tashladik.
Ko‘proq moslashtirish
Kamera yoki Galereyadagi tasvirdan foydalanib kun tartiblaringiz uchun maxsus ikonachalar yarating.
Maxsus imkoniyat
One UI barcha uchun ishlab chiqilgan. One UI 4.1 ilovasida planshetingizdan siz uchun eng qulay usulda foydalanishga yordam beruvchi yanada ko‘proq opsiyalar mavjud.
Sizga kerak bo‘lganida u doimo o‘sha yerda hozir
Doimo foydalanishga tayyor bo‘lgan suzuvchi tugma bilan maxsus imkoniyat xususiyatlariga yanada tezroq kiring.
Sichqoncha ishoralari
Sichqonchangiz ko‘rsatkichini ekranning 4 ta burchagidan biriga olib borish orqali harakatlarni tezroq bajaring.
Ekraningizni birdaniga sozlang
Maxsus Displey rejimi (Yuqori kontrastli yoki Katta displey) bilan kontrast va o‘lchamini bir vaqtda sozlang.
Ko‘zga qulaylik
Ehtiyojlaringizga javob berish uchun ko‘proq ko‘rinuvchanlik opsiyalari mavjud. Shaffoflik yoki chaplanishni kamaytirishingiz mumkin.
Sozlanuvchi miltillovchi bildirishnomalar
Bildirishnoma olganingizda ekranni miltillaydigan qiling. Bildirishnomaning qayerdan kelganligini osongina aniqlash uchun har bir ilova uchun ranglarni sozlang.
Osonroq kattalashtirish
Ekrandagi kontentni kattalashtirish uchun ko‘proq opsiyalar va ko‘proq boshqaruvni berish uchun kattalashtirgich oynasi yangi Kattalashtirish menyusi bilan birlashtirildi.
Ko‘proq funksiyalar va yaxshilashlar
Yaxshilangan Qorong‘i rejim
Qorong‘ida sizga qulay bo‘lishi uchun endi Qorong‘i rejim fon rasmlari va ikonachalarni avtomatik tarzda qoraytiradi. Endi Samsung ilovalari ko‘zlaringizga qulay bo‘lgan yanada uyg‘unroq tajriba uchun Qorong‘i rejim versiyalariga egadirlar.
Zaryadlash haqidagi ma’lumotlar bir qarashda
Zaryadlashni boshlaganingizda turli vizual effektlar zaryadlash tezligini yanada intuitiv tarzda bilishingizga imkon beradi.
Yorqinlikni osonroq boshqarish
Tezkor paneldagi kattaroq yorqinlik polosasi ekran yorqinligini bir turtishda o‘zgartirishni osonlashtiradi.
Xavfsizlik va favqulodda holat menyusi
Parametrlardagi yangi Xavfsizlik va favqulodda holat menyusi favqulodda kontaktlaringiz va xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlarning barchasini bitta joyda boshqarishga imkon beradi.
Parametrlarni qidirish yaxshilanishlari
Yaxshilangan qidirish funksiyalari sizga kerak bo‘lganda o‘zingizga kerak bo‘lgan parametrlarni topishingizga yordam beradi. Nimani qidirishingizga bog‘liq ravishda tegishli funksiyalarga oid tavsiyalar olasiz.
Ko‘zlaringizni yo‘lga qaratgan holda tuting
Raqamli farovonlikdagi yangi Haydash monitori haydash vaqtida telefoningizdan qachon foydalanishingizni kuzatib boradi. Siz planshetingizdan qancha foydalanganingiz va qaysi ilovalardan foydalanganingiz bo‘yicha hisobotlar olasiz.
Ogohlantirishni faqat bir marta o‘tkazib yuborish
Uyqungiz kelyaptimi? Endi siz faqat bir martaga ogohlantirishni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. O‘tkazib yuborilganidan keyin u avtomatik qayta tarzda yoqiladi.
Kun yoki tun bir qarashda
Dunyoning boshqa tomonida do‘stingiz bormi? U bilan muloqot qilish uchun yaxshi vaqt ekanligi yoki yo‘qligini bilish osonlashdi. Qo‘sh soat vidjeti endi buning kunduzi yoki tun ekanligiga bog‘liq ravishda har bir shahar uchun turli fon ranglarini ko‘rsatadi.
Matnli xabarlardan qo‘ng‘iroqlarga o‘tkazish
Yozib bo‘lmayaptimi? Uning tafsilotlarini ko‘rish yoki ovozli yoki video qo‘ng‘iroqni boshlash uchun suhbatning yuqori qismidagi shaxsning ismiga bosing.
Ko‘proq qidirish natijalari Xabarlarda
Endi siz fotosuratlar, videolar, veb havolalar kabilar uchun xabarlaringizni qidirishingiz mumkin. Qidirayotgan narsangizga aniq o‘ta olishingiz uchun natijalarning barchasi filtrlanadi.
Fayllarimda osonroq qidirish
Hattoki imlo xatosi bo‘lsa yoki nom aniq mos tushmasa ham o‘zingiz qidirayotgan faylni toping. O‘zingiz yaqinda foydalangan yoki olgan fayllarni tez topishingizga yordam berish uchun Oxirgi fayllar sohasi ham kengaytirildi.
Yanada to‘liq ish stoli tajribasi
Kun davomida ko‘p vazifalarni va ko‘proq bajara olishingiz uchun Samsung DeX’dagi ko‘proq ilovalarning o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Shaxsiy afzalliklaringizga mos kelishi uchun DeX parametrlarida sensorli panelni aylantirish yo‘nalishini ham o‘zgartirishingiz mumkin.
O‘lchami sozlanuvchi tasvirdagi-tasvir
Agar suzuvchi video kattalashib ketsa, uni kichikroq qilish uchun barmoqlaringizni qising. Ko‘proq ko‘rishni xohlaysizmi? Uni kattaroq qilish uchun barmoqlaringizni yoying.
Suzuvchi oyna opsiyalariga tezkor kirish
Ko‘p vazifalilikni osonroq bajarish uchun kirishni osonlashtirgani oyna opsiyalari menyusini oynaning yuqori qismiga biriktirib qo‘yishingiz mumkin.
Ayrim ilovalar One UI 4.1 versiyasi yangilanishidan keyin alohida yangilanishi lozim.
Reliz raqami : T575XXU3BVB1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2022-02-24
Xavfsizlik darajasi : 2022-02-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU3BUL2
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-12-18
Xavfsizlik darajasi : 2021-12-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU3BUJ1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-10-26
Xavfsizlik darajasi : 2021-10-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU3BUI8
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-10-02
Xavfsizlik darajasi : 2021-10-01
• Quyidagi ilovalar yoki funksiyalarning yaxshilangan foydalanish uchun qulayligi: Ko‘p oyna, Yon panel
• Quyidagi ilovalar yoki funksiyalar qo‘shildi: Labs
Reliz raqami : T575XXU3BUG1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-08-02
Xavfsizlik darajasi : 2021-07-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU3BUF1
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-06-18
Xavfsizlik darajasi : 2021-06-01
• Yaxshilangan Tezkor ulashish
- Tezkor ulashishdan foydalanib Galaxy qurilmalari o‘rtasida faylni ulashishni yaxshilang.
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU3BUD5
Android versiya : R(Android 11)
Reliz sanasi : 2021-05-06
Xavfsizlik darajasi : 2021-03-01
One UI 3.1 yangilanishi (Android 11)
One UI 3.1 sizga muhim boʻlgan narsalarga diqqatni jalb qilishga yordam berish uchun yaratilgan. Bizning vizual qayta loyihalashimiz chalgʻituvchi elementlarni qisqartirish, muhim maʼlumotlarni koʻrsatish va sizning foydalanish koʻnikmangizni yanada barqaror qilish maqsadida asosiy ekran va tezkor panel kabi siz eng koʻp kiradigan joylarni yaxshiladi. Ishlashning yaxshilanishlari ilovalarga kamroq batareya quvvatidan foydalangan holda tezroq ishlashga yordam beradi. Va One UI 3.1 yangi maxfiylik boshqaruvi, bir martalik ruxsatlar va kuchaytirilgan Raqamli farovonlik yordamida nazoratni qoʻlingizga tutqazadi.
Oʻzgarishlarning toʻliq roʻyxatini koʻrish uchun pastga aylantiring.
Vizual dizayn
Biz One UI 3.1 ning koʻrinishi va qoʻllanilishini koʻplab katta va kichik yoʻllar bilan yangi, yanada barqarorroq ikonachalardan boshlab to tezkor panel va bildirishnomalarni aqlliroq tashkil etishgacha yangiladik. Umumiy harakatlar uchun yaxshilangan animatsiyalar va sensorli teskari aloqa yordamida harakatlanish silliqroq va oldindagidan tabiiyroq kechadi. Va Interfeys har qanday qurilmada, u telefon, buklanuvchi qurilma yoki planshet boʻlsin, eng yaxshi foydalanish koʻnikmasini shakllantirish uchun turli ekran oʻlchamlariga javob beradi.
Yaxshilangan ishlash tezligi
Biz One UI 3.1 ni kuchaytirilgan dinamik xotira qoʻllanilishi yordamida optimallashtirdik, endi ilovalar tezroq va yaxshiroq ishlaydi. Biz, shuningdek, tezroq ishlash va quvvat tejalishini taʼminlash uchun orqa fondagi faollikni chekladik.
Yaxshilangan moslashtirish
• Dinamik Bloklash ekraniga yangi surat toifalari qoʻshildi va siz bir vaqtning oʻzida 5 tagacha toifani tanlashingiz mumkin.
• Bloklash ekranida siz foydalanish vaqtini tekshirish uchun vidjet qoʻshishingiz mumkin.
• Fon rasmini oʻrnatganda interfaol oldindan koʻrishdan foydalanishingiz mumkin
• Bloklash ekranini sozlash osonroq.
• Qoʻngʻiroq qilganingizda yoki sizga qoʻngʻiroq qilishanida rasm yoki video koʻrish uchun orqa fonda qoʻngʻiroq qilish funksiyasini qoʻshing.
• Samsung Internet xizmatida siz yorliqlarning joyini oʻzgartirishingiz yoki qulflashingiz mumkin.
• Bixby Routines hayotingizni avtomatlashtirishga yordam berishi uchun yanada koʻproq boshqaruv funksiyalariga ega.
• Yangi ikonachalar va Bloklash ekrani vidjetlari kun tartibingizni topish va boshqarishni osonlashtiradi.
• Raqamli farovonlikdan alohida shaxsiy va ish profillari uchun foydalaning.
Kuchaytirilgan funksiyalar
Asosiy ekran va Bloklash ekrani
• Asosiy ekrandagi ilovani bosib turgan holda vidjetlar qoʻshing.
• Asosiy ekran yoki Bloklash ekranidagi boʻsh joyga ikki marta bosish orqali ekranni oʻchiring. (Uni Parametrlar > Qoʻshimcha funksiyalar > Harakatlar va ishoralar menyusida o‘rnating.)
• Bloklash ekranida kalendar, ob-havo va musiqa kabi vidjetlarni koʻrish uchun soat atrofini bosing.
Qoʻnʻiroqlar va suhbatlar
• Suhbatlarni bildirishnoma panelida alohida shaklda koʻring. Xabarlar va sizning sevimli chat ilovalaringiz bilan ishlaydi.
• Kontaktlarlda bir xil hisobda saqlanadigan takrorlanadigan kontaktlarni osonlik bilan oʻchiradi Oʻchirilgan kontaktlar uchun saqlash muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi.
• Bitta ekrandan bir nechta ulangan kontaktni tahrirlash imkoniyati qo‘shildi.
• Xabarlarda Keraksiz xabarlar funksiyasi qoʻshildi va yaqinda oʻchirilgan xabarlar unda 30 kun saqlanadi.
Rasmlar va videolar
• Yaxshilangan avtomatik fokus va avtomatik suratga olish yordamida suratlarn tezroq oling.
• Galereyadagi rasmlar va videolarni osonroq koʻring, tahrirlang va ulashing.
• Galereyadagi yangi qidirish funksiyalari va toifalari yordamida rasmlar va videolarni tezroq toping.
• Istalgan vaqtda, hatto ular saqlanganidan keyin ham, tahrirlangan rasmlarni asl holatiga qaytaring, shu tariqa siz olingan suratlarni hech qachon yoʻqotmaysiz.
Parametrlar
• Parametrlar yangi soddaroq koʻrinish va qoʻllanilishga ega. Sizning Samsung hisob qaydnomangiz yuqorida koʻrsatiladi va endi Asosiy ekran parametrlariga kirish osonroq.
• Yangi Qidirish funksiyalari yordamida oʻzingizga kerakli parametrlarni osonroq toping. Siz sinonimlar va umumiy imloviy xatolar uchun yaxshiroq natijalarga ega boʻlasiz va tegishli parametrlar guruhlarini koʻrish uchun teglarga bosishingiz mumkin.
• Tezkor parametrlar tugmalari eng koʻp foydalaniladigan funksiyalarni taqdim etish uchun kichraytirilgan. Siz yana oʻzingizga qulay tezkor panel yaratishingiz uchun tugmalar qoʻshishingiz mumkin.
Samsung klaviaturasi
• Tizim tillari soni 370 tagacha oshirildi.
• Matnli xabarlardan nusxalangan rasmlar va tasdiqlash kodlarini joylash osonlashdi.
• Matnli hissiyot ikonkalarini kiritganingizda emoji va stikerlarni taklif qilish kiritildi.
• Qayta tashkil etilgan Klaviatura parametrlari koʻp foydalaniladigan parametrlarga kirishni osonlashtiradi.
Mahsuldorlik
Takrorlanuvchi va murakkab vazifalarni kamaytirish va ularni samarali boshqarish orqali ish va hayot oʻrtasida sogʻlom muvozanatni ushlab turing.
• Yangi kun tartibi sizning kundalik hayotingiz va shablonlardan foydalanishingizdan kelib chiqib tavsiya etiladi.
• Bixby Routines barchasini kun tartibi amalga oshirilishidan oldingi holatga qaytarish parametrini taqdim etadi.
• Internetda virtual muhitga kirishni yanada yaxshilash va veb-sahifalarni tezroq tarjima qilish uchun siz holat va navigatsiya panellarini yashirishingiz mumkin.
• Sizga haddan tashqari koʻp qalqib chiquvchi sahifalar yoki bildirishnomalar yuboradigan veb-saytlarni bloklash taklif etiladi.
• Siz Fayllarim papkasidagi fayllarni tanlash ekranida cloud disk fayllarini koʻrishingiz va tanlashingiz mumkin.
• Siz endi saqlash joyini boʻshatish uchun Fayllarim jildidagi kesh fayllarni osonlik bilan oʻchirishingiz mumkin.
• Bir xil vaqtda boshlanuvchi tadbirlar Kalendardagi oy va roʻyxat koʻrinishida birgalikda koʻrsatiladi.
• Barchasining qayerda ekanligini bilishingiz uchun telefoningiz yoki planshetingiz ilovasi ikonachasi maketidan Samsung DeX’da foydalaning.
Media fayllar va qurilmaning oson boshqarilishi
Bildirishnomalardagi yaxshilangan media paneli yordamida media fayllar va qurilmani boshqarish osonlashadi. Siz oxirgi foydalanilgan media ilovalarni koʻrishingiz va ijro etuvchi qurilmani tez almashtirishingiz mumkin. Siz yana Parametrlar’ning Qo‘shimcha funksiyalar menyusidagi Android Auto parametrlarini tekshirishingiz ham mumkin.
Oʻzingizning raqamli odatlaringizni aniqlang va yaxshilang
Yaxshilangan Raqamli farovonlik xususiyatlari telefoningiz yoki planshetingizdan qanday foydalanayotganingizni tekshirishni osonlashtiradi va yaxshi raqamli odatlarni shakllantirishga yordam beradi. Yangilangan haftalik hisobotlar yordamida Avtomobil boshqarayotganda foydalanishingizni tekshiring yoki funksiyalar boʻyicha ekraningizdagi haftalik oʻzgarishlarni koʻring.
Barcha uchun maxsus imkoniyat
One UI 3.1 foydalanishingizdan kelib chiqib sizga foydali maxsus imkoniyat xususiyatlarini tavsiya etadi. Yaxshilangan Maxsus imkoniyat yorligʻi maxsus imkoniyat xususiyatlaridan foydalanishni boshlashni osonlashtiradi. TalkBack oʻchirilgan paytida ham yozgan matningizning ovozli variantini olish uchun siz Klv. b-n kirit. ovozli gapir xususiyatidan foydalanishingiz mumkin.
Kuchaytirilgan maxfiylik himoyasi
Endi siz ilovangizga mikrofon, kamera yoki joylashuvga faqat bir marta kirishga ruxsat berishingiz mumkin. Ilova oxirgi vaqtlarda foydalanmagan har qanday ruxsatlar avtomatik ravishda bekor qilinadi. Siz endi doimiy ruxsat berish oynasida ilovalaringizga joylashuvingizni har doim koʻrish ruxsatini bera olmaysiz. Ilovalarga foydalanilmayotgan paytda joylashuvingizga ruxsat berish uchun siz Parametrlarda joylashuv ruxsatini berish sahifasiga kirishingiz lozim.
Kalendar
• Hodisa sarlavhasidan sana va manzilni ajratib oling va avtomatik ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qiling.
• Ko‘rsatilgan reja bildirishnomalariga ham ega bo‘lgan SmartThings qurilmalaridan bildirishnomalar oling.
Kamera
• Yaxshilangan unumdorlik. - Kamera
Buds avtomatik o‘tkazilishi
• Galaxy telefoni bilan plansheti o‘rtasidagi Buds avtomatik o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatma
• Eslatma yozuvidan sana va manzilni ajratib oling va avtomatik ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qiling va vaziyatga ko‘ra muhim ma’lumotlarni eslating.
Varaqni ulashish
• Endi avvalroq olingan fotosuratlarni ulashish yoki ularni ujtimoiy tarmoqlarga chop qilishdan avval ulardagi joylashuv ma’lumotlarini o‘chirish orqali maxfiyligingizni himoya qilish mumkin.
Ijtimoiy tarmoq platformasi
• Qurilmalarda yaratilgan haqiqiy havolalarni o‘sha ro‘yxatga olingan Samsung hisob qaydnomasi bilan sinxronlang.
• Ijtimoiy tarmoq xizmatlaridan foydalanish osonlashtirildi. Shunchaki Samsung hisob qaydnomangizga kirish orqali profillar, fotosuratlar, eslatmalar, rejalar kabilarni do‘stlar bilan ulashish mumkin.
Qoʻshimcha yaxshilanishlar
• Soatda siz budilnik jiringlaganda jiringlash vaqti va oldindan oʻrnatilgan nomi ovoz chiqarib oʻqilishini eshitishingiz mumkin.
Ayrim ilovalar One UI 3.1 yangilanishidan keyin alohida yangilanishi lozim.
Bundan buyon fayllarni boshqa qurilmalarga yuborish uchun Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga Yaqin atrofga ulashish funksiyasidan foydalanish mumkin. Hali ham Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib fayllarni olish mumkin.
Bundan buyon Smart View ilovasidan foydalanib, Chromecast’ga ulab bo‘lmaydi. Buning o‘rniga Google Home ilovasidan foydalanish mumkin.
Reliz raqami : T575XXS3AUC2
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2021-03-17
Xavfsizlik darajasi : 2021-03-01
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU2AUA4
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2021-02-02
Xavfsizlik darajasi : 2021-02-01
• Funksiyalarning umumiy barqarorligi yaxshilandi.
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.
Reliz raqami : T575XXU1ATK1
Android versiya : Q(Android 10)
Reliz sanasi : 2020-11-16
Xavfsizlik darajasi : 2020-11-01
• Yaxshilangan unumdorlik. - Batareya rejimi yoʻq
• Qurilma xavfsizligi takomillashtirildi.